Muzaffar Muzaffarov: “Mag'lubiyat bilan g'alaba hamisha yonma-yon yuradi”
23 okt 2016 11:18
Yangiliklar
Muzaffar Muzaffarov: “Mag'lubiyat bilan g'alaba hamisha yonma-yon yuradi”
Uchrashuvdan so'ng mehmonlar futbolchisi Muzaffar Muzaffarov o'z fikrlarini bildirdi.
“Ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. “Paxtakor” kuchli jamoa hisoblanadi. Raqiblarimiz o'z uyida harakat qildi. Bundan avvalgi 2ta turda g'alaba qozongan edik. Bu safar esa mag'lub bo'ldik. Himoyada yo'l qo'ygan xatolarimiz tufayli o'z darvozamizdan 3ta to'p olib chiqdik. Bizda ham golga tortadigan bir qator vaziyatlar bo'ldi. Agarda shulardan unumli foydalanganimizda boshqacha o'yin bo'lardi.
Uchrashuvda Jaloliddin Masharipov ko'p narsani hal qildi, deb o'ylayman Mag'lubiyat bilan g'alaba hamisha yonma-yon yuradi. Keyingi turda uyimizda “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilamiz. Aytishadi-ku, “uyda devorlar ham yordam beradi”, deb. Nasib qilsa g'alaba qozonamiz”, - deydi “So'g'diyona” jamoasi futbolchisi Muzaffar Muzaffarov.
Jahongir Sotvoldiev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar