So’nggi yangiliklar

10:55Олександр Воробей собиқ жамоаси билан шартнома имзолади  0 10:36САфарда. "Динамо"нинг БААдаги машғулотлари қандай кетмоқда? Вадим Абрамов билан интервью  2 10:12"Сўғдиёна"да 8 йил ўйнаган Митрович Сербияга қайтди  0 09:57Арбелоа: "Винисиус ва Мбаппе — ўйин тақдирини ўзгартириб юборишга қодир икки энг яхши футболчи"  3 09:37"Шўртан" ҳужумчиси "Машъал"га ўтди  0 09:07Жавоҳир Сидиқов: "Қўқон-1912"га бўлган меҳрим бошқача"  2 08:34"Қизилқум" ярим ҳимоячиси "Каттақўрғон"да  0 08:05Достон Турсунов: "Жаҳон чемпионатига боришни мақсад қилганман"  1 07:37Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 02:59Мбаппенинг дубли "Реал"га "Вильярреал" устидан ғалаба келтирди  14 02:32Аёллар ўртасидаги Испания Суперкубоги: "Барселона" яна "Реал"ни мағлуб этиб, кетма-кет бешинчи бор чемпион бўлди  9 01:55Арне Слот: "Бундай ўйинда 4 дақиқа қўшиб бериш камлик қилади"  9 01:50БУНДЕСЛИГА. "Леверкузен"да қийин ғалаба, "Дортмунд" эса Берлинда зафар қучди  1 00:34АПЛ. «БОРНМУТ»ДАН СЕНСАЦИЯ! «Ливерпуль» 90+5-дақиқада мағлубиятга учради  10 23:58Гвардиола ҳакамлардан норози: "Говард Уэбб, эртага чиқ ва нима учун пенальти берилмаганини тушунтириб бер!"  8

Muxlislar klubining muxlislarga murojaati! Yangiliklar

Muxlislar klubining muxlislarga murojaati!

Bugungi o'yinda terma jamoamiz muxlislarning ko'magiga muhtoj. Bugun biz guruhdagi o'zimizga tegishli o'rinni qaytarib olishimiz kerak.

Bugun stadionga iloji boricha ko'proq vatanimiz bayroqlari bilan kelinglar, stadionga yog'och ushlagichli bayroqlar bilan kirish mumkin emas, lekin oq plastik ushlagichchi bayroqlarga ruxsat bor.

Bayroq hajmi 1x2 metr, plastik ushlagichi esa 120 santimetrga ruxsat bor. O'yindan 15 daqiqa oldin stadion suhandoni milliy terma jamoamiz futbolchilarini tanishtirish jarayonida ham kichik yangilik kiritilgan, stadionga tashrif buyurgan muxlislardan iltimos qilamiz: Suhandon har bir futbolchini ism va familiasini aytganidan so'ng barchamiz birgalikda O'zbekiston deb olqishlaymiz!


Raqib jamoa futbolchilari tanishtirilganda esa o'zbekona madaniyatni saqlagan holda qarsak chalib turishingini iltimos qilamiz!

To'g'ri, sir emas hozirda stadion kassalarida faqatgina darvoza orti va yon taraflaridagi sektorlarga joy qolgan xolos, lekin o'yinga oz fursat qolganida o'sha vijdonini pulga sotganlar chiptalarni o'z narhida xattoki arzonroqqa ham sota boshlashadi, aziz vatandoshlar barchangizni “Paxtakor” Markaziy stadioniga taklif etamiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo'lib milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlaylik, osmoni musaffo tinch yurtimiz O'zbekiston omad senga yor bo'lsin!
Olg'a O'zbekiston!

Abdurahmon Fozilov


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика