Mxitaryan Armaniston terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
03 mar 2022 16:37
Yangiliklar
Mxitaryan Armaniston terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
33 yoshli futbolchi o'z instagram sahifasida uning uchun Armaniston terma jamoasida ishtirok etish g'urur bo'lgani, ammo bu tarixni yakunlash vaqti kelganini yozdi.
Genrix terma jamoaga kelgusi o'yinlarda omad tiladi. Eslatib o'tamiz, Mxitaryan ilk bor terma libosida 2007 yilning yanvarida maydonga tushgandi.
Arman xavbeki jami termada 95ta o'yinda maydonga tushib, 32ta gol urishga erishdi.
Fikrlar