So’nggi yangiliklar

09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2

Murod Ismoilov: "2:0dan ko'ra 0:1 yaxshiroq" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "2:0dan ko'ra 0:1 yaxshiroq"

"Neftchi" - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
"Neftchi" jamoasi nomidan butun Respublikamizni bugungi bayram bilan tabriklab qolaman. SHunday kunda stadionga kelgan muxlislarga g'alabani taqdim etdik. "Dinamo"ning oxirgi 4ta o'yinini kuzatdik. Ular juda ham tartibli o'ynashadi. Tachmurod Agamurodov kuchli va tajribali murabbiy hisoblanadi. Ayrim vaziyatlarda istagan narsalarimizni amalga oshira olmadik. Bugun jarohatlari bois Abdulloh Olimov va Baxtiyor Yoqubov maydonga tusha olishmadi", - deydi Ismoilov.

- Keyingi turlarda "Neftchi" "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi bahslar kutib turibdi. SHu bois "Dinamo" bilan uchrashuvda yigitlar u qadar katta kuch ketkazishmadimi?

- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Sababi o'yinlar orasida kamida bir hafta muddat bor. SHunchaki bugun yigitlar aytganimdek bazi holatlarni amalga oshira olishmadi. Bu ishtiyoqsizlik yoki o'zini asrash uchun qilishdi deya olmayman.

- Yozgi transfer bozori vaqtida tarkibga yana kuchli futbolchilar kelishi mumkinmi?

- To'g'ri mavsum uzoq, shu bois tarkib kuchaytirilishi mumkin. Lekin barchasi ichki holatimizdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchi bo'lsa yaxshi bo'lardi.

- Akmal Xolmatov bugungi o'yindan so'ng intervyu oldik. 2:0dan so'ng nima uchun o'yin sustlashdi deganimda g'alabaga sal ertaroq ishonib qoldik dedi. Uning fikriga qo'shilasizmi?

- Yaxshiyamki uchinchi golni urdik. Men eng yomon ko'rgan hisob 2:0 hisobida oldinda borishimiz, undan ko'ra 0:1 hisobida yutqazib turgan yaxshi. Sababi ikki to'p bilan oldinda borsangiz futbolchilar tezda bo'shashib ketishadi. Bu hisobni ushlab qolish uchun professional bo'lish kerak.

- "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi o'yinlarga o'zgacha tayyorgarlik bo'ladimi?

- Yo'q. Barcha jamoaga qarshi bir xil tayyorlanamiz. SHunchaki raqibning o'yin uslubini o'rganib chiqamiz va shunga yarasha tayyorlanamiz. Taktik, texnik tomonlama. Yigitlar ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishsa g'alaba qozonamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика