Mundo Deportivo: Reshford ispan grandi nazariga tushgan
26 mar 2019 23:01
Yangiliklar


Mundo Deportivo: Reshford ispan grandi nazariga tushgan
Kataloniyaning "Barselona" klubi Luis Suares o'rnini to'ldira oladigan hujumchi izlashda davom etmoqda.
Avvalroq, kataloniyaliklar "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich hamda "Atletiko" azosi Antuan Grizmannga qiziqib qolgani haqida xabar bergandik. "Barselona"ning short-listidan yana bir forvard – MYU hujumchisi Markus Reshford o'rin olgan. 21 yoshli inglizning imkoniyatlari, ham texnik tomondan ham yosh borasida yuqori baholanmoqda. U istalgan top-jamoada o'ynab keta oladi, deya malumot berdi Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri.
Reshfordning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar