Muxbir De Xeaga: "Ronalduning transferi haqida nima deb o'ylaysiz?" David: "Kim?"
30 avg 2021 01:10
Yangiliklar
Muxbir De Xeaga: "Ronalduning transferi haqida nima deb o'ylaysiz?" David: "Kim?"
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea Krishtianu Ronalduning transferi to'g'risida gapirdi.
— Ronalduning transferi haqida nima deb o'ylaysiz?
— Kim? (Kuladi)
O'ylashimcha, "Manchester Yunayted" muxlislarining hamda bizning orzuimiz amalga oshdi. Ushbu voqea ajoyib bo'ldi. Ha, chindan ajoyib — bu muhitni his qilyapsizmi?
Umid qilamanki, u bizning yanada kuchliroq bo'lishimizda yordam beradi. Uning safimizda bo'lishi quvonarli, — dedi De Xea.
Fikrlar