So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  0 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  0 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  2 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  29

Muxlislarni qaytara olamizmi? Yangiliklar

Muxlislarni qaytara olamizmi?

Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Bu gapni butun jahondagi mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar bot-bot takrorlab o'tishadi.
Biroq oxirgi yillarda oliy ligamizda kuzatilayotgan holat yaxshi kayfiyatga sabab bo'lmayapti. Oliy liga uchrashuvlari paytida stadionlarga ishqibozlar tashrifi deyarli o'smayapti. Ularni stadionga qaytarish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim? Bu haqida bazi fikrlarni bildirib o'tsak.

Futbolda biror mamlakat yuqori divizionida muxlislar sonining miqdorini terma jamoalar va klublarning xalqaro miqyosdagi g'alabalaridan kelib chiqadi, deb fikr bildiradiganlar etarlicha topiladi. Evropada bu omil katta ahamiyatga ega emas. Masalan, Germaniya terma jamoasi oxirgi mundialga qadar qator yirik musobaqalarda g'alaba qozonmadi, biroq har yili bundesligaga muxlislar tashrifi ortib bormoqda. Yildan-yilga muxlislar tashrifi borasida rekord o'rnatilib, muxlislarning o'rtacha tashrifi bo'yicha ko'rsatkichlar yangilanmoqda. Angliyada ham vaziyat shunday.



Terma jamoa 1966 yildan so'ng birorta yirik g'alabaga erishmagan, lekin premer-ligada umuman boshqacha kayfiyat hukmron. Lekin Osiyoning ko'plab mamlakatlarida milliy chempionat uchrashuvlariga ishqibozlarning kelishi o'sha yurt terma jamoalari va klublarining xalqaro maydonlardagi natijalaridan kelib chiqadi. Bizda ham shunday. Agar milliy termamiz ijobiy natijalarni qayd etib tursa, stadionlarda odamlar soni ko'payib qoladi. Agar birvarayiga bir necha terma jamoalar salbiy natijalarni qayd etishsa, unda oliy ligada faqat 2 yoki 3 stadionda gavjum holatga guvoh bo'lamiz. CHempionlar ligasidagi natijalar ham qiziqishga tasir qiladi. Muxlislarni stadionga doimiy tarzda qaytarish uchun nimalar bilan ko'proq shug'ullanishimiz kerak?

Har qanday ishlab chiqaruvchi kompaniya o'z mahsulotini yaxshi darajada reklama qila olish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. CHunki aynan reklama mahsulot sotilishi darajasini ushlab turadi. Futbolda esa ishlab chiqaruvchi deb PFLni oladigan bo'lsak, uning o'z mahsuloti, yani oliy liga uchrashuvlarini reklama qilishi PFLga bog'liq jihat hisoblanadi. PFL rasmiy sayti ayni paytda o'yinlarning qachon bo'lib o'tishini havola etib kelyapti, lekin tur oldidan prevyular, turli xil qiziqarli statistik ko'rsatkichlar orqali oliy ligaga bo'lgan qiziqishni orttirish imkoniyatiga ega. SHuningdek, TV orqali ham oliy liga anonslarini kuchaytirish lozim. Yoki PFLning turli reklama va tur oldi anonslarini tayyorlaydigan maxsus guruhi bo'lishi lozim. Hozirda gazeta, radio va internet saytlari prevyu va turli yangiliklarni taqdim etgani holda televidenie faqatgina uchrashuvlarni olib ko'rsatish bilan kifoyalanib qolyapti.

Milliy chempionati bir necha yil ichida yangi saviyaga ko'tarilgan Rossiya, Yaponiya, Xitoy singari chempionatlar tajribasiga ko'z tashlasak, mahalliy liga rivojlanishida televideniening hissasi katta bo'lganini ko'ramiz. Barcha o'yinlarning anonslarini taqdim etish, tur oldidan prevyular, turli tahliliy ko'rsatuvlar tayyorlash orqali respublika miqyosida oliy ligaga katta qiziqish uyg'otish mumkin. Translyaciyalarni TVga bepul taqdim etayotgan PFL hech bo'lmasa shu masala borasida hamkorlikka chaqirsa bo'lardi. SHuningdek, oliy liganing o'zida kompaniyalarni reklama qilish yordamida ham ommaviy etiborga tushishga urinib ko'rsa bo'ladi.



Bizdagi eng katta muammolardan biri stadionlarda yaratilgan sharoitlardir. Klublar rahbarlari stadionda ishqibozlarga sharoit muhayyo qilish deganda nimalarni tushunishlarini bilmaymiz, lekin bu o'rindiqlarni plastikiga almashtirib, maydon chimini yaxshilash degani emas. Muxlislar uchrashuvlarni o'zlari uchun ideal deb qabul qiladigan evropaliklardan kam bo'lmagan sharoitda kuzatishni istashadi. O'yinning boshlanish vaqti, ish kunlariga to'g'ri kelmasligi, stadionda qulayliklarning yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yozda kimning ham soat 17:30 yoki 18:00da boshlanadigan bellashuvni issiqda o'tirib kuzatgisi kelardi?

Agar o'yinlarni 19:00 yoki 20:00da boshlashsa, bu ishqibozlarga xotirjam holatda stadionga kelish imkoniyatini yaratardi. Bundan tashqari, barcha stadionlarda salqin ichimliklar va oziv-ovqat mahsulotlari savdosini klublarning o'zi tashkil etishni boshlashi kerak. Masalan, shunday xizmat taqdim etuvchi biror tashkilot bilan kelishuvga erishilsa, bu klubga ham, o'sha tashkilotga ham qo'shimcha mablag' olib keladi. Aks holda, stadionga kelganidan so'ng na biror ichimlik ichib, na biror egulik istemol qila oladigan inson qaytib futbolga tashrif buyurishni o'ylamaydi. Yoki PFLning o'zi ichimlik va eguliklar savdosi bo'yicha biror hamkor bilan shartnoma imzolab, stadion hududi ichida (balki, atrofida ham) faqat ro'yxatga kiritilgan mahsulotlar savdosi tashkil etishini nazoratga olsa bo'ladi. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi, lekin stadionlardagi sharoitlar bunday deb o'ylashga to'sqinlik qiladi. Bu etiborsizlikmi yoki hurmatsizlik? Ishqibozlar bu munosabatga yarasha javob qaytarib kelishmoqda - stadionlarga kelishmayapti.
Agar ichki chempionat saviyasi muxlislarni qoniqtirmasa, unda har qancha yaxshi sharoitlar yaratib ham stadionlarni to'ldirib bo'lmaydi.



Bizda oliy liga saviyasi ko'p yillar avvalgidan pastroqdek, lekin oxirgi ikki mavsumda jamoalar o'rtasidagi raqobat o'sdi. Bu sezilib turibdi. Faqat bu ichki chempionatda yaqqol yulduz futbolchilarning qolmagani sababli yuzaga keldi. Baribir jamoalarni ushlab turadigan kuchli futbolchilar etishmayapti, ularni tarbiyalab berishmayapti. Natijada eng kuchli jamoalar safida ham terma jamoa asosiy tarkibiga tortii qiyin bo'lgan futbolchilar harakat qilishyapti. Bazi o'yinchilargina bundan mustasno. Stadionga ishqibozni chaqiradigan o'yinchilarga ega emasmiz. Yosh futbolchilarga kumir darajasiga ko'tarilgan ijrochilar yo'q. Muxlislarni hech qachon aldab bo'lmaydi. Ular mahalliy chempionatni ko'rishga arzimaydigan deb baholashmoqda. Uchrashuvlar mobaynida aldamchi harakatlarning yo'qligi, to'p oshirishdagi son-sanoqsiz xatolar, xavfli vaziyatlarning yaratilmasligi tufayli judayam zerikib qolish mumkin. Tomoshabop futbol va uchrashuvlar ko'p emas. Hech bo'lmaganda oxirigacha kurash olib boradigan futbolchilarni tarbiyalash lozim.

CHempionatni kuchaytirish uchun klublar xorijlik kuchli murabbiylar hamda futbolchilar xizmatidan foydalanishsa zarar qilmasdi. Biroq buning uchun barchada moliyaviy tarafdan imkoniyatlar bo'lishi lozim. SHunday ekan, PFL va klublar muxlislarni stadionga qaytarish uchun dastlabki jihatlar ustida ko'proq ishlashsa zarar qilmasdi. Stadionlarning bo'sh qolganini ko'rish hech kimga zavq bermaydi.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика