So’nggi yangiliklar

11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  22 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  36 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0

Muxlis minbari. Keyingi yil PFL hal qilishi kerak bo'lgan 11 muammo Yangiliklar

Muxlis minbari. Keyingi yil PFL hal qilishi kerak bo'lgan 11 muammo

Saytimiz pochtasiga muxlisdan quyidagi maqola kelib tushdi. Bazi imlo xatolarini to'g'rilab uni sizlarga taqdim etayapmiz.

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev o'zining telegram kanalidagi futbolchilarning qarzlari bilan vujudga kelayotgan muammolar haqida yozib o'tdi va shunday muammolar turganda Superliga formati haqida gapirish to'g'ri emasligini ham aytib o'tdi.

PFL rahbarlaridan birining muammo borligini tan olayotgani bu quvonarli xol. Zero muammo tan olinmas ekan uni hal qilish yo'liga qadam ham qo'yilmasligi aniq.

Lekin, muammolarni birinchi, ikkinchi yoki uchunchi darajali qilib ajratish ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Sabab: PFLda bir yoki ikki xodim emas, bir necha xodimlar ish olib boradi va tabiiyki har bir xodimning o'z vazifasi bor.

Demak, xulosa qilib aytadigan bo'lsak muammolar ko'p va PFL eng shimarib ishga kirishishi kerak bo'ladi.

Quyida esa bizning nazdimizdagi muammolarni sanab o'tishga harakat qilamiz.


1.Superliga formati

Superliga formati o'zini oqlamagani bu yilgi mavsum ko'rsatib berdi.

Bu formatning eng katta minusi ikkinchi oltilikdagi jamoalarning o'yiniga bo'lgan qiziqishning keskin tushib ketishi bo'ldi. Pastki oltilik xuddi birinchi ligaga jamoalar tushib ketganday qiziqishni olib qo'ydi. Ish shu darajaga etib keldiku, xatto jamoalarning o'z muxlislari ham stadionga kelmay qo'yishdi. Bu format orqasidan bir necha Superliga saviyasidagi jamolardan ayirilgan bo'lsak. Yana adolatsiz "oltin ochko" hisobiga jamoalar maydonga nima uchun chiqayotganlarini bilmaydigan o'yinlar ham bo'ldi. Masalan grand jamoalardan jon berib o'ynab eng ko'p ochko olgan Neftchi adolatsiz format tufayli bu ochkolardan biror bir manfaat topa olmadi.

Madomiki, jamoalar professional ekan ular nima uchun maydonga chiqayotganini bilishi kerak. Hech qanday ochko bermaydigan yoki keyinchalik olib tashlanadigan ochkolar mahalla futbolida bo'ladi, lekin professional sportda emas.

Faraz qiling ikki professional jamoa maydonga bir biriga qarshi chiqyapti, lekin ikkalasi ham hech qanday ochko ega chiqmasligi bilib turibti.

Va bu format o'z vaqtida Rossiyada ham qo'llangan edi. Ruslar bir mavsumdan so'ng aqlini yig'ib olib bu formatdan voz kechishgan edi.


2. Hakamlar masalasi


Oldingi yillarda hakamlarimizdan juda ko'p nolidik, ular biror jamoani chempion qilish, yoki ligadan tushirib yuborishda bevosita ishtirok etishgani haqida ko'p va xo'p gapirdik.

PFLga va O'FAga yangi rahbarlar kelganda bu narsa barham topsa kerak deb umid qildik. Lekin¸ bu mavsum ko'rsatib berdiki hakamlik masalasi hal bo'lmagan.

Hakamlar 3 ochko masalasini hal qilgan o'yinlarda ishtirok etishdi, chempionlik tasir qiluvchi o'yinlarda va ligadan tushirib yuborish, kerak bo'lganda esa o'yinlarda bevosita atay yoki ataymas xatolarga yo'l qo'yishdi. Xatolar shunchalik ko'pki ular atay emasligi juda katta shubhalar bor, albatta.

Bir chet ellik murabbiy aytgan edi: "Sizning hakamlar juda zo'r, professional, o'yinlarni zo'r boshqarishadi faqat ichki chempionat o'yinini emas, xalqaro o'yinlarni".


3. Kelishilgan o'yinlar

Bu muammoni ham oldin ko'p va xo'p gapirdik, lekin bu balodan ham qutulganimiz yo'q. Ayrim o'yinlarni ko'rib turib nimaga jamoalar futbol o'ynamayatganiga hayron qolasan kishi. Yoki himoyalanayotgan jamoalarning himoyachilari o'z zonasidan boshqa zonalarda yugurib yurganini ko'rib hayron qolasan kishi. PFLni kelishilgan o'yinlarga qarshi qo'mita tuzish payti keldi deb o'ylaymiz. Va, bu qo'mitada futbolni tushunadigan, insofli odamlar bo'lishini xohlar edik. Futbolni tushunadigan deyishimizni sababi oddiy muxlis yoki jurnalistlarga futbolchilarni atay zonalarni ochib berishi va shunga o'xshash harakatlari bilinmasligi mumkun. Lekin, haqiqiy ekspertlarga esa bularni aniqlab olish muammo emas. Faqat ko'z ko'zga tushadiku  deb yuz xotir qilib yurishmasa bo'ldi.


4. Totalizator


Bu muammo ham kelishilgan o'yinga o'xshab ketadi. Faqat farqi bu erda bir jamoa murabbiyi yoki futbolchisini o'zi hamma narsani hal qilib qo'yishi mumkin.

Bu muammoni ham hal qilish yo'li xuddi yuqoridagi kabi bir bo'lim tuzib, o'yinlarni o'rganish. PFLga oson taraflaridan yana biri, odatda shubhali o'yinlarni aniqlaydigan kompaniyalar bo'ladi. O'shalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va ishtirokchilarni qattiq jazolash. Kerak bo'lsa futboldan butun umrga chetlatish. Bu illat futbolni ichidan chiritayotgan illatdir. Uning jazosi esa undan butunlay halos bo'lish.


5. Futbolchi va murabbiylarni haq-huquqlarini himoya qilish

Diyor Imomxo'jaev aytgandak bunday muammolar ko'p. Va FIFA PFLdan so'rayapti ham ekan: "o'zlaring hal qilasanlarmi yoki biz aralashaylikmi" deb. Aslida bu ish FIFAgacha etib borishini o'zi bu borada PFLda hech qanday nizom ham tizim yo'qligini ko'rsatib turibti. Ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan futbol ligalarida bu masala bo'yicha ham alohida qo'mita yoki bo'lim shug'ullanadi va aynan shu bo'lib kerak bo'lsa futbolchining, murabbiyning yoki klubning manfaatini himoya qiladi.

Esimizda qolgani shuki, oldingi PFL shunday mashmashalar bilan shug'ullanmaslik uchun klublardan ochiq oydin oyliklarni kontraktda ko'rsatmaslikni talab qilar edi. Lekin, endi u PFL yo'q bo'lgani bilan o'sha tizim hali ham ishlayapti va bu muammolarni hal qilish vaqti keldi.


6. Pro-liga formati

Bu format haqida dostonlar yozib chiqish mumkin, lekin shundoq kamchiliklari ko'rinib turibdi va bu kamchiliklar bartaraf qilinishi shart.


7. Superliga va Pro-liga jamoalaring superligaga chiqish uchun o'yini

Bu formatni ham adolatsiz deb hisoblaymiz. Sababini esa quyidagicha deb bilamiz.
Faraz qiling sizning jamoa Pro-ligada o'ynaydi. Byudjet ham shunga yarasha kamroq. Tabiiyki sizda maoshlar kam bo'lgani uchun, yoki Pro-ligada bo'lganingiz uchun ko'p ham o'yinchilar kelavermaydi. Sizning jamoangiz yoshlar bilan va bir ikkita yoshi o'tgan qariyalar bilan to'ldirilgan va shu tarkib bilan superligaga chiqish uchun kurashyapsiz.
Raqibingiz esa Superligani pastki jamoasi bo'lsa ham byudjeti superligada o'ynagani uchun siznikidan ko'proq, futbolchilari ham kuchliroq. CHunki ular mavsumni superligada boshlashgan, ularga futbolchilar keladi. Sizga esa Pro-ligada bo'lganingiz uchun hech kim kelmaydi.

SHunga qaramay siz o'zaro o'tish o'yiniga chiqdingiz, rahbarlar agar o'tish o'yinidan o'tsangiz byudej ko'paytirilishini, istalgan o'yinchini olib kelib berishligini vada qilishyapti. Lekin¸ lekin siz qanday qilib superliga o'yinchilariga qarshi yosh bollar va bir ikki yoshi o'tgan qariyalar bilan turib berasiz?  

Aynan shu narsani bilgan superliga jamoalari ham unchalik xavotir olishmayapti. CHunki ular aniq bilishadiki, o'tish o'yinidan ular bemalol o'tishadi. Siz yig'lab qolaverasiz, yig'lab qolaverasiz va vaqti soati kelib sabri tugagan rahbarlar jamoaga umum pul bermay qo'yishadi.

Bizningcha o'tish o'yinini umuman olib tashlab, to'g'ridan to'g'ri tushib ketadigan va to'g'ridan to'g'ri superligacha chiqadigan qilish kerak.

Bu superligadagi o'yinlar shiddatini qanday orttirsa Pro-ligadagi shiddatni ham xuddi shunday orttiradi.

O'tish o'yinidan o'tolmaydigan Pro-liga jamoalariga Pro-ligada o'ynash umuman qiziq bo'lmay qolishi mumkin.


8. Pro-ligadagi totalizator

Totalizator eng avj olgan musobaqa bu pro liga desak adashmagan bo'lsak kerak.
Faqat totalizator deb musobaqada qatnashayotgan jamoalar ham bor desak ham bo'ladi.


9. Pro-ligadagi hakamlik

Bu musobaqadagi hakamlikni gapirish bilan ish bitmasa kerak. Buni albatta ko'rish kerak.


10. Eng katta muammo bu klublarning moliyaviy ahvoli  


Aytishingiz mumkin, PFLning futbol klublarining moliyaviy ahvoliga nima aloqasi bor deb. Bir qarashda aloqasi bo'lmasligi kerak. Lekin, O'FAning oldingi prezidenti qilgan ishlarni eslang, Mirabror Usmonov klublar moliyasiz qolib ketmaslik uchun judda katta hajmdagi ishni bajargan edi. Natijada klublarimiz baqquvat homiylarga ega bo'lishgan edi. SHundan kelib chiqib va vaziyatga shunday hech narsa qilmasdan qarab turilsa futbolimiz juda katta judolikka uchrashini hisobga olsak bu muammoni PFL emas shaxsan O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonov yoki O'FA Prezidenti Achilbay Ramatovlar hal qila olishsa kerak. Sababi esa oddiy, moddiy muamolarga ega bo'lgan klublarga bir qarang.
"Bunedkor", "Nasaf", "Buxoro". Ana endi olimpiya terma jamoasi va terma jamoa futbolchilariga qarang. Aksari "Bunyodkor" va "Nasaf"dan. O'zbek klublari orasida eng olchi akademiyalardan aynan shu klub  akadamiyalari kiradi. Bularni oldiga "Paxtakor"ni qo'shsa bo'ladi. Endi faraz qiling "Bunyodkor" va "Nasaf" yo'q. "Paxtakor"ni bir o'zi eplay olarmikan? Albatta yo'q. Bu klublarni va boshqa klublarni yo'qotish O'zbek futbolini rivojlanishini kamida 10 yil orqaga qaytaradi. Va agar, mabodo shunaqa bo'lib qolsa bu yuqoridagi ikki rahbar davrida bo'lgan bo'ladi va bu ularni O'zbek futboli tarixida qolishligiga sabab ham bo'ladi.  


11. Futbol maydonlari

2018 mavsum ko'rsatdiki jamolarimizning aksari o'z maydonlariga beparvo. Hamma narsaga pul ajratgan jamoalar maydonga kelgan pul qizg'onishyapti. Vaholanki maydonga unchalik ko'p mablag' ham ketmaydi. Qilinishi kerak bo'lgan narsa bor yo'g'i maydonga javob beradigan haqiqiy mutaxasis kerak xolos.

2019 yildan maydoni talabga javob bermaydigan jamoalarni uy stadionida o'ynatmaslik kerakdir balki? Balki ana o'shanda klublarimiz bu ishga jiddiy qarashar?

PFL 2018 mavsum boshida juda jiddiy ishga kirishgandak ko'rindiyu, lekin ko'p narsa baribir qog'ozda qolib ketdi.

Umid qilamizki 2019 mavsum qog'ozdagi ishlar amalga ham ko'chadi.


Saytingiz o'quvchisi Samvel.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика