Murod Ismoilov: "Bizning hozirgi holatimiz shu"
23 may 2015 21:01
Yangiliklar


Murod Ismoilov: "Bizning hozirgi holatimiz shu"
Oliy liga 10-turida o'z maydonida "Nasaf"dan mag'lub bo'lgan (0:1) "Neftchi" jamoasi ustozi Murod Ismoilov o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
M. Ismoilov: "Nasaf" jamosi yaxshi shakllangan jamoa. Avvalgi turdagi mag'lubiyat hech narsani anglatmaydi. Futbolchilari ham anchadan beri birga to'p surishmoqda. Avvalgi mavsumda ham ularga etarlicha qarshilik ko'rsata olmadik. Bizning hozirgi holatimiz shu. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Lekin afsus. Jamoaga jarima zarbalaridan xushyor bo'lishni takidlagan edim. Baribir jarimadan gol o'tkazib yubordik. Ro'zimboy Ahmedovni jarohati bor edi. Bugun u maydonga tusha olmas edi. Bugun yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi. Bunday muhitda to'p surishga hali tayyor emasmiz. Ko'p vaziyatlarda pressing qo'llamaslik evaziga "Nasaf"ga mag'lubiyatga uchradik. Jarimadan va standart vaziyatlardan ko'pincha xadiksiragan edik. Biz o'ylagan ish bo'lib o'tdi.
Komiljon Ikromov yozib oldi
Komiljon Ikromov yozib oldi

Fikrlar