Mxitaryan "Roma"da qoladigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2021, 22:20
Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan "Roma" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Armaniston terma jamoasining 32 yoshli xavbeki Rim klubi bilan 2022 yilgacha shartnoma tuzdi. 

Xabar berishlaricha, Mxitaryan yangi kelishuv bo'yicha yiliga 4,5 million evro maosh oladi.  

Mxitaryan "Roma"da ikki mavsumni o'tkazdi. U o'tgan mavsumda A Seriyada 13 ta gol urib, 10 ta golga assistentlik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com