So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  20 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Mutaxassis fikri. Ulug'bek Mirzaev: "Ispaniya Xorvatiyaga nisbatan jismonan tetik, yuqori tezlikda harakat qildi" Yangiliklar

Mutaxassis fikri. Ulug'bek Mirzaev: "Ispaniya Xorvatiyaga nisbatan jismonan tetik, yuqori tezlikda harakat qildi"

O'tgan turnirlarda o'ziga hos kashfiyot maqomda bo'lgan Xorvatiya terma jamoasidan bu musobaqada ham ko'p narsa kutishayotgani haqiqat.

Zlatko Dalich boshchiligidagi xorvatiyaliklar kecha musobaqadagi ishtirokini boshladi va ilk turda Ispaniyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Bu qaysidir manoda o'ziga hos kutilmagan natijadek qabul qilindi. Mazkur uchrashuv yuzasidan sifatida Xorvatiya futboli bilan tanish bo'lgan taniqli mutaxassis Ulug'bek Mirzaevga yuzlandik va fikrlarini tingladik.

- Avvalo, yirik hisobda g'alabaga erishgan Ispaniyaga to'xtalib o'tsam. Ispaniya Xorvatiyaga nisbatan jismonan tetik, yuqori tezlikda harakat qildi. Bu narsa birinchi bo'limda yaqqol sezildi, yani Xorvatiyaga to'pni qabul qilishiga imkon bermadi. Pressing kuchli bo'ldi. Futbolchilar engil harakat qilishdi. Mavsum yakuni, charchoq alomatlari bo'lmadi. SHu omillir evaziga birinchi bo'limda 3 ta gol urib o'yin taqdirini hal qildi deya olaman. De la Fuente juda to'g'ri tarkib tanlagan. Maydonda yuguradigan, pressing qiladigan tarkibga ega bo'lgani uchun ham xorvatiyaliklarni oson taslim qildi.




- Xorvatiya raqibga qaraganda og'irroq ko'rindi. Uchrashuv davomida Xorvatiya darvoza tomon 16 ta, Ispaniya 11 ta zarba yo'llagan. SHunga qaramay Ispaniya 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Xorvatiyaga aniqlik etishmadi, darvozaga to'g'ri zarba berishda ko'p xatoliklar yuz berdi. Penalti bo'ladigan vaziyatni ko'rsak, uni ham golga aylantira olishmadi. Bu erda aytib o'tib ketish kerak, nima uchun penalti bekor qilindi? Bildikki, darvozabon Unai Simon to'pni qaytarganda Perishich jarima maydoniga penalti bajarilishidan oldin kirib ketgani malum bo'ldi. Yakunda hakamlar erkin zarba belgiladi. Lekin bu erda darvozabon ham zarbagacha joyidan chiqib ketdi degan fikrlar ham yangradi. Keyinchalik hakamlar qarori tushintirib berildi. Zarbagacha Unai Simon chiqib ketmagan. Xorvatiyada o'yinga qaytish uchun imkon bor edi. Lekin bu vaziyatdan so'ng ular ham qo'llarini tushirishdi shekilli qolgan daqiqalarda aytarli xavfli vaziyat yaratmadi. Evro-2024da birinchi va ikkinchi o'yin yakunlari bo'yicha raqibiga gol urmagan faqat Xorvatiya bo'ldi. O'ylaymanki, ularda hali hammasi oldinda. Albaniya ustidan g'alaba qozonsa kerak deb o'ylayman, Italiya bilan kurashishadi. Bejizga so'nggi turnirlarda katta o'rinlarni olmayotganini isbotlashadi deb o'ylayman. 2022 yil Qatardagi Jahon chempionatini durang bilan boshlashganida ko'pchilik xayron qolgandi. Yakunda ular bronza medallariga ega chiqqandi.

- Ispaniya raqibga to'p tushishi bilan shunday harakat qilishdiki, birinchi bo'limning o'zida to'pni Xorvatiyaning maydonida olib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi. Xorvatiya futbolchilari boshni ko'tarib kimga to'pni oshirishda qaror qabul qilgunga qadar Ispaniya kelib yo'lini yopib, to'pni olib qo'yishdi. Bu ham Xorvatiyaning rejalarini yo'qqa chiqardi", - dedi Mirzaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика