Murod Bobojonov: "Bugun maydonga faqat g'alaba qozonish uchun chiqamiz"
17 may 2017 13:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/253798_original.jpg)
![](/upload/storage/253798_220.jpg)
Murod Bobojonov: "Bugun maydonga faqat g'alaba qozonish uchun chiqamiz"
Bilasiz, bugun Oliy Liga 11-tur o'yinlari doirasida “Lokomotiv” “Qo'qon-1912” jamoasi mehmoni bo'ladi.
Ushbu uchrashuv oldidan “Loko” hujumchisi Murod Bobojonov ham o'z fikrlarini bildirdi.
– “Qo'qon-1912” jamoasi o'z uyida ancha yaxshi o'yin ko'rsatadi. Biroq biz bunga tayyormiz. Raqib jamoa o'yinini yaxshi o'rganib chiqdik. Bugun maydonga faqat 3 ochko jamg'arish uchun chiqamiz. Men ham jamoamiz muvaffaqiyatiga o'z xissamni qo'shishga urinaman, – deydi Bobojonov klub matbuot xizmatiga.
Takidlab o'tamiz, “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi bugun Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti 17:30.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar