So’nggi yangiliklar

09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  1 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  2 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  7 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  3 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  9 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  13 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0

Murod Otajonov: "Hech kim chiroyli o'ynaganimizni gapirmaydi. Natija ham kerak" Yangiliklar

Murod Otajonov: "Hech kim chiroyli o'ynaganimizni gapirmaydi. Natija ham kerak"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Murod Otajonov O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Metallurg"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kubok uchrashuvlari chempionatga qaraganda doim boshqacha bo'ladi. Qisqa vaqt oralig'ida shunday o'yinlar ko'p o'tmoqda. G'alabadan albatta xursandmiz. CHunki 5ta o'yindan beri yuta olmayotgan edik. O'ziga hos yoqimli holat. G'alaba bilan barchani tabriklayman. Guruh bosqichida bitta o'yinimiz qoldi. Samarqandda g'alaba qozonish orqali keyingi bosqichga chiqish imkoniga ega bo'lamiz"- deydi Murod Otajonov. 

- "Bunyodkor"da kim murabbiy bo'lsa ham doim chiroyli o'yinini yo'qotmagan. SHu narsa jamoaning qonida bor. Lekin bu yil "Bunyodkor" o'yin jozibasini yo'qotgandek ko'rinmoqda. Bunga sabab nima?

- Bo'lishi mumkin. Tashqaridan sizlarga boshqacha ko'rinishi tabiiy. Xabaringiz bor, jamoada har yili o'zgarishlar bo'lyapti. Bitta tarkib saqlanib qolinmayapti. Kombinacion o'ynashga harakat qilyapmiz. Ikkinchi tomondan natija ham kerak. Hech kim chiroyli o'ynaganimizni gapirmaydi. Yuta olmasak, nega g'alabalar bo'lmayapti, deyishadi. CHiroyli o'ynab g'alaba qozonsak ikki karra xursand bo'lamiz. Kimdir chiroyli o'yin ko'rsatib natijaga erishadi, yana kimdir natijaga o'ynaydi. 

- Yosh debyutantlar Narimon Ahmadjonov va Ulug'bek Kenjaevning debyut uchrashuvi qanday taassurot qoldirdi?

- Ular doim nazoratimizda. O'zini ko'rsatganlarni sekin-asta asosiy tarkibga jalb qilib boramiz. Kelajak yoshlarni qo'lida. Ular allaqachon o'ynashi kerak. 

- Yana bir yosh futbolchi Abdulloh Omonaliev o'tgan yili ikkinchi davrada maydonga tushib turgandi. Bu yil umuman ko'rinmay qoldi? 

- Bu savolni unga berishingiz kerak. Bilmadim, bizda ham futbolchiga savollarimiz ko'p. Kim yaxshi bo'lsa, imkoniyat berishga tayyormiz. Hech kim ertaga maydonga tushishi kafolatlanmagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика