So’nggi yangiliklar

13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  0 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  5 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0

Muzaffar Muzaffarov: "Dinamo" faoliyatimdagi eng og'ir jamoa, peshonamda bo'lsa yana O'zbekistonda o'ynayman" Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: "Dinamo" faoliyatimdagi eng og'ir jamoa, peshonamda bo'lsa yana O'zbekistonda o'ynayman"

O'zbekistonlik futbolchilar xorij chempionatlarida sovrinlarga ega chiqishda davom etadi.

Muzaffar Muzaffarov to'p tepayotgan "Mohammedan" Bangladesh kubogida g'olib chiqdi. Bu borada hamyurtimizning fikrlarini tingladik. 

- Bangladeshga kelganingizga 1 yil bo'ldi. Dastlabki mavsumdagi taassurotlar qanday?
- Dastlabki mavsum men uchun omadli o'tdi. Barcha uchrashuvlarda 6ta gol urdim. Oldinda yana bitta uchrashuvimiz bor. Iqlim issiqligini hisobga olmaganda qolgan hamma narsaga ko'nikib ketdim.

- Kubokdagi g'oliblik haqida fikringiz? CHempionatda nima etishmadi?
- "Mohammedan" mamlakat kubogida oxirgi marotaba 14 yil oldin g'olib chiqqan ekan. Biz buni uzoq vaqt o'tib yana takrorladik. CHempionatni ham yaxshi o'tkazyapmiz. Ayni paytda uchinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun imkoniyatimiz bor. So'nggi tur ko'p narsaga aniqlik kiritadi.

- Bangladesh chempionatida o'rtacha maosh qanday, o'zbek klublaridan farqi bormi?
- Bu erda maoshlar 5 ming dollardan boshlanib 70 ming dollargacha. O'zbek klublaridan farqi maoshlar o'z vaqtida beriladi.

- Legionerlar va mahalliy futbolchilarga etiborda farqi bormi, sharoitlar, moliyaviy va tashkiliy tomonlama?
- To'g'ri mahalliy futbolchilarning saviyasi pastroq. Lekin legionerlar haqiqatdan kuchli, deya olaman. Har bir jamoada 5 nafar legioner to'p tepadi. Xorijlik futbolchilarga sharoitlar juda yaxshi. "Mohammedan" shartnoma taklif qilmoqda. Bundan tashqari "Abahani Daka" klubidan ham chorlov bo'ldi. 20 iyulgacha o'zimni klubimda qolaman yoki "Abahani Daka"ga o'taman.

- O'zbekiston chempionatida ochig'i so'nggi jamoalaringizda faoliyatiz ko'ngildagidek chiqmadi. Bu nima bilan bog'liq bo'ldi? Muxlislar yana ajoyib o'yinlari, gollari bor Muzaffarovni ko'rishadimi?
- O'zbekistonda "Dinamo"da juda qiynaldim. Eng og'ir jamoa bo'ldi, deya olaman. Peshonamizga yozilgan bo'lsa yana O'zbekistonga qaytib o'ynayman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика