So’nggi yangiliklar

08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  5 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  1 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  6 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0

Murod Ismoilov: "Agarda jamoaga kerak emasligimni aytishsa, u xolda ketishga ham roziman" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Agarda jamoaga kerak emasligimni aytishsa, u xolda ketishga ham roziman"

"Neftchi” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg'onaliklar ustozi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
- Avvalambor 5-10 nafar g'iybatchi deymizmi yoki tuhmatchimi, qo'shtirnoq ichidagi ayrim do'stlarimizdan tashqari “Neftchi”ning chinakam muxlislaridan mag'lubiyat uchun uzur so'rayman – deya gap boshladi Murod Muzaffarovich.

- CHunki “Neftchi”dek jamoa bunday o'yin ko'rsatishi kerak emas! Bu jamoa o'z tarixiga va doimo g'alabaga chanqoq bo'lib kelgan. Lekin bugungi o'yinimiz hali nihoyatda ko'p ishlash kerakligini ko'rsatib berdi. “Nasaf” ham avvalgidek juda kuchli jamoa emas. Lekin shakllangan klub. 3-4 yildan buyon deyarli bir hil tarkib bilan o'ynab kelmoqda. Yaxshi jamoa. Ammo avvalgi “Nasaf”dan hozirgisini biroz farqi bor. Lekin “Nasaf” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugun bu darajada o'yin ko'rsatishimiz kerak emasdi. O'yin sifati borasida gaprishni ham hojati yo'q. CHunki bugun juda yomon o'ynadik.

- Rahbariyatga cheksiz katta rahmat aytaman. Sababi rahbariyat bugungi kunda jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Nimaiki qilinishi kerak bo'lgan ish bo'lsa barisini hal qilib kelmoqda. SHuning uchun murabbiy sifatida rahbariyatdan ham uzur so'rayman.

- Jamoa mag'lubiyatga uchrasa hech bir muxlis futbolchiga emas balki murabbiyni aybdor qiladi. Aslida ham natijaga murabbiy javob beradi. SHuning uchun yana bir bor hammani oldida uzur so'rayman.

- Xalqimizda kitobni o'qidingmi yoki uqdingmi degan gap bor. Bugungi o'yinimizga shu gapni ishlatsa bo'ladi.

- Bahona qilmoqchi emasman. Lekin muxlislarning bilmaganlari ko'p bor, Mirzaev va Hakimov kabi etakchi o'yinchilarni nega qo'yilmagani to'g'risida so'rashdi. Bu futbolchilarning jarohati mavjud bo'lib, uch hafta muddatga safdan chiqishdi. Undan tashqari terma jamoamizga taklif etilgan Abdulloh Olimov, Javohir Rasulov hamda Sardor Rahmonov bugungi juda kerak edi. Bizga asqotardi. Ko'rib turganingizdek besh nafa asosiy tarkibda o'ynashi mumkin bo'lgan yigitlar bugun bizga yordam bera olmadi. Lekin bu bahona bo'lmaydi. Ular yo'q bo'lgan taqdirda ham biz bugun bu darajada o'ynashimiz kerak emasdi.

- Yana bir gapni aytib o'tishni istardim. 4-sinfdan buyon futbol sohasida yurgan bo'lsak, shu kungacha har doim futbolni o'zini chinakamiga yaxshi ko'rib, o'ynaganman va bugungi kunda murabbiy sifatida ishlab kelmoqdaman. Biror bir jamoada o'ynagan bo'lsam, yoki murabbiy bo'lib ishlagan bo'lsam sira ko'tarma puli so'ramaganman. CHunki futbolni o'zini yaxshi ko'rganman. Ustozlarimiz shunaqa tarbiya bergan. Oldin xizmat qilamiz, agar munosib ko'rsanglar mukofotlaysizlar degan gapni aytib kelganmiz har gal. 27 yoshga qadar ko'tarma puli nima ekanligini bilmasdan, muxlislarni har doim xursand qilish uchun imkon qadar bor kuchimni berib, vijdonan o'ynaganman. Bugungidek raqibga osonlikcha taslmi bo'lish xolatlari bo'lmagan. O'ynagan jamoalarimizning saviyasi qanchalik baland yoki past bo'lmasin buning ahamiyati yo'q. Futbol hamma jyoda bir xil o'ynaladi. Lekin maydonga chiqqanimizda, stadionga qancha muxlis kelishidan qatiy nazar oriyat kuchliligidan bor kuchimizni berib o'ynaganmiz.

- Murabbiylik sohasiga o'tganimdan keyin ko'p bor qiyinchiliklar bo'ldi. Hamma tegishli licenziyalarga shaxsan o'zimni pulimga o'qiganman. So'nggi bor, PRO licenziyasiga ham o'zimni pulimga o'qidim. Bu borada biror kimdan yordam so'rab murojaat qilgan emasman. Aslida boshqa ayrim jamoalarda 3-4 nafar murabbiylarga o'qish uchun klub o'zi pul o'tkazib bergan. “Neftchi”ga kelganimdan keyin ham o'zimni hisobimdan o'qidim. Yaqinda internetda chiqqan maqolada aytilganidek emas balki o'zimni cho'ntagimdan, oylik maoshimdan to'lamoqdaman. SHu kungacha murabbiy sifatida ham qanchalik aziyat chekkanimni yolg'iz Yaratganning o'zi va men bilaman.

- “Neftchi”da bosh murabbiylik qilish havas qiladigan joy emasdi. Bu erga kelishimga qadar “Paxtakor”da ishlarim yaxshi edi. Jamoa bilan xayrlashayotgan chog'imda ham klub juda yaxshi sharoitlar yaratib berishini aytganida ham shunga qaramay o'zim tug'ilib o'sgan viloyat jamoasini boshqarib, qo'limdan kelganicha klubni yuqoriga ko'tarishni maqsad qilgandim. CHunki “Neftchi”ga befarq emasman. Bu erga kelganimdan keyin ham hech qanday shart qo'ygan emasman. CHetda qaragan odam tushunib-tushunmasdan pulni “ichida” qolib ketdi deb o'ylaydi. Agar shunday hayolga borib, havas qilibmi yoki hasad bilanmi qarayotgan insonlar topilib, juda qiziqib qolgan bo'lsa marhamat, qaerda yashashimni va qanday yurganimni ko'rishi mumkin. Bu orqavorotdan bo'layotgan gapga javobimdir.

- Barchasini puxta o'ylab, masuliyatni o'z zimmamizga oldik. Lekin bugungi kunga kelib o'ylaganlarimiz amalga oshmadi. SHu bois hech kimga etirozim yo'qki, mana endi muxlislarni ham sabri bor. Demoqchimanki endi rahbariyatdan boshqaruv postiga boshqa murabbiyni qo'yishlarini iltimos qilardim. Men esa yoshlar bilanmi, yoki yordamchi murabbiy bo'libmi qo'limdan kelganicha chin dildan yordam beraman. Tekinga ham ishlashga roziman. CHunki shu kungacha faqat futbol bilan hamnafas bo'lib keldim. Agarda jamoaga kerak emasligimni aytishsa, u xolda ketishga ham roziman. Negaki “Neftchi”ning bugungi xolati hech kimni qoniqtirmaydi. Ming afsuski o'ylagan rejalarimiz va qo'llanilishi kerak bo'lgan uslublar hozirgi futbolchilarimizning saviyasiga mos tushmadi chog'i. SHunda ham futbolchilarning hech birini ayblamoqchi emasman. Ular imkoniyat darajasidan kelib chiqib o'ynadi. Bunday bosim, quruq tuhmatlar ostida futbol o'ynash va murabbiylik qilish ham nihoyatda og'ir.

- Ichki muhit bugungi kunga kelib, ko'ngildagidek desa bo'ladi. Ilgargidek emas. Futbolchilar bir-birlari bilan jipslashib, ahil inoq bo'lib ketishgan. O'yindan oldin ham ular bilan suhbatlashib, kimdadir hayajon bo'lib, yoki boshqa sabab bilan muammo bo'lsa bemalol aytishini so'rasak, ko'zida shijoati yuqori bo'ladi. Nimadir etishmayapti. SHuning uchun bosh murabbiyni o'zgartirish kerak deb o'ylayman. Futbolda shunday xolatlar uchrab turadi. Murabbiy o'zgarsa, keyinchalik hammasi yaxshi bo'lib ketgan paytlar ham uchragan. Bunga to'g'ri qarash kerak. Bosh murabbiy Andrey Fyodorovmi yoki Tohir aka Kapadze bo'ladimi? Yaxshilikka bo'lsa, chin dildan xursand bo'laman. CHunki “Neftchi” o'z o'yinini topib, muxlislarni xursand qilishi kerak. Men shuni tarafdoriman. Bosh murabbiy sifatida yo'qotadigan narsa yo'q. Oriyatni kuchliligidan shunday deyapman. Klubga bog'lanib qolgan joyim yo'q. Yigitlar oladigan oylik maosh va ular olayotgan mukofot pulini olaman. Boshqa qandaydir qo'shimcha mablag' topayotganim yo'q. Ko'tarma yoki boshqa narsa yo'q. Rahbariyat mehnatimga yarasha rag'batlantirsa bo'ldi. Buni ham o'zim so'rab olmayman. CHunki bu erga chin yurakdan ishlagani va yaxshi niyatda kelganman. O'rnimda boshqa murabbiy ishlasin. Men ketsam, o'sha qo'shtirnoq ichidagi do'stlarimiz xursand bo'lsin. Bu bilan jamoani tashlab, qochib ketayotganim yo'q. SHunday o'zgarish qilsak, yaxshi bo'larmikin degan manoda rahbariyatdan iltimos qilaman. SHu kungacha jamoada bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Endi bosh murabbiyni ham o'zgartirib ko'rish kerak. CHunki yana qaytaraman “Neftchi” bu darajada bo'lmasligi kerak!

- Bunga o'zimni vijdonim chidamayapti. SHu paytgacha oriyatni kuchidan ishlab kelayotgandim. Ayrim g'alamislar “ha endi qo'rqqanidan tashlab qochdi” demasin deb sabir bilan ishlab kelayotgandim. SHaxsan viloyat hokimini oldida ham hijolat bo'lganimdan jamoani bunday paytda tashlab ketmasdan, imkon qadar uni yuqoriga ko'tarish uchun bor kuch va mahoratimni ishga solgan xolda ishlab kelmoqdaman. Lekin bugungi “Neftchi”ning xolati men uchun juda ham achinarlidir.

- “Neftchi” yuqori o'rinlarga ko'tarilishi kerak. Qilinishi kerak bo'lgan juda ko'p ishlar bor. Yuqori saviyaga olib chiqish uchun bir qator ishlarni qilish lozim.

- SHuning uchun agarda to'g'ri tushunishadigan bo'lsa, samimiy va chin manoda aytyapman, bosh murabbiyni o'zgartirish kerak. Ilohm bu yaxshilikka bo'lsin.

- Bilmadim. Ruxshunos etishmayapti deysizmi yoki boshqa narsami ochig'i tushunmayapman. To'g'risini aytsam, gapirilmagan gap qomadi, qilinmagan ish. “Buxoro” ustidan g'alaba qozonilgani uchun kecha yigitlarga mukofot pullarini berdik. Yana nima qilish kerak? Qanday ruhlantirish joiz? Bitta javb qolmoqda, bosh murabbiyni o'zgartirish lozim.

- O'zinglar aytyapsizlar tarkib va murabbiylar shtabi yaxshi yig'ilgan. SHaroitlar durust. Oylik maosh va mukofot pullari imkon qadar vaqtida berib borilmoqda. Bugun maydonga chiqib futbolchilar o'ynadi, men emas. Ko'ryapsizmi aybdor sifatida bitta men qolyapman.

- SHuning uchun kuyunib aytyapman, bosh murabbiyning o'zgarishi “Neftchi”ning muvaffaqiyatlariga yo'l ochsa juda-juda xursand bo'laman. Ko'rganda ko'z quvonishini istayman. Bu erda meni ushlab turgan bitta narsa jamoaning taqdiri. “Neftchi”ga bosh murabbiy sifatida bo'lmasa ham, ozgina yordamim tegsa, shuning o'zi etadi. Bu erda bazi bir odamlar o'ylayotganidek katta pullarni sovurayotganim yo'q. Hasad va havas qilayotganlar nimani o'ylayapti men tushunmadim.

- Albatta bunday xolatdan qaysidir murabbiy olib chiqib ketishi kerak. Masalan Andrey Fyodorov. Kuchli mutaxassis. Agarda samimiy va xolis gapimga ishonadigan bo'lsangiz, qo'limdan kelganicha ich-ichimdan chin dildan g'araz qilmasdan kim bosh murabbiy bo'lishidan qatiy nazar yordam berishga tayyorman! Gapimga ishoning -deydi Ismoilov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика