So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Muxtor Qurbonov: “O'ylaymanki moliyaviy muammolar yaqin orada hal etiladi” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “O'ylaymanki moliyaviy muammolar yaqin orada hal etiladi”

“SHo'rtan” jamoasi bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov saytimiz talqiniga ko'ra, 12-turning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

Bunga sabab shuki, g'uzorliklar o'tgan shanba kuni Muborakda “Mashal”ni mag'lub etdi. Garchi jamoada moliyaviy muammolar bo'lsada, “SHo'rtan”ning turnir jadvalida egallab turgani o'rnini qoniqarli baholash mumkin. 

- “championat.asia” saytini kuzatib boraman. Lekin ramziy terma jamoadan o'rin olganimni sizdan eshitib turibman. Ochig'i, bu men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. CHunki hayolimga ham keltirmagandim. Bunday rag'bat kishiga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Nasib qilsa keyinchalik ham ramziy terma jamoaga kirishga xarakat qilamiz. Buning uchun jamoam bilan ijobiy natija qayd etishimiz kerak – deya gap boshladi Muxtor Murodovich. 

- “Mashal” bilan o'tkazgan o'yinimizga keladigan bo'lsak, yigitlarning “Paxtakor” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng kayfiyati yuqori edi. O'zlariga bo'lgan ishonch ortdi. Muborakka faqat g'alaba uchun borgandik va yakunda maqsadimizga erishdik. O'yin boshida mezbonlar bizga tashabbusni berib qo'ydi deb o'ylayman. “Mashal” futbolchilari birinchi golni kiritganidan so'ng darvozamiz tomon penalti belgilandi. Temur Jo'raev 11 metrlik zarbani qaytarishga erishdi. SHundan keyin futbolchilarimning shashti yanada yuqori bo'ldi. Dastlabki bo'limda hisobni tenglashtirishga erishdik va tanaffusga durang bilan chiqib ketildi. Ikkinchi taymda esa endi “SHo'rtan” foydasiga penalti belgilandi. Bundan hujumchimiz Igor Taran aniq foydalanib, hisobda oldingi olib chiqdi. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, qiyin o'yin bo'ldi deb hisoblayman. 

- Moliyaviy muammolar? Bilasizmi hozir deyarli har bir jamoada bunday kamchiliklar bor. O'ylaymanki “SHo'rtan”da bu muammo yaqin orada bartaraf etiladi. Bugun jamoamiz mutasaddilari bilan uchrashdim. To'g'ri, bunday vaziyatda futbolchilarni uchrashuvga tayyorlash ham qiyin bo'lmoqda. Lekin shunga qaramay yigitlar har bir uchrashuvga ijobiy natija uchun chiqmoqda. Ularni klub bilan amalda shartnomasi bor. Har bir bahsda jon qoyitib o'ynamoqda. Buning uchun ularga rahmat aytish kerak. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика