Mutolaa uchun. Ketolmaysan ham, qololmaysan ham: Azarning "Real"da kelajagi bormi?
22 jan 2023 12:43
Yangiliklar
Mutolaa uchun. Ketolmaysan ham, qololmaysan ham: Azarning "Real"da kelajagi bormi?
Eden Azar 2019 yilning yozida o'z orzusini amalga oshirdi va "CHelsi"dan Madridning "Real" klubiga o'tdi. "Qaymoqranglilar" o'yinchi uchun 115 mln evro to'lashdi. Ushbu transfer "qirollik klubi" uchun eng qimmat va eng muvaffaqiyatsizlaridan biri bo'ldi.
Belgiyalik formasi cho'qqiga chiqqan payt Ispaniya poytaxtiga yo'l oldi. U APLning eng yaxshi o'yinchilaridan edi va "blankos"da Krishtianu Ronalduning o'rnini egallaydigandek edi. Ammo, barchasi teskari qarab ketdi.
Azarning "Real"dagi muammolari deyarli birdan boshlandi. Belgiyalik "qirollik klubi" ixtiyoriga mavsumoldi ilk tayyorgarligidayoq ortiqcha vazn bilan keldi. Eden tatilda 5 kilogramm yiqqanini tan oldi.
Futbolchi bunda hech qanday yomon narsani ko'rmadi, ammo muxlislar va ayrim ekspertlar birdan Azarning ishga bilan munosabati jiddiymasligidan gumon qilishdi. Agar Eden maydonda o'zini yaxshi ko'rsatganda, hozir bu voqeani hech kim eslamagan bo'lardi ham. Ammo, bu ro'y bermadi.
Belgiyalikning "qirollik klubi"dagi asosiy muammosi jarohatlar bo'ldi. Ular boshidan futbolchini taqib qildi. Azarda ko'plab jarohatlar sodir bo'ldi.
Har bir yangi jarohat Edenni lazaretda yanada uzoqroq muddatga qoldirdi. Futbolchi ketma-ket 3 oydan o'tkazib yuborgan paytlari ham bo'ldi. Azar "CHelsi"dagi 7 yil ichida jami 21ta o'yinni, "Real"dagi 2,5 yilda esa 61ta bahsni o'tkazib yubordi.
Bularning barchasi Edenning samaradorligiga tasir o'tkazdi. Belgiyalik 2019 yildan beri "qirollik klubi" safida jami 73ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist qayd etdi. "Qaymoqranglilar" tarixdagi eng qimmat o'yinchilardan biridan ko'proq narsani kutganlari aniq.
BeSoccer portali tadqiqotlariga ko'ra, Azar maydonda bo'lgan kam "Real" eng kam gol urgani malum bo'ldi. Futbolchining o'zi so'nggi bir yarim yilda birorta ham gol ura olmadi. Edenning "qirollik klubi"dagi eng yaxshi samaradorligi – 2019/20 yilgi mavsum 1ta gol va 6ta assist.
Belgiyalik mavsumdan-mavsumga kamroq o'yin amaliyoti olmoqda. "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "blankos"ning ko'plab turnirlarda ishtirok etishi sabab yozda Azarning joriy mavsumda muhim rolni olishini aytdi.
Ammo, hozirgi paytda Eden La Ligada faqatgina 3ta o'yinda maydonga tushdi. U maydonda har bir o'yinda o'rtacha 32 daqiqa o'ynadi, bu esa uning faoliyatidagi eng yomon natija. Belgiyalikka doim ham hattoki ikkinchi darajali turnirlarda ham ishonishmaydi, shu sababi uning Ispaniya chempionati yoki CHempionlar ligasida tez-tez o'ynash ehtimoli kam.
Vaziyatni hisobga olsa, Azarning "Real"da qolishidan mano yo'q. Eden hozirda qanotda o'ynayotgan Vinisius va Rodrigoga raqobatda yutqazmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, joriy transfer oynasi "qirollik klubi" belgiyalikni transferga qo'ygan birinchisi emas. Ammo, "blankos" hali ham o'yinchi bo'yicha aniq taklif olmadi. "Qaymoqranglilar" shunchaki futbolchi bilan xayrlashishlari emas, u bilan shartnoma imzolashga ketgan pullarni hisobga olsa, foyda olishlari kerak.
"Hammasi yaxshi desam aldagan bo'laman. Yurakdan ishlayapman, ammo o'ynamayapman. Ammo, menda murabbiyga etiroz yo'q. Biz mavsum starti oldidan gaplashdik, u mendan eng yaxshi sifatlarimni ko'rsatishni so'radi. Harakat qilyapman va vaziyatni qabul qilyapman. Har kuni mashg'ulotlarda jamoaga nimadir berishimni ko'rsatish uchun intilyapman, sababi men buni qila olaman. Ammo, vaziyat boshi berk ko'chada", – dedi Azar jahon chempionati uchun tanaffus oldidan.
Eden JCH-2022ga Belgiya terma jamoasi sardori sifatida yo'l oldi. Futbolchiga berilgan ishonch turnirda yaxshi ishtirok etishiga va klubdagi holatini yaxshilashi mumkinligi bo'yicha taxminlar bo'ldi. Ammo, bu amalga oshmadi – belgiyaliklar omadsiz ishtirok etishdi va guruhdan chiqa olishmadi.
Jahon birinchiligi Belgiya uchun to'liq muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi, shundan so'ng bosh murabbiy Roberto Martines istefoga chiqarildi. Tabiiyki, Azar uchun qandaydir qayta uyg'onish haqida gap bo'lishi ham mumkin emasdi. Bundan tashqari, u jahon chempionatidan so'ng Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Eden boshlanmagan bo'lsa ham, "Real"dagi davri yakuniga etib kelayotganini tushunadi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Belgiyalik mavsum o'rtasida hayotini tubdan o'zgartirib yubormoqchi emas, ammo "qirollik klubi"dan yozda ketishini qabul qiladi.
Futbolchi uchun bosh davogarlardan biri "Al-Nassr" hisoblanadi. Bu jamoa ustozi Rudi Garsiya o'yinchini "Lill"da shug'ullantirganini hisobga olsa, haqiqatdan ham ehtimoliy variant. Ammo, Evropadagi faoliyatini yakunlashning bunday shafqatsiz varianti Azarni qoniqtirishi qiyin. Saudiya Arabistoniga sovrinlarni yutish uchun borishmaydi.
Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar