So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Muxtor Qurbonov: "Futbolda 2:0 hisobida oldinga chiqib olish g'alaba uchun juda yaxshi imkoniyat, lekin..." Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Futbolda 2:0 hisobida oldinga chiqib olish g'alaba uchun juda yaxshi imkoniyat, lekin..."

"Buxoro" - "SHo'rtan" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Muxtor Qurbonov o'z fikrlarini bildirdi.

- Nima uchun jamoa kechagi o'yinda 2:0 hisobida oldinda borayotib ikkita gol o'tkazib yubordi?
- O'zi gol urish qiyin bo'layapti, ikkinchi golni urganimizdan keyin esa yosh bolalarcha xato evaziga keyingi daqiqadayoq to'p o'tkazib yubordik. Bu gol "Buxoro"ga qo'shimcha kuch bag'ishladi va ular ikkinchi golni ham urishdi.

Kechagi o'yinni umumiy olib qaraganda biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. Futbolda 2:0 hisobida oldinga chiqib olish g'alaba uchun juda yaxshi imkoniyat deb o'ylayman. Afsuski, so'nggi paytlarda shoshma-shosharlik va palapartish harakat qilish evaziga oddiy vaziyatlarda gollar o'tkazib yuborayapmiz. Mana shu muammoni bartaraf eta olmayapmiz, balki men o'yinchilarga bu narsani singdira olmayotgandirman. Kecha ham xuddi shu narsa takrorlandi. "Buxoro" oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurashayapti, ikkinchi davrada murabbiylar almashdi. SHu sababli ulardan kuchli o'yin kutgandim. Lekin, futbolchilarim yaxshiroq harakat qilishdi. Ikkita to'p farqi bilan oldinda bora turib o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yuborganimiz achinarli bo'ldi.

- Diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborgan Igor Taranning yo'qligi bilindimi?
- Qaysidur manoda Taranning yo'qligi o'z tasirini o'tkazgandir, lekin hozir paytda bir o'yinchini o'rnini boshqa futbolchi to'ldira olishi zarur. Busiz klub yaxshi natijaga erisha olmaydi. Jamoadagi boshqa hujumchilar Taranning yo'qligini bilintirishmadi deb o'ylayman.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика