Mxitaryan "Arsenal"ning maqsadi haqida gapirdi
23 fev 2018 20:04
Yangiliklar


Mxitaryan "Arsenal"ning maqsadi haqida gapirdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jamoaning APLdagi maqsadi haqida gapirdi.
"Albatta, Evropa ligasi muhim musobaqa. Biroq, biz APLda kuchli to'rtlik uchun kurashdan chiqib ketmaymiz. Angliya chempionatida kutilmagan xollar juda ko'p bo'ladi.
Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga intilamiz. Albatta, Evropa ligasida g'alaba qozonishni istaymiz. SHu bilan birga APLni yuqori to'rtlikda yakunlasak, undan-da yaxshiroq bo'lardi", - dedi Mxitaryan.
"Arsenal" ayni damda Angliya chempionatida 27-turdan keyin 45 ochko bilan 6-qatorda bormoqda. 5-o'rindagi "Tottenxem" hisobida 52 ochko bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar