So’nggi yangiliklar

13:32"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Санжарбек Алимуҳамедов  0 13:28Чеферин 2027 йилдан кейин ҳам УЕФА раҳбари бўлиб қолиши мумкин  0 12:55Ёзги трансфер-2024. Суперлига клубларидаги барча ўзгаришлар битта саҳифада. Кимда қандай вазият?  6 12:54"Насаф" "Спартак"ка ютқазди, ўзбекистонлик мухлислар эса Москвада ҳам "ёрворишди"   4 12:29Жоау Феликс фаолиятини "Арсенал"да давом эттириши мумкин  1 12:07Ҳожимат Эркинов оилавий масалалар сабаб Олимпия терма жамоамиз таркибига киритилмаганми?  35 11:31«Ал Насср» Эдерсон трансферидан воз кечиши мумкин  0 11:15Ўртоқлик учрашуви. "Спартак" - "Насаф" 3:0, "Насаф" Россиянинг 10 карра чемпионига имкониятни бой берди  10 11:04Эшитдик-да! Сергей Лушчан "Навбаҳор" бош мураббийи  28 10:46«Барселона» РПЛ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  6 10:22«Немис машинаси» афсонаси терма жамоадаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди  3 09:58Яна бир машҳур форвард фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 09:34Инглизлардан ҳеч ким йўқ. Европа чемпионатининг рамзий термаси маълум  8 09:09Расман: «Барселона» етакчиси операция қилинади. У йил сўнггида сафга қайтиши мумкин  7 08:44Испания термаси сардори фаолиятини «Милан»да давом эттиради — Фабрицио Романо  4

Mutaxassislarga bu yilgi mavsum yoqmadimi? Yangiliklar

Mutaxassislarga bu yilgi mavsum yoqmadimi?

Bu yilgi mavsum nihoyasiga etdi hamki, muxlisu, mutaxassislar undagi bo'lib o'tgan o'yinlar va esda qolarli vaziyatlarni muhokama qilib tahlil qilishda davom etmoqdalar.
Oldindan kutilganidek kuchli uchlikdan “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalari joy oldilar. Faqatgina “Paxtakor”ning sovrinsiz qolgani biroz ajablanarli tuyuldi. Bu holat shuni bildiradiki, chempionatimizda asta-sekin medallar uchun kurasha oladigan klublar ko'paymoqda. SHu sababli bu yil “Paxtakor” sovrinsiz qolib ketdi. SHuningdek, mazkur mavsumda o'zini ko'rsatgan futbolchilar ham bo'ldi. Bu borada bir qator yoshlar ham tirishqoqligi bilan ajralib turdilar. Umuman olganda, ayrim murabbiylar bilan bog'lanib ularning yakuniga etgan mavsum xususidagi fikrlari bilan qiziqish maqsadida uchtadan savol bilan murojaat qildik.

1.   Qaysi jamoaning ko'rsatgan o'yini sizga yoqdi?
2.   Mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb kimni ayta olasiz?
3.   Yil kashfiyoti nomiga kim munosib?
 
Islom Ahmedov
1.   Men ushbu chempionatni tezroq unutishga harakat qilyapman. CHunki bu yilgi mavsum saviyasi unchalik yuqori bo'lmadi. Bundan o'zimizga tegishli xulosalarni chiqarishimiz lozim. Ochig'i, chempionatimiz saviyasi pasaydi, buni hamma biladi, bu fakt. Ushbu chempionatda ko'p o'yinlarimizni ko'rdim, ammo zamonaviy futbolga to'g'ri kelmaydi. Bu yil xalqaro maydonda jamoalarimiz nimaga erishishdi? Hech nimaga! CHunki chempionatimiz saviyasi past. Murbbiyga ishlash uchun sharoit berish va undan ishni talab qilish kerak. Natija esa albatta o'zini ko'rsatadi. Qachonki, ichki chempionatimiz rivojlansa shundagina stadionlarimizga ko'plab muxlislar kelishadi.
2.   Eng yaxshi o'yinchi? Keling, bu savolga javob bermay qo'ya qolay.
3.   Yoshlarimizdan yaxshi taassurot qoldirgan Igor Sergeevni aytishim mumkin. Lekin uni maqtab yuborish yaxshi emas. CHunki Igor hali juda yosh. Bundan tashqari Jamshid Iskanderov ham o'zidan iliq taassurot qoldira oldi. Ammo ular o'z ustida ko'p ishlashlari lozim.

Muxtor Qurbonov:
1.   “Olmaliq” jamoasining o'yini ko'proq yoqdi. Igor SHkvirinni bilamiz, u anchadan beri yoshlar bilan ishlab kelyapti. Garchi mavsumni bir tekisda o'tkaza olishmagan bo'lsa ham “Bunyodkor”, “Paxtakor” singari jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ajoyib o'yin ko'rsatib g'alaba qozonishdi. O'sha uchrashuvlarda ular chiroyli mazmunli o'yin ko'rsatishdi. SHu bois “Olmaliq” menda iliq taassurot uyg'otdi.
2.   Menimcha Artur Gevorkyan, hamma u haqida gapiryapti. Men ham uning o'yinlarini, statistikalarini ko'rdim. Rostdan ham u yaxshi o'ynadi, gollar urdi va jamoasining gollarida u eng ko'p qatnashgan futbolchi bo'ldi.
3.   “Paxtakor”dan Jamshid Iskanderovni aytgan bo'lardim. U tengqurlari orasida ko'zga ko'rindi. SHuningdek, Igor Sergeevni ham unutmaslik kerak.

Tohir Kapadze:

1.   Rostini aytsam, hech bir jamoamiz barqaror o'yin ko'rsata olmadi. “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Paxtakor” kabi etakchi jamoalarimiz 3-4ta o'yinda yaxshi o'ynashdi, boshqa uchrashuvlarda esa o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Ularning orasida “Nasaf” ham garchi bir tekisda namoyish bo'lmagan bo'lsa ham ularning o'yini yoqdi. Ayniqsa, “Bunyodkor” bilan bellashuvda ajoyib o'ynadilar. “Paxtakor” esa “Lokomotiv” bilan uchrashuvda o'z o'yinini ko'rsatdi. Biroq butun mavsumni zo'r o'tdi deya olmayman.
2.   Gevorkyan to'g'risida ko'p fikrlar bildirilmoqda. Men ham o'shalarga qo'shilgan bo'lardim. Uning “Nasaf” uchun qilgan mehnati katta bo'ldi, g'alabalariga ham munosib hissasini qo'shdi.
3.   Jamshid Iskanderov. U jahon chempionatida o'zini ko'rsatdi. Milliy terma jamoada ham kashfiyot bo'ldi. Igor Sergeev ham yomon taassurot qoldirgani yo'q. Men uchun ikkala o'yinchi kashfiyot bo'ldi deb hisoblagan bo'lardim.

Bahrom Hakimov
1.   Jamoalar barcha o'yinlarni bir xil o'tkaza olmadilar. Lekin 5-6ta klublarning o'yinlari chakki emas. SHunga qaramasdan bitta jamoani alohida ayta olmayman. Afsuski, barcha uchrashuvlarni kuzata olmadim.
2.   Eng yaxshi futbolchi nomi milliy terma jamoamizdan aniqlanishi kerak, to'g'rimi? Kimdir Artur Gevorkyan, kimdir Aleksandr Pishurni aytyapti. Nima, o'zimizdan ham munosib o'yinchi yo'qmi? SHaxsiy fikrimni aytsam, Server Jeparovni terma jamoa yuragi deb hisoblayman. Aynan uning o'yinlari menga yoqdi. Agarda chempionatimizning eng yaxshi o'yinchisi haqida gap ketganida Pishurni aytaman. CHunki u hammadan ko'p gol urdi va “Bunyodkor” bilan chempionlikka, Kubokka erishdi. Bu borada uning mehnati katta bo'ldi. Bundan tashqari Javlon Ibrohimovning ham o'yini yoqdi. Garchi maydondagi ishi unchalik ko'zga tashlanmasada, ammo katta hajmdagi ishlarni bajardi. Har bir o'yinda murabbiylarining ishonchini qozondi.
3.   “Paxtakor” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov kashfiyot bo'ldi. Bu yoshda uning o'yini ajoyib ko'rinish oldi.

Dilshod Nuraliev
1.   Qaysidir o'yinlarda “Bunyodkor”, yana qaysidir o'yinlarda “Paxtakor” yaxshi o'yin ko'rsatdi. Menga O'zbekiston Kubogi yarim finalining javob uchrashuvidagi “Lokomotiv” – “Bunyodkor” bellashuvi juda yoqdi. Ushbu uchrashuvni o'zim ham kuzatib borgandim. Lekin biror bir jamoani mavsum davomida yaxshi o'ynadi deb ajrata olmayman.
2.   Menimcha Odil Ahmedov. U terma jamoa va Anji”da o'z o'yinini namoyish qildi deb o'ylayman.
3.   “Bunyodkor” yarim himoyachisi Sardor Rashidov kashfiyot bo'ldi. U o'z klubida istedodini namoyish qilgach terma jamoaga ham taklif qilishdi va o'zini yo'qotib qo'ymadi. Bundan tashqari Jamshid Iskanderovni ham unutmagan bo'lardim.

Murod Ismoilov
1.   To'g'risini aytsam, o'zimizning ikkinchi davrada ko'rsatgan o'yinlarimiz manzur bo'ldi. Tabiiyki, chempion bo'lgan “Bunyodkor” jamoasining ko'rsatgan o'yinlari ham etirofga loyiq. “Nasaf” ham bu yil yomon taassurot qoldirmadi.
2.   Vitaliy Denisov. Bu futbolchi terma jamoamiz hamda “Lokomotiv”da o'z o'rniga ega. SHu sababli bor kuchini ishga solib to'p surdi.
3.   Tabiiyki Jamshid Iskanderov. Bu yilgi mavsumda u “otilib” chiqdi. SHu bilan birga “Bunyodkor” azosi Sardor Rashidov ham kashfiyot bo'lishga munosib. Lekin Iskanderov jahon chempionatida ham o'zini ko'rsatdi.

FIRDAVSXON  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика