So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  17 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  11 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Mutolaa uchun. Dunyoning eng asosiy vunderkindlaridan biri aldovda gumon qilinmoqda. Uni otasi sotdi! Yangiliklar

Mutolaa uchun. Dunyoning eng asosiy vunderkindlaridan biri aldovda gumon qilinmoqda. Uni otasi sotdi!

Iqtidorli hujumchi Mukokoning faoliyati xavf ostida.

"Borussiya" (Dortmund)ning 18 yoshli hujumchisi Yussufa Mukoko jahon futbolining bosh iqtidorlaridan biridir. Yosh forvard haqidagi gaplar 2017 yilda 12 yoshiga kirganida Dortmund klubining 17 yoshgacha bo'lgan jamoasi safida "SHalke"ga qarshi dubl qayd etganidan beri davom etmoqda. Mukoko o'smirlar darajasida aqlbovarqilmas statistikani qayd etdi va "Borussiya"ning asosiy jamoasiga ancha tez o'tdi. Yussufa "arilar" safida 2020 yilda debyut qildi, hozirda uning hisobida 44ta o'yin va 11ta gol bor. Yigitchani hatto jahon futbolining asosiy vunderkindi deb atashgani ham ajablanarli emas.

Mukokoning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. "Borussiya" oldinroq o'yinchining jamoadan ketishini tasdiqladi. Hujumchi uchun bosh davogarlar orasida "Nyukasl", "CHelsi" va "Barselona" klublari aytilmoqda. Ammo, vaziyatga futbolga aloqador bo'lmagan faktor ham aralashishi mumkin. Avstriyaning Laola1 nashri Mukokoning haqiqiy yoshi 22da ekanligi bo'yicha malumotni elon qildi. Yussufa Kamerun poytaxti Yaundeda tug'ilgan, 2014 yilda esa Germaniyaga kelgan va "Sankt-Pauli" akademiyasiga kirgan. Mukoko va uning vakillari o'yinchining haqiqiy yoshini yashirgan holda, soxta hujjatlar tayyorlay olishgan. 2022 yilda Yussufa Moxamed nomi bilan 2000 yilga tegishli bo'lgan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topildi. Takidlanishicha, o'yinchining otasi guvohnomani Avstriya OAViga yuborgan!



Ota-onaning bunday zarba berishiga nima undagan bo'lishi mumkin? Germaniyaning Bild nashri Yussufa ota-onasi bilan jiddiy janjallashgani va ular bilan gaplashmayotganini aniqladi. Mukokoning oilasi bilan kelishmovchiligi sababi shundaki, ular faqatgina yosh o'yinchining puliga yashashgan, futbolchi esa ularni ochko'zlikda ayblagan. O'tgan yilning noyabrida forvardning ota-onasida muammo paydo bo'lgan: ular Gamburgdagi uy uchun 1 million evrodan oshiqroq pul to'lashlari kerak edi, yo'qsa ularni uydan chiqarib yuborishardi. Mukoko bu pulni to'lay olardi, ammo u ota-onasi bilan ikki yildan oshiq vaqtdan beri gaplashmaydi. Otaning o'g'lini matbuotga "berib", o'ziga xos tarzda qasos olganini istisno etib bo'lmaydi.

Nemis futbol ittifoqi (DFB) 2017 yilda o'yinchining tug'ilgan sanasi 2004 yilning 20 noyabri ko'rsatilgan hujjat soxta ekanligini rad etdi. Endilikda Mukokoning kattaroq yoshdagi jamoalar safida o'ynashi fonida shubhalar yana paydo bo'lishi mumkin.



"DFB Dortmundning "Borussiya" klubi bilan muzokaralar olib bordi. Faktlarni sinchiklab ko'rib chiqish haqidagi so'rovingizga binoan, "Borussiya"dagi masul shaxslar qog'ozlar va hujjatlarning haqiqiyligini etirof etadi. Mukokoning yoshi to'g'riligiga hech qanday shubha yo'q. DFB bu masala bo'yicha o'yinchining klubdan malumotlariga tayanadi", — deb javob berdi futbol ittifoqi matbuot xizmati Bild'ning so'roviga.

2017 yilda "Borussiya" U23ning murabbiyi Timo Proys Yussufaning haqiqiy yoshi 12da ekanligiga shubha qilgan edi. "Mukokoning yoshini faqatgina taxmin qilish mumkin. Balki bir yoki ikki yoshga kattadir. Ammo, u aniq 12da emas. Uni ayblashga hojat yo'q, bola aldamaydi yoki shunga o'xshash narsa", — dedi menejer.



"Mukoko 12 yoshda. Bu fakt, bunda hech qanday shubha yo'q. U U17 jamoasida o'ynaydi, sababi bu unga sport nuqtai nazarida mos keladi" (Lars Riken — "Borussiya" yoshlar jamoasi koordinatori, 2017 yil).

Vaziyatni Mukokoning vatanida Kamerun yoshlar terma jamoasi bilan bog'liq mojarolar ham yanada yondirmoqda. Yanvar oyi boshida Kamerun yoshlar terma jamoasining 20dan ortiq o'yinchilari yoshni aniqlash uchun zarur bo'lgan MRT-testlardan o'ta olmagani malum bo'ldi. Ularning barchasi tezda tarkibdan olindi. Terma jamoa murabbiyi Jan-Per Fiala tezda yangi o'yinchilarni topdi. Ammo, Fialani juda ham hayratlantirgan narsa shu bo'ldiki, yangi 11 futbolchi ham o'z yoshidan katta edi. Voqeani Kamerun futbol federaciyasi prezidenti Samuel Eto'O izohladi: "Biz Kamerun futbolining obro'siga putur etkazayotgan terma jamoadagi barcha yosh manipulyacilariga chek qo'yishimiz kerak".



Mukokoning taqdiri qanday kechishi qiziq. "Nyukasl" va "CHelsi" "Borussiya" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadigan futbolchini taklif qilish kerakligiga shubha qilmoqda. Agar shubhalar rost bo'lib chiqsa, biz yosh bilan bog'liq eng katta firibgarliklardan biriga guvoh bo'lishimiz mumkin.


Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика