Muxlislar Grizmannga: "Atletiko" futbolkasida boshqa o'ynamaysan deb umid qilamiz"

Aslanov Jasurbek
15 may 2019, 12:27
Frente Atletico muxlislar guruhi hujumchi Antuan Grizmanning "Atletiko"dan ketish qaroriga munosabat bildirdi.

Fransiyalik jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone va klub bosh direktori Migel Anxel Xil Marin bilan uchrashib, yozda klubni tark etmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

"Atletiko" futbolkasida boshqa o'ynamaysan deb umid qilamiz" - deyiladi Frente Atletico guruhining "Tvitter" sahifasida.

Oldinroq, fransiyalik forvard "Barselona"ga o'tishi mumkinligi e'lon qilingan edi. Eslatib o'tamiz, Grizmanning "Atletiko" bilan shartnomasidagi tovon puli 200 mln. evro, ammo 1 iyuldan bu mablag' 120 mln. evroga pasayadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FA82Oficial