So’nggi yangiliklar

21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  1 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7

Muxtor Qurbonov: "G'ofurovning potenciali yuqori" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "G'ofurovning potenciali yuqori"

Yaqinda milliy terma jamoamiz safida debyutini nishonlagan Husniddin G'ofurov professional futboldagi ilk saboqlarni "NBU-Osiyo"da Muxtor Qurbonovdan olgandi.
20 yoshli hujumchining o'yini haqida Qurbonovdan so'radik.

- Bu yigit ikki yil oldin Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida ikkinchi liga o'yinlarida o'ynab yurgan,  deya gap boshladi Muxtor Qurbonov. - Keyinchalik uni "NBU-Osiyo"ga olib keldik. Husniddinni o'sha paytda bizga Rustam SHoymardonov tavsiya qilgandi. G'ofurov birinchi ligadagi dastlabki mavsumida 11ta gol urgandi. Keyingi mavsumning birinchi davrasida esa 13ta to'p kiritdi.

- SHundan so'ng u skautlar etiboriga tushdi va G'ofurovni Serbiya premer ligasi ishtirokchisi "Yavor"ga ko'rikka taklif etishdi. U erda ham yig'inlarda o'zini ko'rsata olgach, evropaliklar G'ofurov bilan bitim imzolashdi. Bundan biz ham juda xursand bo'ldik. CHunki qo'l ostingdagi futbolchi Evropa klublariga o'tsa, bu seni ishing besamar ketmayotganini anglatadi.

- "Yavor"da 10-oyni o'tkazmoqda. Bu orada u milliy terma jamoaga ham taklif etildi. Ko'pchilik o'yinlar yaxshi chiqmadi, pala partishliklar ko'p bo'ldi degan fikrlarni bildirmoqda. Lekin shaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, Ummonga qarshi kechgan birinchi o'yin qiziqroq chiqdi. Toshkentda o'tgan ikkinchi bahsda esa u qadar joziba ko'rinmadi. Yigitlarda charchoq alomati borligi sezilib qoldi. Xususan Odil Ahmedov "Anji" safida og'ir mavsumni o'tkazdi. Tabiiyki butun mavsum mobaynida bir xil saviyada o'ynashning o'zi bo'lmaydi.

- G'ofurovning debyut o'yiniga keladigan bo'lsak, dastlabki uchrashuv yomon emas. Milliy terma jamoada har qanday futbolchini ilk bahsda hayajon bosishi aniq. CHunki ilgari o'zim ham milliy terma jamoada o'ynaganman. Unda xayajon va bosim yuqori bo'ladi. Husniddin yoshiga nisbatan shu kuni yaxshi o'yin ko'rsatdi. To'g'ri u o'z o'yinini to'liq ko'rsata olmadi. Lekin uning potencialini yuqori baholayman. Kelgusida uni olimpiya terma jamoasi va milliy terma jamoaga yana taklif etishadi deb o'ylayman.

- Husniddin ilgari "NBU-Osiyo"da asosan hujumchi sifatida harakat qilgan. Hohir esa Yavorda murabbiylar uni o'ng qanot yarim himoyasi o'ynatmoqda. G'ofurovni nostandart harakatlari ko'p. Golni xis etish xususiyatlari ham mujassam.  Lekin yana qaytaraman G'ofurovning potenciali yuqori!

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика