So’nggi yangiliklar

19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  6 19:07Суперлига. "Нефтчи" - "Хоразм". Асосий таркиблар маълум  3 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  10 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  19 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  4 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35

Murod Otajonov: "Hujumdagi muammo? Bu nafaqat bizda, balki butun O'zbekistonda muammo" Yangiliklar

Murod Otajonov: "Hujumdagi muammo? Bu nafaqat bizda, balki butun O'zbekistonda muammo"

Coca Cola Superliganing 6-turi doirasida "Surxon"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Murod Otajonov o'z fikrlarini bildirdi.


- Avvalambor barchani bayram bilan tabriklayman. Tabrigimiz o'xshamay qoldi. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, qiyin bahs bo'ldi. Menimcha, "Nasaf" bilan uchrashuvdan so'ng yigitlar emocional tomonlama sustlashib qolishgandi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman, "Surxon" tarkibida yosh yigitlar ko'p ekan va ularga omad tilayman.

- "Bunyodkor" jamoasi ikki uchrashuvdan buyon maydonda bir kishi kam bo'lib qolgan raqibga qarshi o'ynab, g'alaba qozona olmayapti. Bunga sabab nima?

- Sababi oddiy, gol ursang yutasan. Bizda vaziyatlar bo'ldi lekin ulardan unumli foydalana olmadik, agar gol urganimizda, savolingizga bemalol javob bergan bo'lar edim.

- "Bunyodkor"da hujum chizig'i biroz oqsayotgandek ko'rinadi. O'yinlarda "Bunyodkor" safida gol uradigan yaqqol hujumchi etishmayotgandek?!

- Ushbu mavsum butun chempionatimizda hujumchilar bo'yicha muammo bor. Ko'pgina jamoalar 2-3ta gol urib o'ynashmoqda. Bu nafaqat bizda, balki butun O'zbekistonda hujumchilar bilan bog'liq muammo bor.

- Abdumannopov o'zining yuqori jismoniy holatini yo'qotgandek. Nega u bugun u zaxirada qoldirildi?

- Abdumannopovda kichik jarohat bor edi. Endigina o'ziga kela boshladi va bugun asosiy tarkibda bo'lishi kerak edi, lekin shifokorlar unga bugun dam berish kerakligini aytishdi. Keyingi bahslarga u tayyor bo'ladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика