Muxtor Qurbonov: "Taran maydonga tushib qahramonga aylandi"
05 noy 2015 18:50
Yangiliklar
Muxtor Qurbonov: "Taran maydonga tushib qahramonga aylandi"
"Birinchi bo'lim bizga og'ir kechdi. "Navbahor" so'nggi 6ta o'yinning 4tasida g'alabaga erishgandi. Bizning maqsadimiz 10talikka kirish edi. Tanaffusda yigitlar bilan yaxshilab gaplashib oldik. 3ta gol urib g'alabaga erishdik. Bugungi g'alaba bilan "SHo'rtan" rahbarlarini tabriklayman. So'nggi turni Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'lamiz. Bu o'yinda kamida bir ochko olishni istaymiz. Igor Taran bugun ikkita gol urdi, unga katta rahmat aytaman. U shifoxonada 10 kun davolandi va kelib mashg'ulotlarda qatnashib maydonga tushdi. O'yin qahramoniga aylandi. Umar Eshmurodov asabiylashib ketdi. Har qanday holatda ham maydonda raqib bilan janjallashish kerak emas. Biz u bilan jiddiy gaplashib olamiz va futbolchini jazolaymiz. U keyingi turda o'ynamaydi, bundan tashqari keyingi mavsumning dastlabki turlarini o'tkazib yuborishi mumkin", - deydi Muxtor Qurbonov.
"SHo'rtan" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar