So’nggi yangiliklar

11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  5 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  9 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

"Muxlisdan savol". Jaloliddin Masharipov - Onasiga sovg'a qilgan Neksiya va nimadan juda qo'rqishi haqida Yangiliklar

"Muxlisdan savol". Jaloliddin Masharipov - Onasiga sovg'a qilgan Neksiya va nimadan juda qo'rqishi haqida

O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Muxlisdan savol"ning navbatdagi mehmoni bo'ldi.

Saytimiz o'quvchilari tomonidan yo'llagan savollarga yarim himoyachi javob berdi. 


- Futbolga kirib kelish tarixingiz bizga juda qiziq. Bunga oilaviy muhit sabab bo'lganmi yoki yon atrofingizda hech kim qiziqmasa ham o'zingizda qiziqish baland bo'lganmi?
- Mahallada 6 yoshimda futbol o'ynardik. Maktabga borganimda 1-sinfda jismoniy tarbiya ustozi kim futbolga qiziqadi deb so'ragan. O'shanda maktabda futbol to'garagi ochilgan. Futbolga kirib kelishimda akamning katta xissasi bor. Futbolga qiziqish juda qattiq bo'lgan. Ovqat emasam ham, darslarni qilmasam ham futbol o'ynardim. Maktabga oq ko'ynak, kastyum shimlarni kiyib ketardim. Sumkamga kitob-daftarlar esa futbol formalarimni solib ketardim. Ustozlar meni doim futbol maydonidan topib kelishardi. Sinfda eng ikkichi, maydonda eng alochi bo'lganman. Futbolda doim bizning sinf chempion bo'lardi. SHunga sinfda barcha meni yaxshi ko'rardi, sinf rahbarimiz baholarimni qo'yib berardilar.

- Xorazmda o'z futbol maktabingizni ochish niyatingiz bormi?

- Bor, albatta. Xudo xohlasa 2-3 yilda mana shu narsani amalga oshirishni niyat qilganman.

- Bir necha yillar oldin O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Janubiy Koreya bilan o'yin yodingizdami? O'shanda aslida nima bo'lgandi?

- O'sha vaziyatda raqibning yuziga atayin tepmagandim. Agar videoni ko'rsanglar to'pni koreyalik futbolchining ustidan olib o'tmoqchi bo'lgandim. Ammo raqib boshi bilan oyog'imga qarab kelgani uchun butsam ozgina bo'yniga tegib ketgan. Hech qachon, hech qaysi futbolchiga nisbatan qo'pol o'ynamayman. Ular ham men kabi futbolchi-ku axir.



- Qachondir "Xorazm"da o'ynash niyatingiz bormi?

- Xorazmni juda yaxshi ko'raman. O'zimning tug'ilib o'sgan yurtim. Ammo hozirgi paytda butun etiborim Evropaga qaratilgan. Balki faoliyatim oxirida "Xorazm" klubiga qaytarman. Biroq aytganimdek ayni paytdagi birinchi maqsadim Evropa klublaridan biriga o'tish.

- Futbolda birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?

- Birinchi murabbiyim Olimboy Davletov. U kishi millionlar o'yiniga kirib kelishimda juda katta xissa qo'shgan.

- Birinchi olgan maoshingiz qancha bo'lgan?

- Birinchi maoshim 10000 so'm edi. O'sha maoshimni ota-onamga olib borib berganman. Toshkentdan Xorazmgacha avtobusda borib, o'sha pulni ularga berganman. Yoshlgimdan ilk maoshimni ota-onamga beraman deb niyat qilgandim. Onamga ilk maoshimni berganimda ko'zlariga yosh kelgan edi.

- 8 mart bayramiga onangizga mashina sovg'a qilibsiz. Vaqti kelib yaratgan o'g'il farzand bersa, u katta bo'lganida onasiga qanday sovg'a berishini maslahat berasiz?

- Yoshligimda onamga mashina sovg'a qilishni niyat qilgandim. Neksiya avtomobilini sovg'a qildim. Aslida ularga dunyodagi eng qimmatbaho mashinani ham olib bersam ham kam. CHunki onamni juda ham yaxshi ko'raman. Kelajakda farzandim bo'lsa, o'zimga o'xshashini yaratgandan so'rayman. Gap sovg'ada emas, ota-onasiga mehrli bo'lsa bo'ldi.



- BAAda o'tgan Osiyo Kubogidan keyin sizga qaysi klublardan taklif bo'ldi?

- Osiyo Kubogidan keyin Janubiy Koreyadan va arab klublaridan takliflar bo'ldi. Biroq o'zim Evropaning oddiyroq klublarida bo'lsa ham o'ynashni istayman. Osiyo klublariga borishni istamayapman. Arab klublarini Osiyo chempionlar ligasida mag'lub etayapmiz, Koreya chempionati ham bizdan u qadar kuchli deb hisoblamayman. Xudo xohlasa Evropaga ketaman.

- Nega Osiyo Kubogida Avstraliya bilan o'yinda penaltilar seriyasida birinchilardan bo'lib tepmadingiz?

- Men o'sha seriyada beshinchi zarbani berishim kerak edi. Afsuski mengacha navbat etib kelmadi.

- Siz uchun unutilmas penalti yoki penaltilar seriyasi?

- Albatta, Osiyo Kubogi chorak finalidagi Avstraliya bilan o'yindan keyingi penaltilar seriyasi. Yaxshi o'ynab turib penaltilar seriyasida yuta olmaganimiz juda ham alam qildi.

- Agar sizga BAA, Qatar, Xitoyning etakchi klublaridan va Evropaning Gollandiya, Belgiya, SHveycariya kabi davlat klublaridan taklif bo'lsa qaysi birini tanlaysiz?

- Yuqorida ham aytdim, o'ylab o'tirmasdan Evropani tanlardim.



- Golni nishonlashni qaerdan topasiz?

- Gol urgan paytda nishonlash o'zidan-o'zi keladi. Hech qachon oldindan rejalashtirib qo'ymayman. Barchasi o'sha vaziyatning o'zida paydo bo'ladi.

- Mavsum boshlanishidan oldin Evropaga ketmoqchiman degandingiz. Lekin bu yil ham Masharipov Superligada o'ynayapti. Bunday bo'lishiga nima sabab bo'ldi? "Paxtakor" aqlbovar qilmasa pul taklif qildimi yoki Evropadan taklif bo'lmadimi?

- Agar pulni o'ylaganimda arab klublarini tanlagan bo'lardim. Evropadan qiziqishlar bo'ldi, ammo hozircha aniq taklif yo'q. "Paxtakor" yoshligimdan katta bo'lgan klubim. Bu jamoa bilan birga yana O'zbekiston chempioni bo'lishni istayman.

- Tasavvur qiling "Paxtakor" bilan shartnomangiz tugadi. "Lokomotiv" "Paxtakor"da olayotgan maoshingizdan ikki baravar ko'p pul taklif qildi. Qaysi klubni tanlardingiz?

- Men O'zbekistonda doim "Paxtakor"ni birinchi o'ringa qo'yaman. Yoshligimdan shu jamoada o'sganman, shu bois bu savolga uzoq javob berishim shart bo'lmasa kerak.

- O'yin paytida juda ko'p dribling ishlatasiz va tabiiyki muxlislarga bu yoqadi. Sizni ilhomlantirgan futbolchi kim?

- Muxlislarimiz shunday driblinglarni ko'rishni istashadi. SHunday chiroyli harakatlar muxlislarni futbolni yanada sevishga sabab bo'ladi deb o'ylayman. Futbolning o'zi bir chiroy, bu chiroyga yana chiroy qo'shilsa ajoyib bo'ladi. Neymar, Ronaldino, Azarning harakatlarini ko'rib mashg'ulotlarda shularni takrorlashga urinaman. Keyin o'yin paytida o'sha driblingni bajarishga harakat qilaman.


- Nega O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper dribling qilishingizga yo'l qo'yib bermaydi?

- Unday narsa yo'q. Kuper dribling qilishga yo'l qo'yib beradi. Lekin o'zingni ehtiyot qil, himoyachilar oyog'ingga tepib, seni jarohatlamasin deb meni avaylaydi.



- Do'stingiz Jamshid Iskanderovning o'yini tushib ketishiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Jamshid jarohat sababli ikki yil o'ynamadi. Jarohatdan keyin har qanday futbolchida biroz bo'lsa ham qo'rquv bo'ladi. Siz ikki yil o'ynamasangiz tabiiyki jamoadoshlaringizda o'sish bo'ladi. 4-5ta o'yindan keyin o'ziga kelib olishiga ishonaman.

- "Oltin baliqcha" uchta tilak ayt desa qanday tilaklarni aytgan bo'lar edingiz?

- Birinchisi O'zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqish. Ikkinchi va uchinchisini hali o'ylab ko'rmaganman.

- Agar oldingizda quyidagi 4ta taklif bo'lsa qaysi birini tanlagan bo'lardingiz? Maosh balandligi ketma-ketligi bo'yicha yozilgan: 1.Xitoy, 2.Yaponiya, 3.Janubiy Koreya, 4.Rossiya.

- Rossiya premer-ligasiga ketardim. Maoshi kamroq bo'lsa ham.



- Sobiq murabbiyingiz Samvel Babayan haqida fikringiz qanday? Hozir ko'pchilik uni ayblamoqda.

- Samvel Babayanni yomon murabbiy deb aytmayman. Lekin har bir murabbiyning o'z kamchiliklari bo'ladi. Murabbiylarni unday, bunday deb aytishni yomon ko'raman. Babayan haqida ham, boshqa murabbiy haqida ham nimadir deyishni istamayman. Murabbiy murabbiyligini qilsin, futbolchi futbolchiligini qilsin. Balki men ham kelajakda murabbiy bo'larman va qaysidir qarorlarim muxlislarga yoqmas. Bu hayotda barchaga bir xil yoqib bo'lmaydi.

- Oliy ligada birinchi urgan golingizni eslay olasizmi? CHap oyoqda urganmisiz yoki o'ng oyoqdami?

- (o'ylanib) menimcha 2015 yilda "Andijon"ga urgandim. Raqibni aldab o'tib, chap oyog'imda urgandim. (Aslida Masharipov oliy ligadagi birinchi golini 2015 yil "Lokomotiv"ga urgan ekan, muallif)

- Nega o'zbek futbolchilari maydonda jonini berib o'ynamaydi?

- Muxlislarga shunday ko'rinsa kerak. Ammo barchamiz maydonga tushsak oxirigacha kurashamiz. Yosh bo'lsam ham o'zimdan katta futolchi sekinroq o'ynaganni ko'rsam uni urishib beraman.



- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz va kumiringiz kim?

- Ispaniyaning "Barselona" klubiga muxlislik qilaman. Braziliyalik Neymarning o'yinlari menga yoqadi.

- Futboldan ketganingizda nima bilan shug'ullanmoqchisiz?

- SHu narsa haqida o'ylasam juda qo'rqaman. Futboldan ketgim kelmaydi. Bilaman bir kun kelib faoliyatimni tugataman. Lekin hozir shu narsani o'ylagim kelmaydi. Maza qilib, imkon qadar uzoq yillar davomida muxlislarni quvontirib, eng yaxshi futbolchi bo'lib yurishni istayman. SHu bois hali bu haqda o'ylab ko'rmaganman. Milliy terma jamoada ham, "Paxtakor"da ham ko'p yutuqlarga erishishim kerak.


Narzulla Saydullaev tayyorladi


"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan" 

"Muxlisdan savol". Gadoevni kim kashf qilgan: Qosimov yoki Berdiev? Futbolchi javob berdi

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика