So’nggi yangiliklar

08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  3 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  9 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  9 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1

Murodjon Ismoilov: “Serblar talablarimizga javob bera olishmadi” Yangiliklar

Murodjon Ismoilov: “Serblar talablarimizga javob bera olishmadi”

“Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Murod Ismoilov bilan Toshkentdagi yig'in, jamoa safidagi yangi futbolchilar va klubning keyingi rejalari haqida suhbatlashdik.
- Murodjon Muzaffarovich, Toshkentdagi yig'indan ko'nglingiz to'ldimi?

- Poytaxtda yig'in o'tkazishimizdan maqsad futbolchilarning imkoniyatlarini chamalab olish edi. Bilasiz, “Neftchi”ga bir nechta yangi futbolchilar kelishdi. Ularning holatini ko'zdan kechirishimiz kerak edi. Aytishim joizki, rejamizni 100 foizga amalga oshira olmadik. Negaki, bir nechta futbolchilarimiz turli sabablarga ko'ra davolanishlariga to'g'ri keldi. Masalan, Devid Oniya, Ro'zimboy Ahmedov, Aziz Alijonov, Umid Qodirov, Saydullo Rahmatov, Iqbol Boboxonov kabi futbolchilar xizmatidan foydalana olmadik.

SHunday bo'lsa-da, qo'l ostimdagi futbolchilarning nimalarga qodir ekanligi haqida tasavvurga ega bo'ldim.

- Jamoa nazorat uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchragani muxlislarni xavotirga solib qo'ydi?

- Nazorat o'yinlarida natija muhim emasdi. Eng asosiysi, barchaga o'ynash imkoniyatini berdik. Xususan, yosh futbolchilarni ko'zdan kechirdik. Yuqorida aytganimdek, kimga ishonch bildirish mumkinligi oydinlashdi.

- Aleksey Evstafeev murabbiylar shtabiga qo'shildimi?

- Osiyo chempionatidan keyin u “Neftchi”da ishlay boshladi. Lekin hali rasman klub bilan shartnoma imzolagani yo'q. Yaqin kunlarda barchasi rasman tasdiqlanadi, degan umiddamiz (Suhbat 29 yanvar kuni ushyutirilgan).

- Toshkentdagi yig'inda jamoa safiga Serbiya va Bosniyadan ikki nafar futbolchi kelib qo'shilgandi ularning taqdiri nima bo'ldi?

-  Bu futbolchilar bizning talablarimizga javob bera olishmadi. Ularning agentlari tayyor bo'lmagan futbolchilarni qanday qilib sinovga jo'natganiga hayronman. SHuning uchun serbiyalik futbolchilardan ko'ra, o'zimizning mahalliy o'yinchilarga ishonch bildirishga qaror qildik.

- Ukrainalik Andrey Derkach jamoada qoladimi?

- Yo'q. Unga ham javob berib yubordik.

- Aleksandru Onikachi?

- Moldavalik futbolchi bilan shartnoma imzolaymiz. SHuningdek, Zohid Abdullaevni ham “Neftchi”da olib qolishga harakat qilamiz.

- Jamoadan ketgan futbolchilar borasida nima deya olasiz?

- Futbolda tartib-intizom birinchi o'rinda turadi. Muhit buzilgan joyda natijaga erishib bo'lmaydi. SHuningdek, bosh murabbiy qo'li ostidagi futbolchilarga ko'rsatma berishga haqli va u biroz qattiqqo'l bo'lishi ham lozim. Aks holda jamoadagi intizom izidan chiqib ketadi. Sanjar Asqaraliev bilan bo'lib o'tgan hodisaga batafsil to'xtalib o'tmoqchi emasman.

Tan olish lozim, bugungi kunda Farrux Turdalievning holati Sardor Qobuljonov yoki G'ayrat Hasanovdan yuqori emas. SHuning uchun bu darvozabon zaxirada o'tirganidan ko'ra, o'zini boshqa jamoada sinab ko'rgani yaxshi deb o'ylayman.

- Bu futbolchilar o'rniga yangi futbolchilar keladimi?

-  Albatta. Asli frg'onalik bo'lgan “Paxtakor” vakili Abdulloh Olimovni ijaraga olishni rejalashtirganmiz. SHuningdek, Farg'onadagi mashg'ulotlarga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bizga yana bitta markaziy himoyachi kerak.

Darvozabon masalasiga kelsak, uchinchi posbon sifatida o'rinbosarlar safidan birorta yosh darvozabonni olishimiz mumkin.

- Ayrim nashrlar Mirzakamol Kamolovning “Neftchi”dan ketishi borasida yozishmoqda. Bu xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?

- Mirzakamolning imkoniyatlarini ko'rdim. Futbolchining o'ziga boshqa variantlar bo'lsa, bemalol o'zini sinab ko'rishi mumkinligini aytdim. Lekin u hozircha “Neftchi”dan ketgani yo'q.

- Jamoaning keyingi rejalari qanday?

- 30 yanvardan o'z qarorgohimizda to'planib, “Hokim kubogi-2014” tayyorlanamiz. Mazkur musobaqa davomida bir nechta yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazamiz. 15 fevral kuni navbatdagi yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketamiz. U erda bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushish rejamizda bor.

- “Hokim kubogi-2014”da jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

- Maqsadimiz bosh sovrinni qo'lga kiritish. Ayni damda jamoani shakllantirish borasida ishlar davom etmoqda.

Abror Dehqonov suhbatlashdi

“Futbol info” gazetasidan olindi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика