So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  270 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Muxlislarning stadionga kelishi nimalarga bog'liq? Yangiliklar

Muxlislarning stadionga kelishi nimalarga bog'liq?

Avvalgi maqolalarimizdan birida Osiyodagi boshqa mamlakatlar misolida muxlislar tashrifi bizda qanday ekani haqida fikr yuritgandik.

Bu safar endi oliy liganing o'zida shunday tahlilni amalga oshiramiz. Ishqibozlar tashrifi, stadionlar sig'imi, ularning to'lish foizi, hududlardagi futbolchiga qiziqish qay darajada ekani to'g'risida qarashlarimizni bayon etamiz.

Joriy mavsumda eng ko'p tashrif boshqa erlarga nisbatan Buxoro va Navoiyda ko'proq bo'lganini ko'p marta yozib o'tdik. CHempionat davom etayotgan pallada ham shunday fikrlar bildirildi. Yakunda “Buxoro” hamda “Qizilqum” oliy liganing qolgan ishtirokchilariga nisbatan ancha ko'p muxlislar to'plashga erishishdi. Buxoroda bu ko'rsatkich 17531 nafarni tashkil qilgan bo'lsa, Navoiyda 9518dan iborat bo'ldi. Aynan shu holat misolida muxlislarning tashrifi nima uchun oshgani xususida fikr bildirsak. Ishqibozlarning stadionga ko'proq kelishi odatda sport natijalari, amalga oshirilgan marketing va reklama yoki yangi stadionlarga bog'liq bo'ladi. Har ikki jamoa misolida faqat birinchi holatni etirof etishimiz mumkin. Marketing yoki stadiondagi qulayliklar borasida ushbu klublarda biror narsani takidlashimiz qiyin. Demak, bizda haligacha natijadan qati nazar stadioni to'ladigan jamoalar shakllanmagan. “Buxoro” yoki “Qizilqum” quyiroq pog'onalarda yurgan vaqtda muxlislar tashrifi bunchalik bo'lmagani buni isbotlaydi. Bu yil ikkala jamoa tarkibiga yaxshi saviyadagi ko'plab futbolchilarni taklif etdi. Bu esa natijalar yaxshilanib, ularning turnir jadvali yuqorisida yurishiga sabab bo'ldi. SHunga mos ravishda muxlislarning stadionlarga tashrifi avvalgi yillarga qaraganda ancha o'sdi. Mabodo natijalar salbiy ko'rinish olsa, jamoalar kamida 55-70 foiz atrofida muxlislaridan mahrum bo'lishlari turgan gap. Buni vodiy klublarida ko'ryapmiz. Ilgari “Navbahor” va “Neftchi”ning uy o'yinlariga o'rtacha tashrif 12 mingdan yuqori miqdorni tashkil qilardi. Hozirga kelib ular zo'r-bazo'r 5 minglik ko'rsatkichni qayd etib turishibdi. Qarshida ham qiziqish ilgarigidek emas. “Nasaf” yuqori pog'onalarda boryapti, lekin tashrif buyuruvchilar soni jamoa bir paytlar o'rta o'rinlarda yurgandagi holatdan ham pastroq darajada.



Birinchi o'rinda futbol saviyasi hamda ishqibozlarni stadionga jalb etish yo'lida ishlarning ko'ngildagidek emasligi o'rtacha tashrif oshmayotganiga sabab bo'lyapti. Bunda ikki asosiy muammo mavjud. Birinchisi, klublarning byudjetiga chiptalar sotuvidan pullarning kelib tushmasligi yoki ungacha muhtojlikning yo'qligi. Aksariyat stadionlar mahalliy hokimiyat yoki boshqa tashkilotlarga tegishli. SHu sababli chipta pullari klub hisobiga kelib tushmaydi. Yoki klublarga biriktirilgan majburiy homiylar tufayli yillik byudjet oldida chipta pullari arzimas narsadek ko'rinadi. Har yili malum mablag' tayyor bo'lgandan keyin ortiqcha ovoragarchilikka ne hojat? Bu klublarning shiori. Ikkinchi sabab esa o'z stadioniga ega jamoalarning deyarli yo'qligi. Klublar ixtiyoriga berilgan stadionlar ham aslida ularni qaramog'iga anchadan beri olib kelayotgan tashkilot va kompaniyalarga tegishli. O'zi topgan pulga stadion qurmagan klub undan foydalanish, qay tariqa pul topish haqida ortiqcha qayg'urib o'tirmaydi. Agar “Buxoro”ning stadioni xususiy bo'lganda unda chiptalar sotuvidan klub 2 milliard 630 million so'mga teng mablag' ishlab topgan bo'lardi (chiptalar narxi 10 ming so'mdan bo'lgan taqdirda).

Bazi viloyatlarda abonementlarning majburiy sotilgani haqida malumotlarni bildik. Bu muxlislar sonini oshirishi mumkin, chunki oldindan ancha-muncha pulni to'lab qo'ygan odam futbolga keladi. Biroq bu o'sha klublarning professionallikdan juda ham uzoqda ekaniga ishora qiladi. Ularning nomini keltirib o'tmaymiz, biroq o'sha viloyatlik ishqibozlar bundan juda yaxshi xabardor ekaniga shubhamiz yo'q.

Yana bir qiziq jihatga to'xtalib o'tishni istardim. Ilgari stadionlarimizdagi sharoitlar yaxshi emasligi, ularning hududida eguliklar va salqin ichimliklar sotuvi yaratilmaganidan ko'pchilik shikoyat qilardi. Yanga stadionlar qurildi, maydon sifatini aksariyat klublar yaxshilashdi, stadionlar ichida turli eguliklar sotish yo'lga qo'yildi. Biroq bu muxlislar tashrifi aksincha tasir qildi. Masalan, Farg'ona yoki Toshkentda oldin stadionga ko'proq ishqiboz tashrif buyurardi. Bunday paytda endi futbol saviyasi birinchi o'ringa chiqib qolmoqda. Hatto, “Neftchi” kuchli to'rtlik uchun harakat qilgan 2015 yilda ham Farg'onadagi stadion kamdan-kam holda to'ldi.



5 minglik ko'rsatkichdan o'tish “So'g'diyona”, “Andijon”, “Qo'qon” va “Navbahor” klublariga nasib etdi. G'uzor jamoasi sanalgan “SHo'rtan” esa Qashqadaryoning bosh klubi bo'lmish “Nasaf”dan ko'proq muxlislar yig'a olganini alohida takidlash lozim. SHunday vaziyatni “Qo'qon” va “Neftchi” misolida ham ko'rish mumkin. So'nggi 6 pog'onaga Toshkent viloyati va shahrining 6 jamoasi birin-ketin joylashgan. “Metallurg” mavsum mobaynida juda yaxshi o'yin namoyish qildi, biroq muxlislar tashrifi shunga yarasha bo'lmadi. CHempion va vice-chempion oxirgi ikki pog'onaga joylashgani boshqa mamlakatdagilar uchun g'alati tuyulishi mumkin, ammo biz buni xotirjam qabul qilishga o'rganganmiz.

Stadionlarning to'lish borasidagi eng yaxshi ko'rsatkich ham “Buxoro”ga tegishli bo'lib, o'rtacha stadion tribunalarining 77 foizi ishqibozlar tomonidan band qilingan. “Qizilqum”, “So'g'diyona” va “Qo'qon”da ko'rsatkichlar 50 foizdan oshgan. “Paxtakor” va “Bunyodkor”da bu natija 4 va 3 foizga teng. Boshqa tomondan ular sig'imi eng katta stadionlarda o'ynashadi. Ixchamroq stadionda o'ynaydigan “Obod” hamda “Lokomotiv”ning o'rtacha tashrifi yuqori emas, lekin stadion to'lishi borasida ular yaxshiroq ko'rsatkichga egalar.

Viloyat va shaharlar tasnifi bo'yicha olganda Muborak, G'uzor, Qo'qon va Olmaliqning ko'rsatkichi juda yaxshi ekani kelib chiqadi.

“Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Nasaf”ning mehmondagi uchrashuvlari muxlislarda ko'p qiziqish uyg'otgan. Demak, bu jamoalar raqib bo'lgan holatda stadionga ko'proq ishqibozlar kelishi odatiy holga aylangan.


Safarda kimning o'yini etiborni jalb etadi?
Lokomotiv   6910
Paxtakor   6577
Bunyodkor   5955
Nasaf     5520
Navbahor   5316
Neftchi   5127
Andijon   4760
Metallurg   4734
Buxoro     4409
Olmaliq   4155
Mashal   3931
Qo'qon-1912   3773
Obod     3738
So'g'diyona   3329
Qizilqum   3309
SHo'rtan   2968

Muxlislar tashrifi bo'yicha umumiy jadval

Izoh: 1-ustun jamoa, 2-ustun uy o'yinlariga o'rtacha tashrif, 3-ustun stadion sig'imi, 4-ustun stadionning o'rtacha to'lish foizi, 5-ustun eng ko'p muxlis kelgan uchrashuv, 5-ustun eng ko'p muxlis kirgan bellashuvdagi ishqibozlar soni.


Buxoro                

17531      

22700        

77%        

Buxoro – Nasaf                  

24104        

Qizilqum

9518

14000

68%

Qizilqum – Paxtakor

19318

So'g'diyona

6091

11750

52%

So'g'diyona – Bunyodkor

10684

Andijon

5933

18360

32%

Andijon – Lokomotiv

16702

Qo'qon-1912

5380

10550

51%

Qo'qon-Andijon

8652

Navbahor

5344

22000

25%

Navbahor – Lokomotiv

16250

SHo'rtan

4610

10417

44%

SHo'rtan – Paxtakor

6851

Neftchi

4227

20000

21%

Neftchi – Navbahor

18278

Nasaf

4117

16000

26%

Nasaf – Bunyodkor

8621

Mashal

2731

11000

25%

Mashal – Buxoro

6123

Metallurg

2166

12500

17%

Metallurg – Lokomotiv

4812

Olmaliq

1538

12000

13%

Olmaliq – Nasaf

3801

Obod

1472

8000

18%

Obod – Buxoro

3532

Paxtakor

1465

35000

4%

Paxtakor – Nasaf

3816

Lokomotiv

1350

8000

17%

Lokomotiv – Metallurg

4502

Bunyodkor

1036

34000

3%

Bunyodkor – Paxtakor

3784


Behzod Nazarov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика