So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  1 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Murod Ismoilov: “Raqibni mensimaslik shunday oqibatlarga olib keladi!” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Raqibni mensimaslik shunday oqibatlarga olib keladi!”

O'zbekiston Kubogining 1/16 bosqichidan o'rin olgan “Oq-tepa” – “Neftchi” uchrashuvi yakunlangach, mehmonlar ustozi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Dastavval, “Oq-tepa” jamoasini, muxlislarini chiroyli g'alaba bilan tabriklayman! “Paxtakor”da ishlaganimda shogirdlarim bo'lgan futbolchilarning o'yinini ko'rib ular uchun xursand bo'ldim. “Neftchi” haqida nima deyishim mumkin? Raqibni mensimaslik shunday oqibatlarga olib keladi. Kecha bo'lib o'tgan Kubok bahslarida “Dinamo”, “Olmaliq”, “Qizilqum” birinchi liga klublariga qarshi o'yinlarda mag'lubiyatga uchrab musobaqani tark etgandi. Bu bizga dars bo'lgani yo'q. Futbolchilar aqlini yig'ishtirib olmadi. Kecha ham shu haqida ogohlantirgandik, ammo bugun yana bilganlaridan qolmadi. Bunaqa futbol o'ynab bo'lmaydi!

- Biz har bir uchrashuvga g'alaba maqsadida tushamiz. Men futbolchilarga doim aytaman: muxlislarning hurmati uchun ham o'ynanglar. Agar bunday uchrashuvlarda o'ynashni istashmasa yoki charchoq alomatlari bo'lsa, aytishsin, ularning o'rniga harakat qiladigan futbolchilarimiz bor.

- Bugungi mag'lubiyat “Bunyodkor”ga qarshi o'yin oldidan futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy tasir qiladi, deb o'ylamayman. Bugun bir qator yosh o'yinchilarga imkoniyat bergandik. Vaziyatni o'zingiz ko'rdingiz. Professionallik sari hali ko'p ishlashimiz kerakligi bugun ko'rinib qoldi - deydi Murod Muzaffarovich.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика