So’nggi yangiliklar

05:42Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" - "Зальцбург" таркиблар маълум  2 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  30 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  26 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11

Muxtor Qurbonov: “Futbolchilar osmondan tushishlari kerak” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “Futbolchilar osmondan tushishlari kerak”

Birinchi liganing ikkinchi bosqichidan o'rin o'lgan “Paxtakor-2” - “SHo'rtan” bahsidan oldin ko'pchilik g'uzorliklarning g'alabasini taxmin qilgandi.
CHunki “SHo'rtan” oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogar jamoalardan biri hisoblanadi va yaxshi tarkibga ega. Ammo ular kutilmaganda 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. O'yindan so'ng jamoa bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov intervyu berar ekan, hozirdanoq “SHo'rtan” oliy ligaga chiqdi deya bong urmaslik kerakligini aytib o'tdi.  

-   Jamoangiz kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi, bu haqda nima deya olasiz?
-   O'yin biz uchun qiyin kechdi. Birinchi taymda “Paxtakor-2” bizga nisbatan yaxshi harakat qildi. Ularning ikkita aniq zarbasi gol bilan yakunlandi. Bu o'yin bizning birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan ilk uchrashuvimiz bo'ldi. O'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan keyin esa futbolchilarimiz ancha sarosimaga tushib qolishdi. SHu o'rinda aytishim kerak, raqib haqli ravishda g'alaba qozondi. Nazarimda, ketma-ket g'alabalardan so'ng bizning o'yinchilar osmonga chiqib ketishgandi. Bu mag'lubiyat esa ularni erga tushirib qo'ysa ajab emas. “Paxtakor-2” safida to'p tepgan yosh yigitlar futbolni qanday o'ynash kerakligini ko'rsatib berishdi.

-   Ikkinchi bosqich bahslari endigini boshlandi. “SHo'rtan” o'zini allaqachon oliy ligadamiz deb hisoblayaptimi?
-   Kim mendan bu haqda so'rayotgan bo'lsa, doim bir gapni aytib kelyapman. Yani, oldimizda o'yinlar bo'la turib qanaqasiga oliy ligaga chiqdik deya olamiz? Bu - futbol va unda oldindan maqtanchoqlik qilish kerakmas. Masalan, bugun yutqazib qo'ydik, keyingi uchrashuvlarda nima bo'lishiniyam bilmaymiz. Matbuotda “SHo'rtan” - oliy ligada kabi gaplar ko'p bor yozilyapti, ko'p mutaxassislar ham shunday fikr bildirishyapti. Ammo bu gaplarni aytishga hali vaqtli deb o'ylayman. Oldimizda yana 14ta o'yin bor, shunday ekan, maqsad sari intilishda davom etamiz.

-   O'yinning suniy maydonda o'tkazilgani jamoangizga tasir qildimi yoki bu unchalik muhim emasmi?
-   Buni mag'lubiyat uchun bahona sifatida ko'rsatmoqchi emasman-u, lekin baribir tasir qildi. CHunki bungacha faqat tabiiy maydonda o'ynab kelayotgandik. Ammo boya aytganimdek, Dilshod Nuraliev jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Futbolda to'ydan oldin nog'ora chalish kerak emas. Bizning futbolchilar o'yindan oldinoq g'alaba cho'ntakda deb o'ylashdi shekilli.

-   Aynan qaysidir futbolchilarga nisbatan etirozingiz bormi?
-   Bazi o'yinchilarga etirozim bor. Masalan, hujumchimiz Viktor Klishin gol urgani bilan o'yin davomida menda yaxshi taassurot qoldirmadi. CHunki u boshqa bellashuvlarda ancha faol harakat qilgandi. SHuningdek, Islom Karimov, Umar Eshmurodov singari futbolchilarning ham o'yini unchalik qovushmadi. Biz o'yin diskini ko'rib chiqib hammasini yana bir karra tahlil qilib chiqamiz.

-   Elyor Intizomov avvalgi yillari himoyada to'p tepardi. Siz esa uni hujumda o'ynatdingiz?
-   To'g'ri, Intizomov aslida himoyachi. Lekin men uni qishdan beri faqat hujum chizig'ida sinab kelyapman. Negaki bizda himoyachilar etarli, shu bois bu futbolchi qaysi o'yinda maydonga tushsa, faqat hujumda o'ynab kelyapti.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика