Muxlisga tupurgan futbolchi 4 o'yinga chetlatildi
05 dek 2025 22:58
Yangiliklar
Muxlisga tupurgan futbolchi 4 o'yinga chetlatildi
"Bernli" yarim himoyachisi Gannibal Mejbri "Lids"ga qarshi o'yin vaqtida muxlisga tupurgani uchun jazolandi.
"Bernli" APLning 8-turida 18 oktyabr kuni o'z maydonida "Lids"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan keyin muxlislardan biri 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Gannibal Mejbri unga tupurganini aytdi.
Bahsdan keyin Lankashir policiyasi ushbu voqelik yuzasida taftish ishlarini olib bordi. O'z navbatida Angliya Futbol associaciyasi ham tekshiruvlar o'tkazdi.
22 yoshli Mejbri ushbu holatda aybdor deb topildi. Futbolchi 15 ming funt jarimaga tortildi va 4 o'yinga chetlatildi.
Futbolchi APL doirasida 30 dekabr kuni bo'ladigan "Nyukasl"ga qarshi bahsgacha o'yinlarda qatnasha olmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar