So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  32 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Muxlislar o'rtasida tanlov: O'zbek klublari uchun ramz, timsol, shior yoki madhiya ishlab chiqing va sevimli jamoangiz formasiga ega bo'ling! Yangiliklar

Muxlislar o'rtasida tanlov: O'zbek klublari uchun ramz, timsol, shior yoki madhiya ishlab chiqing va sevimli jamoangiz formasiga ega bo'ling!

Teglar :  PFL Tanlov
O'zbekiston PFL o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalardan biri – muxlislarga manzur bo'ladigan tomoshabop va qiziqarli, raqobatga boy chempionat tashkil etish hamda bu orqali stadionlarga ishqibozlar tashrifini ko'paytirishdan iborat sanaladi.

Ortda qolgan 2018 yilda ham stadionlarga yanada ko'proq tomoshabin jalb etish, ishqibozlarning milliy futbolimiz va chempionatimizga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi. Natijada 2017 yilgi mavsum bilan solishtirganda 2018 yilgi mavsumda milliy chempionatimizning har bir o'yiniga tashrif buyuradigan muxlislar o'rtacha soni deyarli 2 baravarga oshdi (o'rtacha har bir uchrashuvga kelgan muxlis soni: 2017 yilda 4386 nafar tomoshabin; 2018 yilda esa 8050 nafar tomoshabin).

Professional Futbol Ligasi mazkur tashabbusni 2019 yilda ham davom ettiradi. Yangi mavsumda ichki chempionatimizga bo'lgan qiziqishni yanda orttirish va stadionlarga imkon qadar ko'proq ishqibozlar kelishini taminlash maqsadida amalga oshiriladigan loyihalar rejasi ishlab chiqildi.

Ortda qolgan mavsumda talab qilingan, ammo ijrosi ayrim klublar tomonidan paysalga solingan klub ramzi (maskot) va madhiyasini ishlab chiqish masalasi ham yangi – 2019 yildan etiboran majburiy bo'ladi. Endilikda har bir klub (agar klub ramzi yoki madhiyasi mavjud bo'lmasa) klub nomi, joylashgan shahri, klubning asosiy ranglari, unga muxlislik qiladigan auditoriyadan kelib chiqqan holda o'z ramzi hamda madhiyasini ishlab chiqishi lozim bo'ladi. Bu orqali Superliga-2019 o'yinlari mobaynida o'yindan oldin, tanaffus vaqtida va uchrashuvdan so'ng stadionda klubning o'z madhiyasi yangrashi taminlanadi. Zero har bir jamoaning o'z ramzi va madhiyasiga ega bo'lishi – ushbu jamoani qo'llab-quvvatlovchi muxlislarni yanada jipslashtirishi jahon tajribasidan malum.

SHu o'rinda qayd etish joizki, klublarning ramzi, timsoli, shiori yoki madhiyasi mavjud bo'lishi – bu o'sha klubning o'z ishqibozlariga chin manoda yaqinroq bo'lishini ham anglatadi. Biroq klublarimiz marketing, muxlislar bilan ishlash borasida o'zlari turli tashabbuslar qilishi, yangi g'oyalar bilan zamonaviy loyihalar amalga oshirishi kamdan-kam kuzatilmoqda.

SHu sababdan Professional Futbol Ligasi ushbu masuliyatni o'z zimmasiga olgan holda yurtimizdagi muxlislar o'rtasida tanlov elon qiladi. Tanlov shartiga ko'ra, siz o'zingiz muxlislik qiladigan o'zbek klublari uchun ramz, timsol (maskot yoki talisman) ishlab chiqing, shior yoki madhiya o'ylab toping va uni PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga yuboring. PFL barcha yuborilgan shior, ramz, timsollarni o'z sayti va ijtimoiy tarmoqlarida elon qilib boradi va yakunda eng yaxshilarni taqdirlash bilan bir qatorda, chiroyli, sifatli va manoli chiqqan ramz, shior, madhiyalar bevosita klublarga tavsiya etiladi.

Aslida ayrim klublarimizda ramz yoki madhiyalar mavjud. Lekin ko'pincha jamoalarni faqat “lochinlar”, “sherlar”, “burgutlar” yoki “temiryo'lchilar” deya atash bilangina cheklaniladi. Bizning chempionatimiz uchrashuvlari ham xuddi bayramdek o'tishi uchun jamoalar o'z timsollariga ega bo'lishi, o'sha maskot o'yin davomida stadionda o'tirgan muxlislarni yanada ruxlantira olishini ko'zlagan holda ushbu tanlov o'tkazilmoqda.

CHempionatni har tomonlama rivojlantirish maqsad qilingan ekan, o'yin atrofidagi bunday jabhalar ham etibordan chetda qolmasligi lozim. Jahon tajribasida yaxshi samara bergan bunday loyihalarni amalga oshirishdan aslo cho'chimaslik joiz.

Siz ham o'z g'oyalaringizni taqdim eting va milliy futbolimizda yangi yo'nalish rivojlanishiga o'z xissangizni qo'shing!


Sizdan biz nimalar kutyapmiz: Quyida jahonning aksariyat klublari timsol, ramz yoki shiorlaridan namunalar keltirib o'tamiz:  

Siz ham shunday ramz yoki timsollar ishlab chiqa olasizmi, sizda ham shior (hayqiriq, krichalka) yoki madhiya uchun g'oyalar bormi?! Bizga taqdim eting va sevimli o'zbek klubingiz formasiga va PFL tomonidan taqdim etilgan boshqa sovg'alarga ega bo'ling!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика