Munosabat: Nasaf nega diskvalifikaciya qilindi yoxud Paxtakor finalga munosibmi?
13 noy 2013 15:36
Yangiliklar


Munosabat: Nasaf nega diskvalifikaciya qilindi yoxud Paxtakor finalga munosibmi?
"Qarshi shahri mezbonlik qilgan 1999-2000 yillarda tug'ilgan futbol maktablari tayyorlov guruhlari o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.
Finalda "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilari hamshaharlari "Paxtakor" jamoasini penaltilar seriyasida taslim etib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi.
“Paxtakor” aslida yarim finalga chiqa olmagan edi. “Metallurg”-“Neftchi” uchrashuvidan keyin uchrashuv komissari ham aynan “Neftchi”ning yarim finalga chiqqanini aytgandi. O'yindan so'ng xursand xolda yarim final yo'llanmasini nishonlayotgan “Neftchi”murabbiyi oradan 5-6 soat o'tmasdanoq 5-o'rin uchun kurashishini eshitib hayron bo'lishdan boshqa chorasi qolmagan.
PFL reglamenti 11-modda 11.1-bandiga asosan, ikki yoki undan ortiq jamoalarning ochkolari teng bo'lib qolganda, o'rinlar quyidagicha aniqlanadi:
- 1.O'zaro o'yin natijasi(ochkolar soni, to'plar nisbati, urilgan gollar, safarda urilgan gollar),
- 2.Barcha o'yinlardagi to'plar nisbati,
- 3.Barcha o'yinlardagi g'alabalar soni,
- 4.Barcha o'yinlardagi urilgan gollar,
- 5.Barcha safar o'yinlaridagi urilgan gollar!
Reglamentda safarda urilgan gollar bandi bo'lib, “Neftchi”-“Paxtakor” uchrashuvida “Paxtakor” mehmon sifatida ko'rsatilgan va ushbu o'yin davomida “Paxtakor” gol ura olmagan. “Metallurg”-“Neftchi” uchrashuvida mehmon sifatida ko'rsatilgan “Neftchi” 2ta gol urishga erishgan. O'zaro o'yin natijasiga ko'ra ham “Neftchi” oldinda edi("Neftchi"-"Paxtakor" 2:0). Bu ikki vaziyatni “Paxtakor” qanday chetlab o'tdi-bu yog'i biz uchun qorong'u!"
Aslida reglamentga ko'ra:
"Paxtakor", "Neftchi", "Metallurg" bir guruhda ishtirok etib bir xil ochko to'plashgan. Tabbiyki uchta jamoada bir xil ochko bo'lib qolsa o'zaro o'yinga qaralmaydi. SHuningdek bitta shaharda bo'lib o'tadigan musobaqada safarda urilgan gollar inobatga olinmaydi. Reglament bo'yicha keyingi band eng ko'p gol urgan jamoaning ustunligi qayd etilgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Metallurg" 1-o'rinni olgan. "Paxtakor" va "Neftchi" 4tadan gol urishgan. Keyingi band kartochkalar: "Paxtakor"da umuman kartochka bo'lmagan, "Neftchi" futbolchilari esa 2ta qizil kartochka olishgan. Agar bu band ham teng bo'lganda tashkilotchilar g'olibni aniqlash uchun qura tashlashardi.
Yuqoridagi ko'rsatkichlar bo'yicha "Metallurg" guruhda birinchi bo'lgan, "Paxtakor" ikkinchi o'rinni olgan. Yarim finalda "Paxtakor" - "Nasaf"ga qarshi o'ynagan. PFL qaroriga "Nasaf" safida yoshi katta futbolchi bo'lgani tufayli qarshiliklar musobaqadan chetlatilishgan. Finalda "Paxtakor" "Bunyodkor"ga mag'lub bo'lgan.
Undan tashqari bu maqola PFL reglamenti asosida yozilgan. Yuqoridagi qoida qachonki o'yinlar ikki davra tizimida o'tkazilsagina amal qiladi. Undan tashqari har bir kichik turnirlarni o'z reglamenti bo'ladi. Unda yuqoridagi holat yuzaga kelgan taqdirda avval sariq kartochkalarning soniga qaraladi. SHundan keyin ham tenglik bo'lsa keyingi bosqichga chiqadigan jamoaning nomi qura tashlash yo'li bilan aniqlanadi.

Fikrlar