So’nggi yangiliklar

15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  0 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  3 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  3 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  19 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  8 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1

Murod Ismoilov: “Nasaf” haqli g'alabaga erishdi Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Nasaf” haqli g'alabaga erishdi

“Nasaf” – “Paxtakor” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot ajumanining dastlabki qismida “Paxtakor” ustozi Murod Ismoilov OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.
-O'yin nihoyatda shiddatli chiroyli kechdi. O'yingohga kelgan muxlislar bahsdan zavq olishdi, deb o'ylayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, teng kurashlar ostida kechayotgan bir paytda to'p kutilmaganda himoyachimizni qo'liga tegdi va hakam haqli penalti belgiladi. Bu futbolchilarimizni ruhiyatiga biroz tasir qildi. SHunga qaramay ikkinchi bo'limni o'z nazoratimizga olib, to'p kiritish uchun harakat qila boshladik. Ammo ikkinchi 11-metrlik zarba bizga katta zarba bo'ldi. “Nasaf” hozirgi kunda chempionatimizda yorqin o'yin namoyish etayotgan jamoalardan biri. Ro'ziqul Berdiev bilan birga taxsil olganmiz, birga to'p tepganmiz. U Qarshida ajoyib jamoani shakllantira olganidan xursandman. O'tgan yili eslaringda bo'lsa aynan Qarshida 2:0 hisobida g'alaba qozongan edik. Endi esa buning aksi bo'ldi. Natijani hisobga olmaganda shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim. O'tgan yilgi “Nasaf” bilan bu yilgisining farqi? Jamoada bu yil shiddat boshqacha. Gevorkyan va Yunusov jamoaning haqiqiy liderlariga aylanishgan.

-O'zbekiston kubogi finalining doimo poytaxtda o'tishiga qanday qaraysiz?
-Bu menimcha reglamentda mavsum oldidan belgilab qo'yiladi. SHu bois bu taklifni rahbarlar yil boshida ko'rib chiqishlari mumkin. Endi buni o'zgartirish qiyin masala.

-“Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida har yili ishtirok etadigan yagona jamoa hisoblanadi. Bugungi mag'lubiyatdan keyin jamoaning yangi mavsumda OCHLda qatnashisha katta so'roq ostida qoldi. Sababi chempionatda ham shogirdlaringiz aynan “Nasaf”dan 10 ochokoga ortda qolishmoqda. Nima deb o'ylaysiz vaziyatni o'nglash imkoni bormi?
-Bu nihoyatda qiyin masala hozirgi kunda. Qolaversa bugungi mag'lubiyatdan keyin yigitlarimizning holatini tiklash ham qiyin kechadi. Aynan shu yilga kelib meninng qo'l ostimda jamoa kubokdan ham, chempionlikdan ham mahrum bo'lganidan afsusdaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика