So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  8 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Murod Ismoilov: “Finalda qaysi jamoa g'alaba qozonsa ham yakunda futbol yutadi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Finalda qaysi jamoa g'alaba qozonsa ham yakunda futbol yutadi”

Xabaringiz bor, bugun Farg'onada “Navbahor” va “Andijon” jamoalari o'rtasida O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan bilan saytimiz xodimlari o'zbek futbolida faoliyat olib borayotgan taniqli mutaxassislardan bugungi final haqida fikr va mulohazalar olishmoqda. Jumladan, hozirda Quvasoyning “Cementchi” klubida ishlab kelayotgan farg'onalik tajribali murabbiy Murod Ismoilovning fikrlari etiboringizga havola etiladi.

“Har ikki jamoa ham finalga qadar mashaqqatli yo'lni bosib o'tishdi”, - deya so'z boshladi Murod Ismoilov. “Navbahor”ning ham, “Andijon”ning ham aynan kubok doirasidagi natijalarini yuqori baholayman. Og'ir o'yinlarda kuchli va qiyin raqiblardan o'tib, ushbu final bosqichiga qadar etib kela olishdi.

Bevosita guvoh bo'layapmiz, O'zbekiston kubogi final uchrashuvi uchun tayyorgarlik jarayoni va etibor yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Xususan, har ikki viloyat hokimlari, shuningdek Farg'ona viloyati hokimligi ham mazkur finalga katta etibor qaratmoqda. Bilasizmi, “Navbahor”ning ham, “Andijon”ning ham muxlislari atrofda etarlicha nom qozonishgan. SHu boisdan ham kurash nafaqat maydonda, balki tribunalarda ham davom etadi. Bugun bizni juda qiziqarli final, katta atmosferali o'yin kutayapti. Bugun qaysi jamoa g'alaba qozonishidan qatiy nazar yakunda futbol g'alaba qozonadi” - deb so'zlarini yakunlandi tajribali mutaxassis.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика