So’nggi yangiliklar

00:11Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  0 00:01"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  2 23:54Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  4 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  0 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  6 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Mutaxassis fikri. Transfer taqiqi qo'yilgan klublar qanday futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza oladi? Yangiliklar

Mutaxassis fikri. Transfer taqiqi qo'yilgan klublar qanday futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza oladi?

Qishki transfer oynasi vaqtida barcha klublar o'z saflarini legioner va mahalliy futbolchilar hisobiga kuchaytirishmoqda.

Yangi mavsum oldidan ushbu jarayonni tabiiy holat sifatida qabul qilamiz. Lekin, ayrim klublarning ("Surxon", "Andijon", "Qo'qon-1912") oldiga transfer taqiqi qo'yilganligi bois yangi qo'shib olingan futbolchilarni O'zPFL ro'yxatidan o'tkaza olmaydi. Savol tug'iladi. Agarda klublar oldida shunday to'siq mavjud bo'lsa ular qanday futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin? Nega jamoalar xorijlik murabbiy va futbolchilar bilan ko'p bor muammolarga duch kelishadi? SHu va boshqa bir qator savollar bilan xalqaro futbol huquqi va FIFA reglamenti bo'yicha etarli bilimga ega mutaxassis Ulug'bek Mirzaevga yuzlandik.

-  So'nggi yillarda klublarimiz va legionerlar bilan bog'liq mojarolar ko'p kuzatilmoqda. Mutaxassis sifatida ushbu masalalarga fikringizni bildirsangiz. Bilamiz o'z vaqtida "Bunyodkor"da shunga o'xshash muammolarni echimini topishida katta hissa qo'shgansiz...

- Avvalambor mazkur masalada men bilan intervyu qilishga qaror qilganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, yuqoridagi savollarga beriladigan quyidagi javoblar ko'plab futbol klublarimizga xizmat qiladi. Birinchi navbatda klublar legioner murabbiylarni va futbolchilar bilan shartnoma tuzishdan avval shu ishning mutaxassislariga murojaat qilishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.  Biz yordamimizni bunga qadar hech kimdan ayamaganmiz va bundan keyin ham ko'mak berishga tayyormiz. Klublar shartnomalarni imzolashadida muammo kelib chiqqandan keyin mutaxassisga yuzlanishadi. O'zimga ham bu borada murojaatlar qilishgan. Masalan "Surxon" jamoasida Bubanya bilan bog'liq muammoga yordam berdim. O'shanda klublarga FIFA bilan yozishmalar boshlanishidan avval, shartnomalar muammolar boshlanishidan oldin harakat qilishimiz lozimligini takidladim. O'ylaymanki, o'tgan davrdagi muammolardan klublar to'g'ri xulosa chiqardi, o'ziga xos saboq olishdi. Ana shunday mojarolar boshlanishini oldini olishni o'ylashimiz kerak.

- Hozirda Superliganing ayrim jamoalariga malum bir sabablarga ko'ra transfer taqiqi qo'yilgan. Lekin shunga qaramasdan ular o'z saflariga futbolchilarni qo'shib olishda davom etishmoqda. Agarda taqiq davom etadigan bo'lsa ular qaysi futbolchilar bilan o'ynashlari mumkin?

- FIFA tomonidan transfer taqiqini olgan jamoalar o'z tarkiblariga hech qanday yangi futbolchilarni jalb qila olmaydilar. Ular yangi mavsumdagi quyidagi futbolchilar bilan chempionat bahslarida ishtirok etishlari mumkin.

SHu klub bilan amalda shartnomasi bor futbolchilar yoki o'tgan mavsumda klubda o'ynagan futbolchi bilan yil oxirida shartnoma muddati yakunlangan, lekin klub u futbolchi bilan shartnomani uzaytirsa o'ynata oladi. Klubning biror futbolchisi boshqa jamoaga ijaraga berilgan va u bilan shartnoma bo'lsa, uni ortga qaytargan holda 2021 yil uchun ro'yxatdan o'tkaza oladi. SHuningdek futbol akademiyasida va maktabida tarbiyalanayotgan yosh futbolchilar bilan tarkibni boyitish mumkin. FIFA taqiqini olgan klub o'tgan yilni boshqa jamoada o'tkazgan futbolchini jalb qila olmaydi. Faqatgina yuqorida aytganimdek ijaradagi futbolchisini qaytarib o'ynatadi, qaysi klubdan ekanligini ahamiyati yo'q, xoh u xorij jamoasi yoki o'zbek klublaridan biri. Klublarning taqiqni olish uchun harakatni hozirdan boshlashi eng to'g'ri yo'l deb bilaman.

- Ish faoliyatingiz davomida ham bunday holatlar uchragan, shulardan biror misol ayta olasizmi?

- "Bunyodkor" jamoasi misolida aytadigan bo'lsak, bu klubda juda ko'plab iqtidorlar tarbiyalanadi. Keyinchalik ular boshqa klublarga o'tishadi. SHunda biz futbolchilarimiz ketgan jamoalardan etishtirganimiz, tarbiyalaganimiz uchun kompensaciya olishga qiynalamiz. Hozirda O'zPFL taqdim qilgan  “Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha” reglamentda kompensaciya puli qanchaligi, qachon va qanday muddatda olinishi kerakligi haqida ham band kiritilgan. SHu orqali futbolchi tarbiyalayotgan klublarning manfaatlari himoya qilinmoqda. Misol uchun 2019 yilda "Bunyodkor"dan ikki futbolchini "Andijon"ga ijaraga berganmiz. "Andijon" jamoasi Javohir Qilichev va Doniyor Abdumannopovlar uchun 20 milliondan 40 million so'm pul to'lashi kerak edi. Lekin haligacha bu mablag' "Bunyodkor" jamoasi hisob raqamiga kelib tushmagan. Mazkur reglamentda shu jihatlarga ham etibor qaratib o'tiladi.

- Gohida legionerga aylangan futbolchilarimiz bilan ham shunday holat yuz beradi. Bilsangiz kerak, Alibobo Rahmatullaev bir paytlar "Revan" klubi bilan shartnoma imzolagan. Lekin klub futbolchilar oldidagi majburiyatlarini bajarmagan...

- Ushbu masalaga to'xtalib o'tsam, bu erda ko'p narsa futbolchilarning klub bilan qanday muzokara olib borganiga ham  bog'liq. Butun dunyoda futbolchilar agentiga yoki yuridik tomondan maslahat beradigan vakiliga ega bo'lishadi. Ushbu masalani puxta o'ylab, klubdan kerakli taklifnomalarni olib, o'sha davlatga boradigan vizalarni rasmiylashtirib, bundan tashqari futbolchining kelib-ketish aviachiptalarini, mehmonxonada yashash kabilarni klub o'z bo'yniga olgani taklif yuborilganda kafolat xatida yozilgan bo'lishi kerak. Odatda futbolchilar maydonda, mashg'ulotlar bilan bandligi sabab bu narsalarga kam vaqt ajratadi. SHuning uchun yuridik tomondan to'g'ri maslahat beradigan agenti bo'lgani yaxshi. Xorijga ketayotgan futbolchilarga barcha masalalarni ijtimoiy tarmoqda tanishib qolgan insonlarga ishonib qolmasliklarini  tavsiya qilaman. Aksariyat futbolchilar turli ijtimoiy tarmoqlardagi agentlarga ishonib qolishmoqda. Natijada muammolarga duch kelishyapti. 

Siz yuqorida bitta futbolchini keltirdingiz, aslida bunday holatlar ularning ko'pida kuzatiladi. O'z vaqtida Mo'ydin Mamazulunov Eron klubiga o'tgan, Yaroslav Krushelnickiy ham fors jamoalaridan biriga yo'l olgan. Bunda klub nomidan gaplashgan odamlar boshqa vada bergan, futbolchilar manzilga etib borganda esa umuman boshqacha maosh va sharoitlar taklif qilingan. Ranjigan o'yinchilar ortga qaytishga majbur bo'lishgan. Legionerga aylanayotgan futbolchilarga ehtiyotkorlik bilan muzokaralar olib borish taklifini bildiraman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика