So’nggi yangiliklar

07:38“Интер“нинг янги бош мураббийи маълум  2 06:34ЖЧ-2026 саралаши. БАА – Ўзбекистон 0:0, Орзулар ушалган ўйин  5 02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  16 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  14 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   54 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  13 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  17 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  13 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   41 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  13 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  16 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  46 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7

Mutolaa uchun. "Real"ning yarim himoyasi qay tariqa yosharmoqda? Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Real"ning yarim himoyasi qay tariqa yosharmoqda?

Teglar :  "Real Madrid"
"Real" so'nggi yillarda transferlar soniga emas, sifatiga etibor bermoqda.

115 mln evro evaziga "CHelsi"dan Eden Azarning "proval" transferidan keyin klubdagilar yangilarning tanlanishiga jiddiy nazorat qilishmoqda.

"Blankos" endi yoshlarga ko'proq etibor berishni boshladi, endi jamoa asta-sekinlik bilan yosharmoqda. Bu gap jamoa yarim himoyasiga, ayniqsa, tegishli. Kazemironing to'satdan "Manchester Yunayted"ga ketishi, shuningdek, Toni Kroos hamda Luka Modrichning yoshi o'tayotganligi sababli klub shu yo'lni tanlamoqda.

Ammo klub bu ishni birdaniga qilmayapti. "CHelsi" misolida qaraydigan bo'lsak, Karlo Anchelotti asta-sekinlik bilan bu ishni amalga oshirmoqda. Tarkib borasida muammolar bo'lishi mumkin. Baribir jamoaga hujumni xavflilashtiradigan, mavsumni barqaror o'tkazadigan futbolchilar kerak bo'lmoqda. "Qaymoqranglilar" Kilian Mbappeni oxirigacha kutishsa kerak, biroq uning "Real"ga o'tishi oson ishdek ko'rinmayapti.

"Real"da transferlar oynasida hali qilinadigan ishlar bor, biroq , ular yarim himoya ishlarini yakunlab bo'lishgan ko'rinadi. Klubdagilar yarim himoyani yoshartirish vazifasini ajoyib tarzda uddalamoqda. Jamoaning afsonaviy yarim himoya chizig'i Kazemiro-Modrich-Kroos triosidan faqatgina Karlos ketdi va tezda uning o'rnini almashtirishdi. Jamoa yarim himoyasi biroz yoshardi. Endilikda "Real" yaqin orada jamoadan ketishi kerak bo'lgan yarim himoyachilari o'rnini yoshartirishi kerak. Gap ularni shunchaki yoshartirishda emas, jamoani oqilona qurishda davom etishda.

Hozirgi yarim himoyani yoshartirishdagi asosiy bo'lak Federiko Valverde bo'ldi. "Blankos" uni 2016 yili 5 mln evro evaziga "Penyarol"dan sotib olgandi. Hozir uning narxi 100 mln evro. "Deportivo"da ijarada o'ynab, "Real" tizimiga moslashish oson ish bo'lmasdi. Xavbek 24 yoshga kirgan bo'lsa-da, hali hamon o'zining pik holatiga chiqib bora olmadi.

Valverde 2018 yildan buyon "Real" tarkibida o'ynab kelmoqda. Mavsumdan mavsumga u yanada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda va samarali harakatlarini ko'paytiryapti. O'tgan mavsum Fede uchun eng zo'ri bo'ldi, desak adashmagan bo'lamiz. U gol+pas tizimida 11 (7+4) ochko yig'di. Umuman olganda buning asosiy sababi futbolchining hujumga ko'proq moslashayotgani bo'ldi. Urugvaylik xavbek o'tgan mavsum 56 o'yinning 29tasini markaziy yarim himoyada, 25tasini o'ng qanot vingeri sifatida va ikkita bahsni o'ng qanot yarim himoyasida o'tkazdi.

Urugvaylikning "Real"dagi transformaciyasi orqali shuni hulosa qilish mumkinki, klub futbolchilarni nafaqat yoshartirish, balki, ularni ko'p qirrali qilishni istamoqda. Bunday holat Eduardo Kamavinga bilan ham sodir bo'ldi. Franciyalik xavbek 2021 yil yozida "Renn"dan "Real"ga o'tdi. Transfer summasi 31 mln evroni tashki qildi. Ikki mavsum davomida uning transfer summasi 85 mln evrogacha oshdi.

Francuz Ispaniya poytaxtiga tayanch yarim himoyachisi sifatida keldi, o'tgan mavsum davomida esa chap qanot himoyasida ham o'ynadi. Kamavinga o'zi uchun begona poziciyada sifatini yo'qotib qo'ymadi va ko'p narsalarni o'zlashtirib oldi. Yigitcha endigina 20 yoshga kirgan va shu sababli istalgan poziciyada o'ynab, o'zi uchun katta potencial yig'ib olishi mumkin.

Orelen "Real"dagi birinchi mavsumini beqaror o'tkazdi. Biroq shunday bo'lsa-da, ayrim joylarda jamoaning etakchisi bo'lib turdi. Francuz uchun "Real" 2022 yili "Monako"ga 80 mln evro to'ladi. "Qaymoqranglilar" jamoadan to'satdan ketgan Kazemironing o'rnini aynan u orqali yopishga harakat qilishdi va uni asosiy tayanch futbolchisi qilishdi. Ikkinchi davradan ko'ra, birinchisida Orelen o'zini anchagina yaxshi his qildi. Umuman olganda "Real"dagi ilk mavsum u uchun yomon o'tmadi. 23 yoshli yigitchaning hali o'sishiga ancha imkoniyatlari bor.

Ushbu yozda "Real" uchun eng asosiy transfer Jud Bellingem bo'ldi. Klub "Borussiya"ga uning uchun 103 mln evro to'ladi. Qayd etish kerak, Jud 20 yoshidayoq Bundesliganing eng qimmat futbolchisi bo'ldi. U markaziy yarim himoyada va qanotlarda ham o'ynay olishi mumkin. Uning samaradorligi anchagina yuqori. O'tgan mavsumda u Bundesligada gol+pas tizimida 12 ochko, undan oldingisida esa 11 ochko to'plagandi.

Jud bilan birgalikda "Real"ga Braim Dias hamda Arda Gyuler keldi. Biri "Milan"dan ijaradan qaytgan bo'lsa, ikkinchisi "Fenerbaxche"dan 20 mln evro evaziga sotib olindi. Turkiyalik futbolchi hali anchagina yosh va o'z mamlakati futbolining kelajaklaridan biri deb hisoblanmoqda. U o'z oldiga juda katta maqsadlar qo'yadigan futbolchi. Xatto ilk intervyusida "Real"ning asosiy tarkibi uchun kurashishini malum qildi.

Ayni damda "Real" yarim himoyasida ko'plab futbolchilar bor va ularning umumiy summasi 400 mln evroni tashkil qilmoqda. Bu yosh va sifatli futbolchilarning kuchli tomonlari ko'p. Ularning barchasi eng kami ikki poziciyada o'ynay olishadi. Endi barchasi balansni topishda. Ular uchun to'g'ri yo'nalish berilsa, o'zlarining eng yaxshi sifatlarini ko'rsata olishadi. Jamoa yarim himoyasi yaxshi sifatda yoshartirilayotgani sababli "Real" doimo eng yaxshilaridan biri bo'lib kelmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика