Murilo: "Argentina terma jamoasi - bu faqat Messi degani emas"
24 iyu 2015 12:43
Yangiliklar


Murilo: "Argentina terma jamoasi - bu faqat Messi degani emas"
Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Jeyson Murilo Argentinaga qarshi Amerika Kubogi chorak finalidan oldin bahs haqida fikr bildirdi.
"Lionel Messi bilan bir maydonda bo'lish juda ajoyib. Ammo Argentinada faqat u o'ynamaydi. Ularda kuchli tarkib bor.
Hozir xotirjammiz. Doimgidek g'alaba haqida o'ylayapmiz. Bizga qarshi kuchli hujumchilarga ega jamoa o'ynaydi, shu sababli eng kuchli o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak" - deydi Murilo.

Fikrlar