Murod Ismoilov ishdan ketishi kerakmi?
28 avg 2014 15:43
Yangiliklar

Murod Ismoilov ishdan ketishi kerakmi?
Ochig'i, shu insonga achinib ketdim. Halol kishilarning ishlashi qiyin bo'lib qoldi o'zi bu ligada. YO rosmana kuchli bo'lishing, yo zo'r shaxmat o'ynashing kerak.
2012 yil Ravshan Haydarov "Qiziqlum" postiga kelgandi. Boshida oson bo'lmadi, keyin hammasi iziga tushib ketdi. U kishi ham Ismoilov kabi "Paxtakor"dan ketgandi. Sal vaqt o'tishi bilan "Qizilqum"da zo'r jamoa shakllandi. Klubda pul yo'qligi uchun natija faqat murabbiy va futbolchilarning mahorati evaziga qo'lga kiritilishi mumkin edi. Natijalar yaxshilanavergach, bazi klublar qing'ir ishlarni taklif qila boshladi. Ravshan Akmalovichda bunday odat yo'q edi. Nima uchun bularni yozyapman, o'zim ham shu klubda bir yil ishladim. Yakunda nima bo'ldi, Haydarovning tagiga ochiqchasiga suv quyishdi. Uni ketkazishdan manfaatdorlar bo'ldi. O'rniga kelishni istaganlar ko'paydi. Yakunda bu ishni amallashdi. Oxiri nima bo'ldi, "Qizilqum"da parokandalik yuzaga keldi. Keyin hamma ketdi. Hozirga kelib jamoa yangi rahbariyatga ega bo'lib biroz ijobiy tomonga o'zgardi, xolos.
Bir-ikkita o'yinlarda "Qizilqum" ochiqchasiga hakam tomonidan sindirilardi. SHunda "Paxtakor"da o'rganganlarim ish berar, videotasmalarni bir deganda nazoratchiga qo'yib berardim. Kechirim so'raganlari qancha bo'ldi. Yaqinda bir kishi bizni sudga berishni istab qoldi. O'sha yillarni esladim. "Qizilqum"ning bir o'yinida hakam juda qo'pol xatolarga yo'l qo'ygandi. Nazoratchiga keltirib berdim. Hakam va nazoratchi PFLga shikoyat qilmaslikni so'radi. Hakamni-ku, tushunaman nega bunday deganini, past ball olgisi kelmaydi. Nazoratchidan so'radim, nega? Javob esa shunday bo'ldi: Hozir men unga past ball qo'ysam, bu hakamni "okasi" mening shogirdimga keyin past ball qo'yadi.
Haydarov rosmana ishlardi, kuni kecha tur qahramoniga aylanib ketgan Azamat Bobojonovga aslida qanday o'ynash kerakligini o'rgatgan mutaxassis ham Haydarov edi. Murabbiy yil davomida qiynalib tarkib tuzadi, futbolchilarga vada beradi. Ammo birgina hushtak bilan mehnatining rasvosini chiqarishadi. Bu adolatdan emas. Haydarovning keyingi muvaffaqiyatli odimi "Dinamo"da bo'ldi. U ketguniga qadar jamoa yomon o'yin ko'rsatmadi, shakllandi. U ketganidan keyin "Qizilqum" ham, "Dinamo" ham orqaga ketdi. Bizda o'zi shunaqa, bironta murabbiyga 3 yillik imkoniyat berilmaydi.
Ismoilovga tegishli maqolani uzoqdan olib kelganim uchun uzr so'rayman. Endi Murod Ismoilov mavzusiga qaytsam. U ham "Paxtakor"dan ketdi. Toshkentda erishgan natijalari yomon bo'lmadi, chempionlik, kubok g'olibligi, mayli barcha ishlarni Babayan qildi deylik, lekin Ismoilov ham bor edi. Futbol shunday o'yinki, u erda birgina kishi ish qilmaydi, bir necha nafar kishining mehnati kerak.
Bugun Ismoilov bosim tufayli ishdan bo'shashga qaror qilyapti. Saytda va tribunalarda unga nisbatan turli gap-so'zlar ko'paydi. Endi hammaga bir savol: qaysi murabbiy "Neftchi"ni hozir qabul qilib keyingi yil uchinchi o'rinni qo'lga kiritishida yordam bera oladi? Hammangiz Fyodorov deyishingiz mumkin. Andrey Fyodorov kuchli mutaxassis va u hozir "Neftchi"da, aksar murabbiylar kabi u g'araz niyat bilan, yani mansab uchun Farg'onaga qaytgani yo'q. "Rubin"da ishlab topganlari anchaga etadi. U bugun ham "Neftchi" bilan va murabbiy bo'lsa, faqatgina qog'ozdagi FIO o'zgarishi mumkin xolos. Lekin ish o'sha-o'sha bo'laveradi, hozir ham aslida shu. CHetdan taklif etish kerak deganlarga, futbol ichida yurib sizga shuni aytishim mumkin, pul bor joyga bugungi murabbiylar ish uchun emas, tezroq pul ishlash uchun boradi. "Neftchi"da pul juda yaxshi holatda. Kim kelsa ham bir-ikki so'm ishlab olay deydi.
CHetdan murabbiy olib kelish mumkin, lekin chetdan murabbiy kelmaydi. Kelsa ham ikki oy ishlamasdan ketib qoladi. Ularga keyingi turda sen yutqazishing kerak, keyingi tur buncha to'p farqi bilan yutishing kerak degan gaplar yoqmaydi. O'zini hurmat qiladigan kishi bunday ish qilmaydi. Agar shu ishni qilsa, unaqa murabbiyning nima keragi bor? Ko'ryapsizmi, hammasi biz o'ylaganchalik oson emas.
"Neftchi"da Mirzaboev ishladi. Qancha-qancha mag'zavalar ag'darildi. Keyin Kapadze keldi. Uning orqasidan qancha-qancha yozuv-chizuvlar boshlandi. Axir maqsadimiz nima o'zi? "Neftchi"ning mavqeyini tiklashmi, yoki yumaloq xatlar bilan birin-ketin ishlayotganlarni oromini buzishmi? "Neftchi"da struktura buzilib ketgan. Hammasi eskicha. Mana sekin-sekin hammasi o'ziga kelishi mumkin bo'lgan paytda yana ikkinchi tomon o'rtaga tushib, muhitga putur etkazishi yana bir yilning behuda ketishiga olib keladi.
"Neftchi"da o'yin yo'q deb ayta olmayman. "Bunyodkor" va "Paxtakor"ga qarshi juda yaxshi o'ynadi. Faqat himoyaga yotib olgani yo'q. Hujum ham qildi. Kerak bo'lsa gol ham urdi, o'yin esa erkakcha bo'ldi. Futbolimizda mana shunday o'yinlar yo'qolib boryapti. Mana shu murabbiyning ishi deyiladi. Klubda urish chiqaverishi, ikki kishini o'rtasiga tushib, murabbiyni futbolchiga, futbolchini murabbiyga teskari qilib, butun boshli shahar shanini himoya qilayotgan klubni buzayotganlarni esa g'iybatchi deydilar. "Neftchi"dagi muammo murabbiy yoki futbolchida emas, mana shunday g'iybatchilarda.
Strukturani yaratish - bu mashaqqatli ish. Hech nimani bir kunda bunyod etib bo'lmaydi. Farg'onalik muxlislar burgaga achchiq qilishyapti. Aksincha, siz g'ururlaning, bazi jamoalarga o'xshab uyda g'alaba qozonib safarda atayin mag'lubiyatga uchramayapsiz. Mehnat qilib rosmana mag'lubiyatga uchrash bilan shaxmat doskasida to'p tepishning farqi bor. Buni futbol ichida yurganlar juda yaxshi biladi. Bazi jamoa futbolchilari g'alaba suniyligidan quvonmay qo'yishgan hattoki.
"Paxtakor" viloyatdagi o'yinlarga samolyotda boradi. Bir emas, ikki mutaxassis raqib o'yinini kuzatgani ketadi. Akademiya ishlab turibdi. Asosiy tarkib original formalarni kiyadi. Professional tarzda xorij yig'inini o'tkazadi. Har mashg'ulotida vitaminlar beriladi, o'yin oldi va o'yindan keyin maxsus sok tarqatiladi. Bunaqasi faqat "Lokomotiv"da bor yana. Va eng muhimi hech kim birovning orqasidan g'iybat qilmaydi. Murabbiy, futbolchilar axil va inoq. Mana nima uchun Ismoilov bu erda natijaga erishdi. Yana uning oldida jamoa futbolchilarini jismoniy holatiga javob beradigan alohida, bo'lib ham malakali mutaxassis Andrey SHipilov bor. Darvozabonlar murabbiyi O'zbekistonda eng zo'ri. O'zining aniq o'ynaydigan maydoni bor. Bazadagi maysa asosiysidan farq qilmaydi. Mana nima uchun Ismoilov "Paxtakor"da natijaga erishdi.
"Neftchi" bugun ishning to'g'ri yo'lga qo'yilishi bo'yicha "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Nasaf", "Mashal", "Olmaliq"dan ustunmi? Bu klublar 5-10 yillik mehnat evaziga shu holga kelishdi. Ulardan struktura jihatdan ustun emas ekan, qanday qilib natija borasida ustunlikka erishishi mumkin? Siz qo'lga kiritilayotgan 9 yoki 10-o'rinlardan xafa bo'lmang. Bu - oliy liga, unda to'rtinchi o'rinni olding nima-yu, 12-chi bo'lding nima. Mana o'rinbosarlar avvalgi mavqeyini qaytarib olishni boshladi. Bunga etibor bermaysiz-a? Aslida o'rinbosarlar tarkibi ham asosiy tarkib murabbiylari tomonidan shakllantiriladi. Nima uchun oliy ligaga murabbiylar yaxshi jamoani shakllantira olishmadi deyishingiz mumkin. Nima "Lokomotiv" Tojievni qo'yib yuborarmidi yoki "Paxtakor" Kozakni? "Nasaf"dan Gevorkyanni olib bo'ladimi? O'zi oliy ligada pichoqqa ilinadigan futbolchilar sanoqli bo'lsa, ularni ham "Neftchi"ga yig'ish oson emas. Buning uchun endi biroz sabr qiling, o'rinbosarlardan yangi Saidov-u, Xolmatov chiqishini kuting. Bitta murabbiy boshlagan ishni chala qoldirish va yangi murabbiy yana "0"dan ish boshlashi, bu yana bir bor qaytaraman kelayotgan bir yilni yo'qotish. Yoki jamoa oldida yana bitta yo'l bor. U ham bo'lsa 3ga3 o'yinlarni yo'lga qo'yish. Uyda faqat g'alaba qozonasiz, safarda yutqazaverasiz? SHunaqa futbol kerakmi sizga?
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar