So’nggi yangiliklar

02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  16 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  2 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  18 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  22

Mustafo Bayramov: "Hokim kubogi" mavsumoldi tayyorgarlik uchun yaxshi turnir" Yangiliklar

Mustafo Bayramov: "Hokim kubogi" mavsumoldi tayyorgarlik uchun yaxshi turnir"

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Farg'onada "Hokim kubogi-2023" xalqaro futbol musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Saytimiz muxbiri bugun bo'lib o'tgan "Navbahor" U-21 - “Turon" U-21 (2:1) uchrashuvidan so'ng namanganliklar texnik direktori Mustafo Bayramovning fikrlari bilan qiziqdi.

"Hokim kubogi" musobaqasida turli yoshdagi jamoalarimiz muntazam ishtirok etib kelishadi. Bu musobaqa mavsumoldi tayyorgarlik vazifasini o'tab beruvchi yaxshi turnir. "Hokim kubogi" musobaqasiga Alisher Mahmudov bosh murabbiyligidagi "Navbahor" U-21 jamoamiz ishtirok etmoqda.

Yoshlar jamoalarimiz oldidagi vazifa klubimizning asosiy tarkib jamoasi uchun munosib futbolchilarni etkazib berishdan iborat. Aytib o'tganimdek, U-21 jamoamizda Alisher Mahmudov bosh murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. U-19 jamoamizda tajribali mutaxassis Usmon Asqaraliev ishlab kelmoqda. SHuningdek, Azam Rejabaliev ham yoshlar jamoamizda faoliyat olib boradi.

"Navbahor" qaysi musobaqada ishtirok etmasin, har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. Bu klubda 17 yil o'ynaganman, mana kuni kelib texnik direktor vazifasida ishlab kelayapman. Biz barchamiz "Navbahor"da ekanimizdan, shu jamoada mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz" - deydi Mustafo Bayramov.

Malumot uchun, 17 yil "Navbahor"da o'ynagan Mustafo Bayramov jami 7 yil davomida jamoa sardori bo'lgan. SHu yillar mobaynida jami 600 ta o'yinda maydonga tushgan.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика