So’nggi yangiliklar

01:00Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  0 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  0 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  1 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  44 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  5 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  4 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0

Murod Rizaev: "Bugun Germaniya 3:1 hisobida g'alaba qozonadi" Yangiliklar

Murod Rizaev: "Bugun Germaniya 3:1 hisobida g'alaba qozonadi"

Bir oy davomida dunyo futbol ahlini o'ziga oxangrabodek tortib kelgan jahon chempionati o'z yakuniga etadi.
To'rt yil davomida saralangan 32 ta terma jamoadan Germaniya va Argentina terma jamoalari mundialning hal qiluvchi final uchrashuviga etib kelishdi. Bugun muhtasham "Marakana" stadionida JCH-2014ning g'olibi aniqlanadi.

Ko'pchilik finalda Yoaxim Lyov shogirdlarining imkoniyatini yuqoriroq baholamoqda. Ammo, biroz shoshilmaylik. Final o'z nomi bilan final. Unda har qanday natija qa yd etilishi mumkin. Bunga butun jahon chempionati davomida guvoh bo'ldik. Bugungi o'yin oldidan futbol sharhlovchisi Murod Rizaevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Murod aka, suhbatimiz avvalida kecha bronza medali uchun o'tkazilgan uchrashuv haqidagi fikringizni bilmoqchi edim.  
- Kecha men kutgan o'yin bo'ldi. Skolari Neymarga ko'prok ishonib yuborgani  ko'rinib qoldi. Guruh bosqichida ko'proq shu futbolchiga urg'u berildi. Terma jamoa futbolchilari esa bunga moslashishdi. Fred ham, boshqalar ham. U yo'qligida zanjirning o'rtasida uzilish paydo bo'lgandek taassurot qoldi. Gollandiyada ham xuddi shunday holat hukmron edi. Robbenga urg'u berildi. Faqat Neymardan farqli ravishda u oxirigacha o'ynab, ishonchni oqladi. O'ylaymanki, aynan Robben jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo'ladi. Lekin kecha Braziliya baribir bitta gol ursa kerak, deb taxmin kilgan edim.

- Bugungi final o'yinidan nimalarni kutyapsiz?
- Finalga kelsak, ruhiy ustunlik Germaniya tomonida bo'ladi. Nemislar bu safar haddan tashqari kuchli. Argentina himoyaga etibor qaratish bilan birga Messidan  buyuk reydlarni kutadi. Leo o'zini ko'rsatadigan payt keldi. Lekin Germaniyada o'z kuchiga bo'lgan ishonch oshyapti. Bu hakida Germaniyadagi tarixiy shaxslar ham gapirib, ularga dalda bo'lyapti: Bu safargi jamoamiz eng kuchlisi, deya.

- Finalga hech bo'lmaganda, shu ikki terma jamoadan biri chiqadi, deb kutganmidingiz?
- Ikkala terma jamoa ham finalga haqli ravishda chiqdi. CHunki, ular taktika borasida boshqa jamoalardan kuchliroq edilar. Raqibga qarab o'yin ko'rsatishdi. Germaniyaning muvaffaqiyatida Bavariya va Borussiya D klublarining xissasi katta bo'ldi, deb o'ylayman. Ko'pchilik bu klubdan terma jamoaga taklif qilinganlardan o'yin sifatini qanday oshirish mumkinligini o'rganishdi. Yoaxim Lyov Gvardiola va Mourinoning o'yinlaridan farqli o'laroq o'z o'yinini qurdi. Bu juda ham tajovuzkor o'yin ham emas. Bu aqlli futbol. Endi faraz qiling, Filipp Lam o'yinini kuchaytirsa nima bo'ladi? Xedira kuchaytirsa nima bo'ladi? Himoyada Boateng, Xyovedes, Xummels o'z vazifalarini alo darajada bajarishyapti. Qolganlar o'rta chiziqda va hujumda raqiblarini xohlagan kuylariga o'ynatishyapti. Germaniya deyarli barcha jahon chempionatlarida eng kuchlilardan bo'lib kelgan. Intizom ularning asosiy quroli. Argentina esa Messisiz ham kuchli ekanligini bir necha bor isbotladi. Ayniqsa, o'yindan o'yinga himoya chizig'i yanada mustahkamlanib bormokda. Bu jamoa oxirgi 3 ta o'yinda gol o'tkazmadi. Qiziq o'yin bo'ladi va Garri Linekerning gapi yana o'z isbotini topsa kerak...

- Ravshan Ermatovning finalga tayinlanmaganligini qanday qabul qildingiz?
- FIFA mutasaddilari Nikola Riccolining yoshini inobatga olib, unga oxirgi marta imkoniyat berishdi, deb o'ylayman. CHunki, FIFA vetolarni qabul qilavermaydi. Mantiqqa to'g'ri kelmayapti. FIFA mutasaddilari Ravshan finalni boshqarishga haqli edi, lekin uning kelajagi hali oldinda, deyishdi. Mana shu so'zlar o'zbek xalqi uchun etarli bo'lsa kerak.

- Sizningcha, JCH-2014ning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi?
- Menga qolsa mundialning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasini Robbenga bergan bo'lardim. Garchi Messi finalda 4 ta gol ursa ham.

- Finalda qanday hisob qayd etilishini taxmin qilib ko'ring.
- Germaniya  Argentina - 3:1. SHu o'rinda bir malumotni keltirib o'tishni joiz deb topdim. Rossiyada 1994-1996 yillarda tug'ilgan futbolchilarga juda katta etibor qaratilyapti. Xatto fuqarolik ham berilyapti. O'zlari mezbonlik qiladigan JCH-2018ga hozirdan tayyorgarlik boshlandi. Mana buni haqiqiy yondashuv desa bo'ladi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика