So’nggi yangiliklar

13:32"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Санжарбек Алимуҳамедов  0 13:28Чеферин 2027 йилдан кейин ҳам УЕФА раҳбари бўлиб қолиши мумкин  0 12:55Ёзги трансфер-2024. Суперлига клубларидаги барча ўзгаришлар битта саҳифада. Кимда қандай вазият?  6 12:54"Насаф" "Спартак"ка ютқазди, ўзбекистонлик мухлислар эса Москвада ҳам "ёрворишди"   6 12:29Жоау Феликс фаолиятини "Арсенал"да давом эттириши мумкин  1 12:07Ҳожимат Эркинов оилавий масалалар сабаб Олимпия терма жамоамиз таркибига киритилмаганми?  35 11:31«Ал Насср» Эдерсон трансферидан воз кечиши мумкин  0 11:15Ўртоқлик учрашуви. "Спартак" - "Насаф" 3:0, "Насаф" Россиянинг 10 карра чемпионига имкониятни бой берди  10 11:04Эшитдик-да! Сергей Лушчан "Навбаҳор" бош мураббийи  28 10:46«Барселона» РПЛ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  6 10:22«Немис машинаси» афсонаси терма жамоадаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди  3 09:58Яна бир машҳур форвард фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 09:34Инглизлардан ҳеч ким йўқ. Европа чемпионатининг рамзий термаси маълум  8 09:09Расман: «Барселона» етакчиси операция қилинади. У йил сўнггида сафга қайтиши мумкин  7 08:44Испания термаси сардори фаолиятини «Милан»да давом эттиради — Фабрицио Романо  4

Murod Ismoilov: “Tayyorgarlikning birinchi bosqichidan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Tayyorgarlikning birinchi bosqichidan ko'nglim to'ldi”

Davralar oralig'idagi dastlabki yig'inini yakunlagan “Neftchi” endilikda Toshkentdagi yig'inga hozirlik ko'rmoqda.
Jamoa ertaga tushlikdan so'ng Farg'onada yig'iladi va poytaxtga yo'l oladi. Fursatdan foydalanib bosh murabbiy Murod Ismoilovdan saytimiz uchun intervyu oldik.   

- Murod Muzaffarovich, “Neftchi”ning davralar oralig'ida o'tkazgan dastlabki yig'inidan ko'nglingiz to'ldimi?

- Ha, albatta. Hammasi reja asosida kechdi. Vodildagi qarorgohimizda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Kuning birinchi qismida jismoniy tayyorgarlik ustida ishladik. Kechki payt esa texnik va taktik jihatlar borasida mashg'ulotlar o'tkazildi. Qolaversa ushbu yig'in mobaynida futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan xolda, o'yin tashkil etidik va bu orqali kimning nimaga qodirligini yana bir bor ko'zdan kechirdik. Umuman aytganda yig'in davomida barcha yigitlar o'z ustida astoydil ishladi. SHu bois aytishim mumkinki, birinchi yig'inimiz ko'ngildagidek o'tdi.

- Bo'lajak yig'in oldidan nima deysiz?

- 18 iyuldan Toshkentda ikkinchi yig'inni boshlaymiz. U erda asosiy etibor ko'proq sinov-nazorat uchrashuvlarini tashkil etishga qaratiladi. O'z uyin uslubimizni yanada shakllantirish uchun bunday o'yinlar kerak. Umid qilamanki, poytaxtdagi yig'inda ham ko'zlagan maqsadimizga erishamiz va shu orqali ikkinchi davra bahslariga puxta tayyorgarlik ko'ramiz.

- Tarkibdagi o'zgarishlar muxlislarning diqqat markazida turibdi. Birinchi davradan so'ng klub tark etgan o'yinchilar to'g'risida fikringiz qanday?


- Ha, tanaffus paytida ayrim o'yinchilar bilan do'stona ravishda xayrlashishga qaror qildik. Maruf Murodov, Zohid Abdullaev, Jahongir Jiyamurodov, Aleksandr Kleckov, Aziz Alijonov kabi futbolchilarni o'rnida endilikda yoshlarni sinab ko'rishga qaror qildik. CHunki yoshlar jamoasidan etishib chiqayotgan bir qator istedodli futbolchilarimiz bor. Ularga ishonch bildirib, tarbiyalab borish kerak bo'ladi. Dastlabki yig'in jarayonida bir qator yoshlar o'zlarini ko'rsatishga urindi.

- Davralar oralig'ida muxlislar “Neftchi”ning ayrim sobiq futbolchilarining qaytishini kutayotgandi...


- Ha, biz Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov, SHukurali Po'latov va Sardor Mirzaevni ortga qaytarishni o'ylagandik. Lekin to'g'ri tushuning, hozir bu futbolchilarning o'z klublari bilan amalda shartnomalari mavjud. Bunday etakchi o'yinchilarni hech bir jamoa osonlikcha qo'yib yuborishni istamaydi. Nima ham derdik, endi mavsum so'nggiga qadar ixtiyorimizdagi futbolchilar xizmatidan foydalanamiz. Kelasi mavsumda esa sobiq o'yinchilarni qaytarish choralarini yana ko'rib chiqamiz.

- Dastlabki yig'inda ishtirok etgan Andrey Akopyanc qanday taassurot qoldirdi?

- Andrey tajribali futbolchi. O'z vaqtida Rossiya chempionatlarida o'ynagan. Xalqaro tajribasi katta. Uning bugungi jismoniy tayyorgarligi avvalgidek yuqori bo'lmasada, lekin Akopyancning boy tajribasi endi-endi asosiy tarkibga kirib borayotgan yoshlarga asqotishi tayin. Bu futbolchi yig'inimizga kelganida suhbatlashdik, muhimi insoniylik jihatdan alo darajada. Aynan shu tomondan u bizga maqul keldi. Qolaversa o'z ishiga vijdonan yondoshadi. O'ylaymanki, Andreyni o'z safimizga qo'shib olib adashmadik.

- SHerzod Hakimovning taqdiri qanday kechadi?

- Birinchi davrani “Olmaliq”da o'tkazgan bu futbolchi yana qadrdon jamoasiga qaytdi. Hakimov birinchi yig'inimizda ishtirok etdi. Umid qilamanki, SHerzod ham ikkinchi davrada bizga katta yordam beradi.

- “Neftchi”ning yana bir sobiq futbolchisi Akmal Xolmatovning yana Farg'onaga qaytishi borasida gap-so'zlar urchiy boshladi. Ammo futbolchi hamon “Lokomotiv” safida. Tajribali futbolchining haqiqatdan kelishi rostmi?


- Ha, Akmal bilan gaplashdik.  Nasib qilsa hammasi ijobiy tomonga hal bo'ldi. U navbatdagi yig'inimizda tarkibga kelib qo'shiladi. Albatta, Xolmatovdek futbolchining katta tajribasi bizga juda asqotadi.

- Agarda Xolmatovning o'tishi ham aniq bo'lsa, u harakat qiladigan chiziqda Akopyanc ham bor. Bu poziciyada ko'proq kimni ko'rmoqdasiz?

- Ularning ikkisi ham o'ng va chap qanotlarda birdek o'ynay oladi. Bu borada muammo yo'q deb o'ylayman. Akopyancdan hujumchi ortidagi ikkinchi hujumchi sifatida ham foydalanishimiz mumkin. Bu narsa ko'proq qaysi jamoaga qarshi o'ynashimizdan oldin aniq bo'ladi.

- Xolmatov poytaxtdagi yig'inda kelib qo'shilsa, selekciya jarayoni yana davom etadimi?


- Ha, bugungi kunda himoyani kuchaytirish maqsadida bitta futbolchi bilan ham muzokara o'tkazmoqdamiz. Agarda ushbu muzokaramiz ham ijobiy yakunlansa, bitta himoyachi keladi. Hozircha uning kimligini aytmay turganim maqul.

- Jamoani tark etgan legionerlar o'rnini boshqa bir xorijlik futbolchilar bilan to'ldirishingiz ham mumkinmi?

- Yo'q. Ikkinchi davrada o'zimizning futbolchilardan foydalanamiz. Qolaversa Devid Oniyaning tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishini kutmoqdamiz.

- Aytgancha, nigeriyalik himoyachi Oniyaning masalasi qachon hal bo'ladi?

- 18 iyul kuni “Futbol-MED”da tibbiy ko'rikdan o'tiladi. Nasib qilsa shunda Oniya uchun hammasi omadli kechadi va unga o'ynash uchun ruhsat beriladi. Hozir shuni kutyapmiz.


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика