

Yig'ilishda stadiondagi muhitni yaxshi tomonga o'zgartirish, muxlislar klubini stadionning har tomonidan tashkiliy ishlarni yo'lga qo'yish, fan-klub vazifalari, tartib intizomni kuchaytirish borasidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Shu tariqa, bu yildan e'tiboran muxlislar klubi aniq rejalar asosida keng ko'lamli ishlarni amalga oshiradi va yil davomila Nizom asosida ish olib boradi.
Shu masalalar bo'yicha rahbariyat tomonidan bir ovozdan “Buxoro” jamoasi muxlislar klubiga yangi rahbar - Yaxyoev Bahodir hamda unga yordamchi sifatida Qosimov Sanjar tayinlandi.

Muxlislar klubiga a'zo bo'lishni xoxlovchilar 16-17 yanvar kunlari soat 12:00dan 19:00gacha pasport nusxasi hamda 3×4 hajmdagi surat bilan “Buxoro” stadionining tablo ostidagi sektoriga kelishlari mumkin.
Ma'lumot uchun telefonlar: +99891-411-32-56, +99891-415-78-51.
"Buxoro" FK matbuot xizmati



