Murod Ismoilov: "Akmal Xolmatovni "Neftchi"ga qaytarish niyatidamiz"
03 fev 2014 09:00
Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Akmal Xolmatovni "Neftchi"ga qaytarish niyatidamiz"
O'z tarkibini imkon qadar kuchaytirib borayotgan "Neftchi" selekciya jarayonida faollik ko'rsatayotgani bilan ham ajralib turibdi.
Xabaringiz bor, ayni paytda farg'onaliklar tarkibida bir talay yangi futbolchilar shug'ullanishmoqda.
Oxirgi paytlarda jamoa tarixida o'ziga yarasha ijobiy nom qoldirgan futbolchi Akmal Xolmatovning yana Neftchiga qaytishi borasida xabarlar urchiy boshladi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bosh murabbiy Murod Ismoilovga murojaat qilganimizda, bu borada quyidagilarni takidladi.
- Ha, chindan ham biz Akmal Xolmatovni "Neftchi"ga qaytishini istayapmiz. Bu borada futbolchining o'zi bilan ham gaplashdik. Lekin Xolmatovning "Lokomotiv" bilan amalda shartnomasi mavjud. Agarda u klub rahbariyati bilan kelisha olsa, yaqin kunlarda yig'inimizga qo'shiladi. Lekin bu borada hozircha aniq bir nima deyish qiyin", - deydi Ismoilov.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar