So’nggi yangiliklar

17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  0 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2

Mutolaa uchun. Eysebio qanday qilib futbol olamini zabt etgan? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Eysebio qanday qilib futbol olamini zabt etgan?

"Oltin to'p"ning Portugaliyadan bo'lgan birinchi sohibi faoliyati va hayotini yodga olamiz.

Futbol tarixida ko'plab iqtidorli sportchilar iz qoldirgan. Bir yuz ellik yillikdan sal ko'proq tarix bizga shunday futbolchilarni tortiq qildiki, ularning to'p bilan bajarayotgan harakatlarini ko'rib, sportning bu turiga mehrimiz tushgan va aynan o'sha o'yinchilar sabab futbol bugun eng ommabop sport turiga aylangan.

Biroq faqatgina sanoqli futbolchilar millati va jamoasidan qati nazar muxlislar mehrini qozonib, afsonaga aylana olganlar.

Eysebio — portugaliyalik "qora pantera" aynan ana o'shanday afsonalardan biri bo'lgan. U 20 yillik faoliyati davomida yuzlab gollar urgan, CHempionlar Kubogiga ega chiqqan va "Oltin to'p" sohibiga aylangan.

Pele, Alfredo Di Stefano va Lev Yashin unga qoyil qolib, maqtovlar aytgan, Luish Figu va Krishtianu Ronaldu uchun u o'rnak vazifasini bajargan bo'lsa, u butun xalq uchun chinakam kumir edi. Buning hayron qolarli joyi yo'q, chunki Eysebio o'zida kuchli futbol qobiliyati bilan bir qatorda ajoyib insoniy sifatlarni ham jamlay olgandi.


Afrika ko'chalaridan Evropaning eng yaxshi klubigacha

Eysebio 1942 yilning 25 yanvar kuni Mafalala (Mozambik)da tavallud topgan — Afrikaning janubi-sharqiy hududidagi 1975 yilgacha Portugaliyaning koloniyasi bo'lgan hudud. Mamlakatdagi hayot tarzi ancha qiyin edi: mahalliy aholi muntazam ravishda taziyq ostida qolar, hukumatga qarshi chiqishlar kuch bilan keskin ravishda bostirilardi. "Qora pantera"ning bolaligi ham qiyin davrlarga to'g'ri kelgan: u oilada to'rtinchi farzand edi va sakkiz yoshida otasidan ayriladi. 

Hali kichik Eysebio uchun futbol asosiy ovunchoqqa aylandi, u sabab qahramonimiz tez-tez maktabdagi darslarni o'tkazib yuborardi. Tabiiyki, futbol uchun hech qanday sharoit yo'q edi: bolalar gazeta va paypoqlardan "yasalgan" to'pni o'ynashardi. O'sha davrlarda jahon futboli sahnasida braziliyalik futbolchilar (Portugaliya futboli gullagan emasdi) edi. SHuning uchun, Eysebio 11 yoshida do'stlari bilan "Braziliyaliklar" jamoasiga asos solishadi — har bir azo mashhur yulduz ismidan foydalanardi.

15 yoshga to'lganida Eysebio "Sporting Lorensu-Markish"ga (Portugaliyaning "Sporting" farm-klubi) borib qo'shiladi. Bolakayning o'zi o'shanda "Benfika"ning farm-klubi — "Grupo Desportivo Lorensu-Markish" safida to'p tepishni orzu qilardi (aynan shu klubga Eysebioning butun oilasi muxlislik qilardi), ammo ko'rikda murabbiy unga ishonch bildirmagan. Tanlash uchun variant yo'q edi va onasining undovlari bilan o'smir yigit "Sporting"ga yo'l oladi.

"Men u erga borishni istamagandim. Do'stlarimdan hech biri istamasdi. Bu yuqori darajadagi klub, policiyachilar klubi bo'lib, u erda biz kabilarni yoqtirishmasdi, ular irqchi edi! Eysebioning onasi futbolni umuman tushunmasdi! Onam menga bu faqatgina bir yil davom etishini, biz faqatgina menga u erda qulay bo'ladimi yoki yo'q, bilish uchun ekanligini takidladi. Birinchi uchrashuvdayoq bizga "Desportivo" ro'baro keldi! Men uchta gol urdim va nishonlayotganimda yig'lab yuborgandim", — degan edi futbolchi.

Malum vaqt o'tibgina "Benfika" rahbariyati Eysebioga jiddiy qiziqish bildira boshladi. U paytda yosh futbolchining hali professional shartnomasi yo'q edi. U deyarli tekinga to'p tepardi va "Benfika" vakillari yaxshi shartlar bilan bitim olib kelganida Eysebio "burgutlar" foydasiga tanlov amalga oshirgan. "Sporting" yosh futbolchini olib qolish uchun qanchalik urinmasin, 1960 yil u baribir "Benfika" safiga borib qo'shiladi.

"Men hech qachon "Sporting"ni yaxshi ko'rmaganman. Men ularga kerak edim, biroq menga u qadar muhim bo'lmagan xarid sifatida qarashardi va muzokaralarda ham o'zlarini "yuqoriroq" tutishardi. Ular xuddi otam kabi oq tanli bo'lgan akam bilan gaplashganida muomala boshqacharoq, lekin onamdek qora tanli menga kelganida ularning gapirish ohangi butkul o'zgarardi", — degan edi Eysebio.

Ushbu transfer janjallarga sabab bo'lgan: hattoki, Eysebioni Mozambikdan "Sporting" to'sqinlik qilmasligi uchun boshqa ism bilan olib chiqib ketishga to'g'ri kelgan. "SHerlar" rahbariyati osongina taslim bo'lmadi, sababi ularning farm-klubi safida o'tgan to'rt yil davomida forvard 42 uchrashuvda 72ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq "Benfika" ham bo'sh kelmadi va "Sporting"ga tovon pulini to'lab, Eysebio bilan shartnomani rasmiylashtirdi. "Burgutlar" ustozi, afsona Bela Guttmann ilk bor Eysebioni "Benfika" mashg'ulotida ko'rganida yordamichisi Fernandu Kayaduga: "U tilla, bu yigit — tilla!" degan ekan. Keyingi 15 yilni Eysebio butun bolaligi davomida orzu qilgan klubi libosida o'tkazadi. 


"Benfika" bilan yuqori cho'qqilar

Eysebio Evropaning o'sha paytdagi eng kuchli klublaridan biriga o'tdi. Inqilobiy 4-2-4 taktikasida o'ynagan va yo'lidan chiqqan jamoani "yanchib tashlagan" afsonaviy "Benfika"ning asoschisi aynan Guttmann edi. Eysebio 1960/61 yilgi mavsumda "burgutlar" safida atigi 2ta o'yinda maydonga tushdi, ammo CHempionlar Kubogida ishtirok etish unga nasib qilmadi. "Benfika" o'zining ajoyib o'yinchisisiz ham ishni uddaladi. 5 yildan beri bosh sovrinni hech kimga bermayotgan "Real Madrid" ortda qoldirildi: "Barselona" yarim finalda "qaymoqranglilar"ni mag'lub etdi, biroq finalda "ko'k-anorranglilar" "Benfika" bilan uchrashishdi va g'alabani boy berishdi. "Benfika" esa tarixiy g'alabaga erishdi.

Guttmanning "orzular jamoasi" uchun Eysebio ideal qo'shimcha bo'ldi. Unda hammasi bor edi: forvard yuqori tezlikka ega va jismonan baquvvat edi.

"Benfika"da mening ajoyib ustozlarim bo'lgan, ammo Bela Guttmann ularning eng yaxshisi edi. U doimo menga ishongan va o'yinni yaxshi tushungan!"

Oradan bir necha yil o'tib, JCH-1966da Eysebio Portugaliya va Braziliya uchrashuvida yana Pele bilan maydonda duch keladi. Ana o'sha kuni jahon futbolining o'sha vaqtdagi ikki etakchisi do'stlashishadi.

Eysebio darhol "Benfika" etakchisiga aylandi va o'zining birinchi to'liq mavsumidayoq CHempionlar Kubogini saqlab qolishda yordam beradi – yorqin finalda "Real" 5:3 hisobida taslim etilgan. "Qora pantera" "qaymoqranglilar" darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo'ladi. Umumiy hisobda o'sha musobaqa u 5ta to'p muallifiga aylanadi. Keyinchalik Eysebio uch bor "Benfika"ni CHempionlar Kubogi finaliga olib chiqadi (qitaning eng nomdor musobaqasi to'purarligiga ham yana 3 marta erishadi), biroq har uch urinishda ham "burgutlar" mag'lub bo'lishadi.

Bu omadsizliklar klubdan Guttman ketganidan keyin ro'y beradi, u "Benfika" prezidenti bilan maosh borasida kelisha olmaydi. "Burgutlar" safini tark etayotib, Bela shunday degandi: "Benfika" keyingi yuz yilda mensiz Evropa chempionlari kubogini yuta olmaydi". Agar "Benfika" keyingi 50 yildan ko'proq vaqt ichida CHempionlar Kubogi/Ligasi va UEFA Kubogi/Evropa Ligasining 6 ta (!) finalida mag'lub bo'lmasa, bu jumlani hech kim eslab o'tirmasdi. Evropa chempionlari kubogi finalidan oldin 1990 yil Eysebio Guttman qabrini ziyorat qildi va lanatni "olib tashlashga" urinib ko'rdi, lekin , biroq foydasi bo'lmadi: jamoa u finalda ham imkoniyatni boy berdi.




Mahalliy musobaqalarda "Benfika"ni to'xtatib bo'lmasdi: 15 yil davomida, Eysebio shuncha vaqtni "burgutlar" safida o'tkazgan, ular 11 bor Portugaliya chempionatida va besh bor mamlakat kubogida zafar quchadilarForvardning bu yutuqlardagi ulushi ulkan edi: lissabonliklar safida u barcha musobaqalarni hisoblaganda 445 bor maydonga tushgan va 476 ta gol urishga erishgan. Etti bor Eysebio Portugaliya chempionati to'purariga aylangan. 1967/68-yilgi mavsumda 24 o'yinda 42 ta gol urishga muvaffaq bo'ladi. O'shanda Evropa mamlakatlari milliy chempionatlarining eng yaxshi to'purariga topshiriladigan "Oltin butsa"ga asos solinadi va Eysebio uning sohibiga aylanadi. Oradan 5 yil o'tib, 1973 yil portugaliyalik 40 ta goli bilan sovringa ikkinchi bor ega chiqadi.

O'yinga ulkan tasir o'tkaza olishidan tashqari Eysebio shuningdek chinakam etakchi va sheriklariga ishonch bag'ishlay oladigan sportchi edi.

Eysebioning muxlislar orasida, ayniqsa Afrika qitasida naqadar mashhurligini ortiqcha takrorlashga extiyoj yo'q – u Afrikadan "chiqqan" va jahon tan olgan birinchi futbolchi edi. "Qora pantera", "Mozambika marvaridi", "Qora marvarid" — jurnalistlar yangicha "laqablar" to'qishda bellashardilar.

33 yoshida Eysebio 15 yillik faoliyatini "Benfika"da yakunladi – 445 ta gol, 17 jamoaviy yutuqlar va 15 ta individual sovrin. "Qora pantera" "burgutlar" tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.


JCH-1966da Eysebio Peledanda yorqinroq harakat qildi, eng yaxshi to'purarga aylandi va raqibiga hurmat ko'rsatdi

Faoliyatining eng yorqin davrlaridan biri Eysebio uchun Portugaliya termasi safidagi 1966 yilgi jahon chempionati bo'ldi. U vaqtlarda Portugaliya u qadar jiddiy jamoa sifatida qaralmasdi: xalqaro miqyosda ularning hech nima bilan maqtana olishmasdi (1966 yil ular ilk bor JCHga yo'l olishdi) va shuning uchun Evropada ham katta natija kutishmasdi. Ammo "selesau"ning yashirin quroli – ajoyib sport formasidagi Eysebio bor edi. U klub darajasida butun Evropani qo'rqitardi.

Portugaliya guruhda Braziliya va Vengriya kabi jiddiy raqiblarga duch keldi va faqatgina Bolgariya nisbatan kuchsiz raqobatchi hichoblanardi. Vengriyaliklar taslim qilingan bellashuvda portugaliyaliklarning asosiy yulduzi gol urmadi, Bolgariyaga qarshi uchrashuvda Eysebio musobaqadagi birinchi golini urdi. Biroq oldinda jahon chempionlari - braziliyaliklar bilan hal qiluvchi jang kutardi. Aksiga olib, o'sha bahsda "selesao"ni faqatgina g'alaba qanoatlantirardi. Eysebioning dubli esa yakunda Portugaliya (3:1) g'alabasini va shu bilan birga guruhdan chiqishini ham taminladi. Portugaliyalik daho chinakamiga Peleni "engdi". Takidlash kerak, Pele o'yin davomida jarohat olgani sabab maydonni ertaroq tark etadi. Eysebio haqqoniy kurash tarafdoriligi sabab jamoadoshlaridan bir necha bor Pelega nisbatan chiroyli munosabatda bo'lishni so'raydi, biroq Pele baribir "ishdan chiqariladi".

Eysebio uchun yulduzlik onlari JCH chorakfinal bellashuvi bo'ldi. Portugaliya bir qarashda kamtargina SHimoliy Koreya termasiga qarshi edi. Ammo o'yin starti hammani shok holatga tushirib qo'ydi: 25-daqiqaga kelib, evropaliklar 0:3 hisobida ortda qolardi. Aynan shu lahzada hech qachon taslim bo'lmagan futbolchi etakchilik sifatlarini namoyon qildi: tanaffusgacha u dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, keyingi 45 daqiqada yana ikki bor to'pni raqib darvozasiga yo'lladi. Portugaliya 5:3 hisobida zafar quchdi va yarim finalda musobaqa mezboni inglizlar bilan ro'baro keldi. O'ta murosasiz kechgan bahs, epizodlarga bo'linib ketdi va bunday vaziyatda "selesau" o'zining quvnoq, hujumkor futbolini ko'rsatishi mushkul edi. Oqibatda 1:2 hisobidagi mag'lubiyat, Bobbi CHarlton dubliga Portugaliya Eysebioning penaltidan urilgan goli bilangina javob berdi.

Angliyaga JCH-1966 yarim finalida boy berilgan o'yinni unutish qiyin bo'lgan. Tan olib aytadigan bo'lsak, men hamon o'zimga kelolmadim… Ko'p bor o'sha o'yinni eslayman va har safar yuragim "otilib" ketay deydi.

Uchinchi o'rin uchun Portugaliya Sobiq Ittifoq terma jamoasi bilan kurashishiga to'g'ri keladi. Raqib afsonaviy Lev Yashin bilan guruhda birinchi o'rinni egallagan hamda ishonchli o'yin ko'rsatgandi. CHorak finalda vengrlarni taslim etgan bo'lsa, yarim finalda og'ir o'yinda GFRga imkoniyat boy bergandi. O'shanda Sobiq Ittifoq termasi azolari va Eysebio ishtirokida qiziq voqea ro'y beradi. Sababi SSSR termasi Angliyada KGBning o'ta kuchli nazorati ostida edi: futbolchilarga oteldan tashqariga chiqishga ruxsat berilmasdi, sababi u yoki bu sportchi Evropa klubiga o'tishni istab qolishidan xavotir mavjud edi.


Biroq sovet futbolchilari xavfsizlik tiziminining zaif nuqtasini topishga erishadilar va bu ishda ular Eysebioning "iqtidoriga" murojaat qiladilar. Portugaliyaliklar etakchisi o'ta muhim bellashuvdagi raqobat kutib turganiga qaramay, do'stona harakatni amalga oshiradi: u SSSR terma jamoasi qaysi mehmonxonaga joylashganini aniqlaydi va bar ishchilariga pul qoldirar, evaziga esa ular sovet futbolchilariga turli xil ichimliklar taqdim qilishardi.

Voroninning Eysebio bilan munosabatlari yaxshi edi va u mehmonxona xizmatchisiga Voronin hamda uning do'stalri mehmon bo'lib ketishlari uchun malum miqdorda pul qoldirib ketadi. Bazan biz bundan foydalanrdik, lekin vaqti va xaddimizni bilgan holatda albatta.

Bronza medallari uchun bahsda Portugaliya g'alaba qozonadi (2:1), birinchi golga Eysebio mualliflik qiladi. Umumiy hisobda to'qqizta gol urgan Eysebio musobaqa to'purariga va butun Portugaliya uchun chinakam kumirga aylandi.

Men to'p oldiga kelganimda, Yashin imo-ishora bilan qaysi tomonga tepasan deb so'radi? Unga ko'rsatdim: sening o'ng tomoningga! Axir u mening do'stim edi va uni aldashni istamasdim! SHu payt yonimga sardorimiz Koluna yugurib keldi: "Nimalar qilyapsan? Axir ub Yashin-ku, u to'pni qaytaradi!". Yo'q, dedim, ololmaydi. Aytgan burchagimga tepaman. SHunday ham qildim. Lev ham o'sha tomonga otildi, qo'llarining uchi bilan to'pga tegdi, ammo… Keyin uning oldiga yaqinlashdim va portugalchada: "Biz do'stmiz, lekin sen - darvozabonsan, men esa - hujumchi. Sening ishing - darvozani himoya qilish, meniki – gol urish. Bu ishni qilishim kerak edi". Nigohlaridan u barchasini tushungani sezilib turardi".

Eysebio va Yashin do'st edi. Ular Jahon terma jamoasining Angliya termasiga qarshi ingliz futbolining yuz yilligiga bag'ishlangan o'rtoqlik o'yinida tanishishgandi. Va bu do'stlik ularning hayoti oxirigacha davom etdi. Har ikkisi ham futbol tilini yaxshi tushungani uchun muntazam muloqotda bo'lishardi. Lev Ivanovich hayotdan ko'z yumganidan keyin ham Eysebio Moskvaga tashrif buyurib turar va do'stining qabrini ziyorat qilib, uning oilasidan xabar olardi.


"Oltin to'p" "qora pantera" qo'llarida

Faoliyatining katta qismida Eysebio o'ta yuqori darajani ushlab tura olgan, shuning uchun "Oltin to'p"ga 11 marotaba uning nomzodi ko'rsatilgan. Birinchi marta portugaliyalik CHempionlar Kubogi finalida 2ta gol urib, bosh sovrinni qo'lga kiritgach, 1962 yil, kuchli uchlikka kirishga erishadi. Ammo ovoz berish jarayonida Eysebio CHexoslovakiya termasi bilan JCH-1962 kumush medallariga ega chiqqan Yozef Masopustaga imkoniyatni boy beradi.



1965 yilda esa Evropaning eng nufuzli individual sovrini Eysebioga nasib qiladi: "Benfika" etakchisi jamoasiga yana bir bor CHempionlar Kubogi finaliga etib borishda katta yordam beradi va to'qqizta gol bilan musobaqa to'purariga aylanadi. Eysebio nafaqat maydondagi yorqin o'yini uchun "Oltin to'p"ga loyiq ko'rildi. Balki uning jentelmenlarcha harakatlari sabab bo'ldi. Axir, u hujumni taktik fol, tabiiyki, ochiqchasiga qo'pol bo'lmagan harakatlardan, keyin u hamkasbiga tabassum bilan "besh tashlashi" mumkin edi. "Qora pantera" xarakterini bilmoqchi bo'lsangiz, Evropa chempionlar kubogi-1968 finali, "Benfika" "Manchester Yunayted"ga qo'shimcha vaqtda boy bergan uchrashuvni (1:4) yodga olish kifoya. Hisob teng bo'lib turganida Eysebio "mankunianlar" darvozasi tomon bir qarashda qaytarib bo'lmas zarba yo'llaydi, biroq kiper Aleks Stepni ajoyib seyv bilan jamoasini qutqarib qoladi. O'yin davom etayotgan bir pallada, kiperning bu harakatini ko'rgan Eysebio to'xtab, Aleksga qarsak chaladi.

Eysebio qatorasiga ikkinchi "Oltin to'p"ni ham yutishi mumkin edi, chunki oradan bir yil o'tib u ettita goli bilan CHempionlar Kubogi, 25ta to'p bilan Portugaliya chempionati va 9ta gol bilan JCH-1966 to'purariga aylandi. Aynan o'sha yili "qora pantera" faoliyatining cho'qqisi bo'ldi, bu kabi o'yini bilan u kimsan Peleni "soyasida" qoldirib ketdi hamda butun yil davomida aqlbovar qilmas darajadagi o'yin ko'rsatdi. Ammo ovoz berish jarayonida u jahon chempioni Bobbi CHarltonga bir ochko (80:81) boy berdi.

Ko'pchilik meni afsona deb ataydi. Ammo men hech qachon o'zimni qolganlardan yaxshiroq deb bilmaganman. CHo'qqiga chiqish qiyin, lekin u erda uzoq vaqt qola olish — ancha qiyinroq.


Eysebio — Portugaliya tarixidagi eng yaxshi futbolchi-mi?!

"Benfika"dagi faoliyatini yakunlagach, Eysebio Janubiy va SHimoliy Amerika klublarida to'p tepdi, Portugaliya qaytib kamtar "Unian" jamoasi sharafini himoya qildi, ammo bu ko'proq afsonaning xayrlashuv safarlariga o'xshardi. Futbolchilik faoliyatini safida to'qqizta o'yin o'tkazgan Amerikaning "Nyu-Jersi" klubi safida yakunladi. Keyin Eysebio "Benfika"ning bolalar jamoalarida murabbiy bo'lib faoliyat olib bordi, klub boshqaruvida turli lavozimlarni egallab turdi va Portugaliya futboli elchisi sifatida turli tadbirlarda ishtirok etdi. U izdoshlari, portugaliyalik "Oltin to'p" sohiblari — Luish Figu va Krishtianu Ronalduga ham katta tasir o'tkaza oldi.

Luish Figu: "Eysebioning o'yinlarini o'zim tomosha qilmagan bo'lsamda, u men uchun Portugaliyaning eng yaxshi futbolchisi. U termamiz uchun o'ta muhim futbolchi edi, meni yaxshi ko'rardi va hech qachon maslahatini ayamasdi, doim to'g'ri yo'l ko'rsata olardi".

Krishtianu Ronaldu: "U menga ko'p narsani o'rgatgan ajoyib inson edi. U doim Portugaliya termasi bilan birga bo'lgan".


Eysebio figurasining dunyo va Portugaliya futboli uchun naqadar muhim ekanligini Joze Mourinyu chiroyli izohlagan: "U Portugaliyaning buyuk ijodkorlaridan biri edi. Nazarimda, u mangu yashaydi. Futbol uchun, bevosita Portugaliya futboli uchun u naqadar muhim shahsligini hammamiz yaxshi bilamiz. U nafaqat ruhlantiruvchi, balki faoliyatini yakunlagach ham futbol qadriyatlari va principlari uchun kurashgan kuchli bir inson edi.

Eysebio haqli ravishda Portugaliya futboli afsonasiga aylandi: Guttman qo'l ostidagi buyuk "Benfika"ning etakchisi edi, "burgutlar" imkoniyatlari bir muncha qisqargan, kamayganida ham u jamoani ortidan ergashtira olgan. Va albatta, JCH-1966dagi uchinchi o'rin Portugaliya futboli tarixidagi yorqin sahifalardan biri bo'lib qoladi: aynan o'shanda Portugaliya ilk bor xalqaro arenada o'z so'zini aytgan va ko'pchilik etiborini o'ziga qaratgandi. Bularning barchasi ayniqsa "qora pantera"ning yorqin o'yini mahsuli edi.

Eysebio ajoyib futbolchi va takrorlanmas inson edi. U juda samarali harakat qilardi, lekin futbol maydoni va uning tashqarisida doimo jentelmenligicha qolgan. Bombardir sportning bu turi go'zalliklarini harakatlari bilan ko'rsatib bera olgan.

Portugaliya futbolining birinchi qiroli 2014 yil 5 yanvar kuni Lissabon shahrida olamdan ko'z yumdi.

Portugaliyada uch kunlik milliy motam elon qilindi. Bu esa Eysebining mamlakat darajasida ham qanchalik muhim rol o'ynaganining yorqin isboti.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика