Mundo Deportivo: “Manchester Siti” Isko uchun 80 million to'lamoqchi
24 may 2018 23:30
Yangiliklar


Mundo Deportivo: “Manchester Siti” Isko uchun 80 million to'lamoqchi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Real” yarim himoyachisi Iskoni qo'lga kiritmoqchi.
Gvardiolaning fikricha, Isko jamoaga ideal tarzda moslashadi. “Siti” tomoni futbolchini “Real”dan sotib olish uchun 80 million etarli deb hisoblamoqda.
Futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida 700 milion evro ko'rsatilgan bo'lsada, Iskoning o'zi muntazam asosiy tarkibda maydonga tushish niyatida va “Siti”da unga o'zini ko'rsatishi uchun ko'proq imkon berilishi mumkin.
Bundan tashqari Iskoning “Real”dagi yillik maoshi 6 million evroga teng. “Man Siti” esa futbolchiga 10 million evro maosh bilan birga 1,5 million bonus to'lash niyatida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar