So’nggi yangiliklar

16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  0 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  1 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  2 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  6 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  1 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0

Muvaffaqiyatli bitimlar: mavsumning birinchi yarmidagi eng yaxshi transferlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Muvaffaqiyatli bitimlar: mavsumning birinchi yarmidagi eng yaxshi transferlar (mutolaa uchun)

Yaqin oylarning eng omadli bitimlarini ko'rib chiqamiz.

Qishki transfer oynasi ochildi. Klublar tarkibni kuchaytirish uchun yangi o'yinchilarni izlashmoqda. SHu bilan birga, mavsumning birinchi yarmi ortda qoldi, demak yozgi transferlarni baholashning ayni payti. Ulardan ayrimlari haqiqatdan ham ancha omadli chiqdi. Bugun mavsumning birinchi yarmidagi eng yaxshi o'tishlarni ko'rib chiqamiz.


Markus Tyuram ("Inter", erkin agent)

"Inter" Tyuramni uzoq kuzatdi, ammo har qanaqasiga bitimni amalga oshirishning uddasidan chiqilmadi. "Neradzurri" o'yinchi bilan dastlabki kelishuvga erishdi va uning Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan shartnomasi yakunlanishini kutdi. "Qora-ko'klar" kuta olganligi sabab mukofot olishdi. Ular ham gol uradigan, ham assist beradigan sifatli forvardga ega bo'lishdi. 26 yoshli hujumchi hozirda barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 10ta assist qayd etdi. U Lautaro Martines va Marko Arnautovich bilan juftlikda yaxshi ko'rinmoqda. "Inter" shubhasiz bu transferdan yutdi.


Alexandro Grimaldo ("Bayer", erkin agent)

"Bayer"ning joriy mavsumdagi asosiy qahramonlaridan biri nemis klubi Belgiyaning "Yunion"iga 20 mln evro to'lagan Viktor Bonifase hisoblanadi. Ammo, forvardga tez-tez gol urish vazifasi yuklatildi. Boshqa tomondan, qanot himoyachisi yuqori samaradorlik ko'rsatmoqda. SHu bilan birga, u bilan tekinga shartnoma imzolashgan. Gap "Benfika"dan ketib "Bayer"ga tezda moslashgan va Xavi Alonso jamoasida yorqin o'yin ko'rsatayotgan Grimaldo haqida ketmoqda. 28 yoshli fulbek hozirda barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi. Ispan bir mavsumdagi gollar bo'yicha o'z rekordini o'rnatdi, oldinda mavsumning yarmi bor.


Seru Girassi ("SHtutgart", 9 mln evro)

Girassi "SHtutgart"da unchalik yangi o'yinchi emas. U o'tgan mavsumni nemis klubida ijara asosida o'tkazdi, ammo klub "Renn" bilan to'laqonli bitimni o'tgan yozda rasmiylashtirdi. Bu katta byudjetga ega bo'lmagan klub uchun juda muvaffaqiyatli bo'ldi. "SHtutgart" faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazayotgan forvard uchun atigi 9 mln evro to'ladi. 27 yoshli hujumchi ayni damda barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 2ta assist qayd etdi. Girassi yarim mavsum uchun samaradorlik bo'yicha o'z rekordini o'rnatdi. U Bundesligada eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida faqatgina Xarri Keyndan ortda qolmoqda. Gvineyalikning tez orada kuchliroq klubga o'tish ehtimoli yuqori.


Gulelmo Vikario ("Tottenxem", 18,5 mln evro)

"Tottenxem" Ugo Lorisga o'rinbosar izlagan paytda transfer bozorida yaxshi ishladi. "SHporlar" francuzning ketishni xohlayotganini bilishdi va unga juda yaxshi va qimmat bo'lmagan o'rinbosar topishdi. Londonliklar oldin italyan, hozirda esa ingliz OAV yuqori baholayotgan Vikario uchun "Empoli"ga 18,5 mln evro to'lashdi. O'yinchining oldin kuchliroq klubga o'tmagani tushunarsiz. Darvozabon shuningdek yangi murabbiy Angelos Postekogluning o'yin sistemasiga ham ideal darajada mos tushdi. Ikki karra omad. "SHporlar" yuqori pressing bilan o'ynagan holda ko'p o'tkazib yuborishmoqda. Ammo, Vikario jamoasini juda ko'p qutqarmoqda. U yarim mavsumda APLda 65ta seyv ijro etdi – bu ligada darvozabonlar ichidagi oltinchi va "katta oltilik" klublaridagi ikkinchi o'rindir.


Jeyms Meddison ("Tottenxem", 46 mln evro)

"Tottenxem"dan yana bir yaxshi bitim. Balki o'tgan yozda APLdagi eng yaxshi transferlardandir. Postekoglu Meddisonni olishni juda xohlagandi. "SHporlar" "Lester" futbolchisi bilan 45 mln evro evaziga shartnoma imzolashdi. Bunday o'yinchi uchun deyarli kurash bo'lmagani esa g'alati holat. Meddison sabab ham londonliklarning mavsumning ilk oylarida Premer-liganing eng yaxshi jamoalaridan biri bo'ldi. Eng yaxshi pleymeykerning jarohati "Tottenxem"ga qattiq tasir qildi, ammo ishlar hozirda unchalik yomon emas. 27 yoshli xavbek jarohatga qadar APLda 11ta o'yinda 3ta gol va 6ta assist ijro etgandi. "SHporlar" hozircha CHL hududidan tashqaridalar. Ular Meddison qaytishi bilan top-4 uchun haqiqiy davogarlardan bo'lishadi.


Xarri Keyn ("Bavariya", 95 mln evro)

Keyn "Bavariya"ga "Tottenxem"dan o'tgan yozda klub tarixidagi rekord transfer sifatida o'tdi. Myunxenliklar o'sha paytga qadar o'yinchi uchun 80 mln evrodan ortiq to'lashmagan, bu safar esa deyarli 100. Boshqa tomondan, bunday futbolchi uchun yuzlab million ham arziydi. Angliyalik "rekordmaystrlar"ga ham, Bundesligaga ham darhol moslashdi. 30 yoshli hujumchi hozirda barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 8ta assist qayd etdi. Keyn gol ham urmoqda, assist ham qayd etmoqda. U Bundesliganing eng yaxshi to'purarlari ro'yxatini boshqarmoqda va "Oltin butsa" uchun davogarlardan hisoblanadi. Tahlilchilar hozirdanoq ingliz futbolchisi "Bavariya"da Robert Levandovskidan ham ko'proq muvaffaqiyatga erishishini bashorat qilmoqda.


Jud Bellingem ("Real", 103 mln evro)

Balki Bellingemning transferi butun yozdagi eng zo'ri bo'lgandir. Ayniqsa uning qanchalik tez "Real"ga moslashgani va jamoaga qanday foyda keltirayotganini hisobga olsak. Yosh angliyalik nafaqat "qirollik" klubining, balki butun La Liganing eng yaxshi to'purari hisoblanadi. 20 yoshli xavbek hozirda barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 5ta assist qayd etdi. Bellingem "qaymoqranglilar"ning nega joriy mavsum chempionlik uchun kurashayotganining asosiy sababchilardandir. Judning paydo bo'lishi bilan butun jamoa yangi darajaga chiqdi.


Deklan Rays ("Arsenal", 116 mln evro)

Rays va Moyses Kaysedo o'tgan yoz APLning eng qimmat transferlari bo'ldi. "Arsenal" va "CHelsi" ikki o'yinchi uchun 116 million evrodan to'lashdi. Ammo, ularning jamoa o'yiniga qo'shayotgan hissasi farq qiladi. Ekvadorlik hali ham "ko'klar"ga moslashayotgan bo'lsa (yarim tarkib kabi), angliyalik SHimoliy Londonda juda yaxshi boshladi. U to'pni qaytaradi, hujumlarni rivojlantiradi va gollar uradi. 24 yoshli xavbek hozirda barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi. Bu tayanch yarim himoyachisi uchun yaxshi natijalar. "Vest Xem" uzoq vaqt eng yaxshi o'yinchisini qo'yib yuborishni istamadi, ammo jiddiy tovon puli shunga arzidi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика