So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Murod Rizaev: "Avstraliya va Yaponiya tushmasa bo'lgani" Yangiliklar

Murod Rizaev: "Avstraliya va Yaponiya tushmasa bo'lgani"

Bugungi qura tashlash jarayonidan oldin SPORT telekanali sharhlovchisi Murod Rizaevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Avstraliya va Yaponiya terma jamoalari tushmasa bo'lgani. Qolgan jamoalar bilan bemalol o'ynasa va yutsa bo'ladi. SHu o'rinda bir narsani achchiq bo'lsada aytishim kerak, terma jamoamizning ikkinchi saralash boskichidagi o'yin sifati yaxshi emas. Saviyadi hujumchilar yo'q. Igor Sergeevning bir o'zi kamlik qiladi. Standart vaziyatlarda xilma-xillik ko'zga tashlanmayapti. Bizga rang-baranglik kerak. Futbolchilar maydonda xuddi qo'rqib o'ynashayotgandek taassurot qoldiryapti. Va eng asosiysi, aksariyat futbolchilarimizning bugungi jismoniy holati yaxshi emas.

- Legioner futbolchilarimiz haqida qanday fikrdasiz? Ular o'z klublarida ko'rsatayotagn o'yinlarini terma jamoada ham to'liq namoyish eta olilshyaptimi?
- Sardor Rashidov, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov imkon qadar yaxshi o'yin namoyish etishyapti. Ularning harakati boshqalardan ajralib qolmoqda. Qolganlar haqida bir narsa deyish qiyin. Vadim Abramov davridagi tajovvuzkor o'yinimiz yo'qolib borayotganligi achinarli holat. Ko'pchilik qatori men ham Server Jeparovning saltolarini sog'indim. Menimcha, qura taqvimi biz uchun omadli keldi. Bundan maksimal darajada foydalanish kerak emas, shart. Lekin ikkinchi saralash bosqichidagi o'yini bilan JCH-2018ga chiqa olmaydi. O'yinni kuchaytirish va tempni oshirish kerak. Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan kuchli psixolog. Saviyasiga hozircha baxo berolmayman. Taxminim Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar,Tailand, O'zbekiston. SHunday bo'lsa, ishimiz ancha engillashadi.

Kamoliddin ALIMOV yozib oldi
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика