Mundo Deportivo: Gyundogan Barselonada tibbiy ko'rikdan o'tdi
22 may 2015 06:31
Yangiliklar


Mundo Deportivo: Gyundogan Barselonada tibbiy ko'rikdan o'tdi
Dortmundning Borussiya jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Barselona futbolchisiga aylanishi mumkin.
Ilkay Gyundogan dortmundliklar bilan yangi bitim tuzishni istamayapti. Futbolchi Myunxenda "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgani haqida xabar berilmoqda.
Avvalroq Gyundoganga Bavariya, Arsenal va Manchester Yunayted kabi jamoalar ham ko'z tikkanligi haqida xabarlar tarqargandi.
Eslatib o'tamiz, Barselona 2016 yilning yozigacha yangi futbolchilarni sotib olishi taqiqlab qo'yilgan.

Fikrlar