So’nggi yangiliklar

16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  3 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  2 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   1 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  5 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  10 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  13 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  4 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  23

Muxlislar qurshovidagi Odil va Eldor, biznes klassni rad etgan Kuper. Falastindan "championat.asia" kundaligi Yangiliklar

Muxlislar qurshovidagi Odil va Eldor, biznes klassni rad etgan Kuper. Falastindan "championat.asia" kundaligi

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha JCH-2022 saralash bellashuvlari doirasidagi Falastinga qarshi o'yinni o'tkazish uchun uchib ketdi.

Terma jamoamiz bilan birga "championat.asia"ing ikki nafar xodimi Gayrat Xasbiulin va Tolibjon Qosimovlar ham Falastin sari yo'l oldik.

"Championat.asia" nashri xodimlari Falastin, Iordaniya va Tojikistonga safar qiladi

FOTO  Muxlislar O'zbekiston terma jamoasini aeroportga ajoyib tarzda kuzatib qo'yishdi

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamizni muxlislar o'ziga xos tarzda kuzatib qo'yishdi. O'sha jarayonni kechagi galereya va video xabarlarimizda tomosha qilib ulgurgansiz. Biz esa bosh jamoamizning Toshkentdan Falastingacha qanday etib kelgani haqida ikki og'iz malumot berishga harakat qilamiz.

Terma jamoamizda ayni paytda Odil Ahmedov va so'nggi kunlarning bosh qahramoni Eldor SHomurodovlarning muxlislari ko'proq ekanligiga aeroportdayoq guvoh bo'lish mumkin edi. Futbolga qiziquvchi odamlar terma azolaridan ko'proq aynan Odil va Eldor bilan suratga tushib ketishdi. Ularning har biri samimiy tilaklar bilan terma jamoamizga omad ham tilab ketishdi. Ahmedovning muxlislari orasida 3 nafar tojikistonliklar ham topildi. Oxirgi haftalarda trendda bo'lib turgan SHomurodovda ham muxlislari ko'payib qolgani ko'rinib turibdi. SHunga qaramay, hujumchimiz o'sha-o'sha samimiylik va soddalikni yo'qotmagan. Eldorning o'yiniga ham, odob-axloqiga ham ko'z tegmasin.

Ahmedovning tojikistonlik muxlislari.


O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi joy olgan samolyot 16:02da Toshkentdan qo'zg'aldi va deyarli 5 yarim soatlik parvozdan so'ng Isroilning Tel-Aviv shahriga etib keldi. SHuni qo'shimcha qilish kerak-ki, bosh murabbiy Ektor Kuper biznes-klassda ketishni rad etdi va jamoa bilan birga ekonom klassda uchdi. O'tgan yil ingliz futboli afsonasi Ueyn Runi "Di Si Yunayted" bilan safar o'yiniga borganda samolyotning biznes-klassidan ham, mehmonxonaning lyuks nomeridan ham voz kechgandi. O'shanda u o'zimni jamoadagilardan ustun qo'yishni xohlamayman, biz bir jamoamiz degandi. Kuper ham jamoa ichida bo'lishni xohladi, bo'lib ham ora-orada o'yinchilarning oldiga borib ular bilan hazillashib turishga ham ulgurdi.

Kuperning ushbu suratidan hech kim yomon mano qidirib o'tirmasa kerak) SHunchaki, murabbiy o'yinchilari bilan birga uchgani isboti bilan bo'lishi uchungina bu suratni qo'yishga qaror qildik.


Delegaciya Toshkent vaqti bilan 21:50da Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportida edi. Ben-Gurion dunyodagi eng sinchiklab tekshiruv-nazorat o'tkaziladigan aeroportlardan biri. Aeroportdan chiqishda bizni maxsus avtobuslar kutib turardi. Terma jamoa azolari katta avtobusda, CA xodimlari, Toshkentdan terma jamoani qo'llab-quvvatlash uchun kelgan Abdurahmon Fozilov va O'FA fotomuxbiri Hasan Pirmuhammedov esa maxsus mikrobasda Tel-Avivdan Falastinning Ramallah shahriga etib bordik.

A.Fozilov bilan bayroq ko'tarib suratga tushayotgan o'zbek yigit Isroilda ishlar ekan. Terma jamoa uchib borishini o'qib ataylab aeroportga chiqibdi. Bu yigit ertaga Falastindagi stadionga borishga ham vada berdi.


Delegaciyamiz Ramallahdagi "Millennium" mehmonxonasiga joylashdi. Qizig'i, Falastin terma jamoasi ham aynan shu mehmonxonada ekan. Ertangi raqiblar bitta joyda istiqomat qilishmoqda.


Bugun o'yindan oldingi qator rasmiy tadbirlar, shu jumladan matbuot anjumani ham bo'lib o'tadi. Futbolchilarimiz og'ir yo'ldan so'ng charchoqlarini chiqarish uchun xordiq chiqarayotgan bir pallada biz ham kundaligimizni yakunlaymiz. "Championat.asia"ni kuzatishda davom eting, Falastin va Iordaniyadan eng qaynoq xabarlar va suratlarni kuzatish imkoniga ega bo'lasiz.


"Championat.asia" shiori: Orzu qiling, zavqlaning va bizni kuzating!


Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика